Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.76 Mb.
bet24/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

B) Qiymat nazariyasi
U.Pettining merkantalistlar g’oyasiga bo’lgan salbiy ko’z qarashi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko’paytirish yo’llarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymatining yaratilish tabiatini va bozorda ularning qimmati darajasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari keyinchalik uni qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi deb tan olinishiga sabab bo’ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha, tovar qiymati kumush qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi» hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtiriligan tovarlar qiymati esa ularning «haqiqiy bozor bahosi» hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va yer ishtirokida yaratiladi. Ya’ni U.Pettining o’zi aytganidek «Kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning qiymati qandaydir yer miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga teng, chunki har ikkalasi - kema ham, kamzul ham - yer va inson mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko’rinib turibdiki, U.Pettida tovar bahosi asosida sarfli mexanizm yotadi.


V) Daromadlar nazariyasi
Ishchilarning, pul kapitali va yer egalarining daromadlari to’g’risida U.Petti aytib o’tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari uchun asos bo’lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi ish haqini mehnatning bahosi deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. U.Petti har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko’payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo’ldi: agar ishchiga ko’rsatilgan minimumdan ikki baravar ko’p haq to’lansa u chog’da, ishchi ikki marta kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to’g’risidagi mazkur qoidasi «klassik maktabning» ko’pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin, D.Rikardo va T.Maltus ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab, uni ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan bog’lab tushuntirganlar.
U.Petti dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o’rtasidagi farqni renta deb atagan. Uning fikri bo’yicha renta qishloq xo’jaligida tuproq unumdorligining har xilligidan va yer uchaskasining bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadi. Bundan biz U.Pettining birinchilardan bo’lib differentsial renta tushunchasini ilgari so’rganligini ko’ramiz.
U.Petti yer bahosi muammosini juda qiziq va noyob tarzda hal etishga o’ringan. Lekin u bu muammoni to’g’ri yecha olmadi. Uning fikricha yerni sotib oluvchi har yili renta olish huquqini qo’lga kirituvchi shaxsdir. SHuning uchun yerning bahosi bir yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo’lishi kerak. Ammo u bu miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni yerning bahosini keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko’paytirish mumkin bo’lgan sonni topa olmadi. Bu savolni yechish uchun U.Petti rentani 21 yilga ko’paytirishni tavsiya etadi. Negaki uning tasdiqlashicha faqat uch avlod vakillari: buva (50 yosh), o’g’il (28 yosh) va nevara (7 yosh) - birgalikda 21 yil yashashlari mumkin. SHuning uchun muayyan yer uchastkasining qiymatini tashkil etuvchi bir yillik renta summasi usha uch avlod kishilarining birgalikda yashash yiliga teng bo’lishi kerak. SHu sababli yerning qiymati ham taxminan shuncha miqdordagi bir yillik renta summasiga teng.
SHu bilan birga uning yer bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan ssuda kapitali bilan yerdan olinadigan yillik renta o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik g’oyasi iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o’ynadi. Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o’tadi. Ma’lum ma’noda xuddi shunday fikr Y.SHumpeterning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi. Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi mumkin bo’lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo’lgan pul summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer egasi o’z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o’sha summadan ko’pini ham ololmaydi, negaki bunday summani to’lashga rozi bo’lgan kapitalistga birdaniga juda ko’p yer uchastkalari taklif qilinadi.
U.Petti birinchilardan bo’lib raqamlarni, hisob-kitoblarni, statistik ma’lumotlarni va statistik tahlil uslublarini (iqtisodiy statistikani u «Siyosiy arifmetika» deb atagan) keng qo’lladi. Uning asarlarida milliy boylik va milliy daromad statistikasiga, aholi sonini va uning tuzilishini hisoblashga, mehnat resurslarining qimmatini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Unda o’z davri uchun ancha aniq bo’lgan mamlakat milliy boyligining hisoblari mavjud edi. Bu yerda U.Petti boylik tarkibiga ishchi kuchini ham kiritgan. U jamiyatning har xil ixtisoslikka bo’lgan ehtiyojini, jumladan zarur bo’lgan tibbiyot xodimlarining sonini hisoblab chiqdi. Ushbu hisoblar tufayli U.Petti har xil ixtisoslik bo’yicha ikkita Angliya universitetida nechta talaba ta’lim olishi kerakligini aniqlab berdi. Uning tomonidan boylikning asosiy ko’rinishi pul degan g’oya ham inkor etildi. U.Pettining hisobi bo’yicha Angliyada pul miqdori uning jami boyligining 3% dan ortmaydi. Haqiqatda milliy boylikning asosi - bu mol-mulk (er, uy, transport vositalari, chorva va boshqalar).



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling