Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti


Download 0.76 Mb.
bet25/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

2. P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti
Frantsiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Per Buagilber (1646-1714) hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti kabi professional iqtisodchi-olim bo’lgan emas. P.Buagilber xuddi otasiga o’xshab huquqshunoslikdan ta’lim oldi. 31 yoshida Normandiyada sudyalik lavozimini egalladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya’ni deyarli umrining oxirigacha ishladi, faqat o’limidan ikki oy oldin bu lavozimni katta o’g’liga topshirib ketdi.
Sinchkov aql, jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P.Buagilberda mamlakatning iqtisodiy muammolarini bilishga, XVII asrning oxiri XVIII asrning boshidagi Frantsiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi sabablarini aniqlashga bo’lgan qiziqish uyg’otdi. U o’zining birinchi islohotlar to’g’risidagi mulohazalarini (merkantalistlarga qarshi) 50 yoshida yozgan «Frantsiyadagi vaziyatning mufassal tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...» asarida e’lon qildi. P.Buagilber bu asarida merkantalizm iqtisodiy siyosatini qattiq tanqid qildi. Bu siyosatning boshida o’sha davrdagi Lyudovik XV qirolligida moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U Frantsiya tovarlari eksportini rag’batlantirishni, Frantsiyaga keladigan import tovarlarni esa cheklashni, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga yuqori soliq belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab chiqarishiga hamda bir butun milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Iqtisodiyotdagi salbiy holatlarni bartaraf etish yo’llarini aniqlash P.Buagilberning keyingi, XVIII asrning boshida chop etilgan asarlarining ham asosiy vazifasi hisoblanadi. Ularda P.Buagilber merkantalizmni tanqid qilishni davom ettirdi, islohotlar zarurligini asoslab berdi, iqtisodiy o’sishning va davlat boyligining asosi deb bilgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor qaratdi. Bunday ko’z karash Frantsiya iqtisodiy qarashlarida XVIII asrning yarmigacha saqlanib qoldi. CHunki o’sha davrda sotsial-iqtisodiy rivojlanishdagi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining hal qiluvchi rolini targ’ibot qiluvchi fiziokratizm ancha kuchaygan edi.
1707 yili P.Buagilberning «Frantsiyani qoralash» asari chop etildi. Unda Frantsiyaning qambag’allik holati ko’rsatildi, merkantalistik siyosat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o’tkazish to’g’risida yangi g’oyalar ilgari surildi. Biroq ular o’zi ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari tomonidan ham e’tiborga olinmadi, qo’llab quvvatlanmadi.
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Frantsiyada bozor munosabatlarining shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo’ldi. Aynan uning asarlari merkantalistik g’oyalarning batamom obro’sizlanishi va Frantsuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi uchun nazariy-metodologik asos bo’lib xizmat kildi. U Pettidan qat’i nazar, mamlaktning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va ne’matlardan tashkil topadi degan kontseptsiyani ilgari surdi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling