Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


B) Merkantalizmning tarixiy ahamiyati


Download 0.76 Mb.
bet20/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

B) Merkantalizmning tarixiy ahamiyati
Merkantalizm, uning vakillari – ijodiy merosidagi ham pozitiv, shuningdek ham negativ elementlar nuqtai nazardan, iqtisodiy ta’limotlar tarixida o’chmas iz qoldirdi.
Birinchidan, merkantalistlar kontseptsiyasi deyarli butunlay muomala sohasidagi xo’jalik hayot amaliyotiga qaratilgan. SHunday bo’lsada, bu ularga ko’plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy oborotga kiritish, savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga bo’lgan ularning ta’siri doimo aynan bir xil bo’lgan emas.
Masalan, mamlakatning o’z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul muhim vosita ekanligini to’g’ri tushuntirib bergach, merkantalistlar shunday bo’lsada milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e’tibor bermadilar. Bundan tashqari, ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan; «ixtiyoriy ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi yoki «yalqovlik» yoki «axloqiy buzuqlik» hisoblangan.
Ikkinchidan, merkantalizm bozor munosabatlari shakllanishining o’ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqardi, ayniqsa uning o’rnini klassik siyosiy iqtisod olgan rivojlangan Yevropa mamlakatlarida, eng avvalo, Angliya va Frantsiyada.
Xususan, Frantsiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol protektsionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura tarmog’i yaratildi. Ammo bir vaqtning o’zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo’li bilan fermer xo’jaliklarining shakllanishiga to’sqinlik qilindi. O’sha davrdagi Frantsiya ichki bozori, uning azaliy raqibi – Angliyaga nisbatan, «torligi» oqibatda aynan shu vaziyatga bog’lab tushuntirildi. Natijada frantsuz merkantalizmi kolbertizm deb atala boshladi, klassik siyosiy iqtisod doirasidagi o’ziga xos frantsuz maktabi esa fiziokratizm ta’limoti deb yuritildi.
Angliyada esa merkantalizm, iqtisodiy tarixdan ma’lumki, Frantsiyaga nisbatan ancha «unumli» bo’ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasidagi bu mamlakatning protektsionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari, odatda Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri – Tomas Men nomi bilan bog’lab tushuntiriladi. SHu narsa ham ma’lumki, aynan Angliyada merkantalizm bilan bo’lgan g’oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o’z aksini topdi. Bundan tashqari, Angliya XIX asrda ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantalistik chora tadbirlarni, jumladan ichki va tashqi savdoda to’la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling