Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishining ilmiy asoslari
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
5.3. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishining ilmiy asoslari
Tarmoq tuzilishidagi nomutanosibliklar iqtisodiy o’sishga, aholi turmush darajasini yuksaltirishga to’sqinlik qilayotgan asosiy sabablardan biri bo’ladi. Shu sababli ham iqtisodiy islohotlarning dastlabki davridan boshlab O’zbekiston iqtisodiy mustaqilligining eng muhim sharti sifatida iqtisodiyot tarmoq tuzilishini tubdan o’zgartirish yo’li tanlab olindi, chunki bu zarurat edi va buning uchun respublikamiz etarli moddiy, ilmiy-texnikaviy va insoniy salohiyatga ega edi. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish - bu milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy o’sishga yo’l beruvchi va nihoyat, aholi farovonligini muttasil oshib borishini ta’minlovchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishdir. Chunki tarkibiy tuzilishda chuqur o’zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O’zbekistonning barqaror iqtisodiy o’sishini va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishning eng asosiy shartlaridan biridir. Ishlab chiqarishda diversifikatsiyalash mohiyatan bir-biri bilan bog’liq bo’lgan turli xildagi faoliyat ko’rinishlari o’rtasida kapital quyilmalarni va tovar-moddiy resurslarni taqsimlashdan iborat. Agarda bir faoliyat turidan zarar ko’rilsa, boshqasidan ko’rilgan foyda hisobidan uni qoplash mumkin. Diversifikatsiyalash ishlab chiqarish, tijorat va investitsiya faoliyatida iqtisodiy imkoniyatlar darajasini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqarishni tarkib jihatdan diversifikatsiyalash quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin: kapital sarflarni bir nechta faoliyat turlariga bo’lib sarflash; har xil turdagi yuqori daromad keltiradigan qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish; moddiy-texnik ta’minoti bo’yicha tashqi sheriklarning sonini ko’paytirish; turli sigmentlarni qamrab olgan bozor va iste’molchilarning talabiga mos tovarlar ishlab chiqarish; bozor kon’yukturasi va iste’molchilar sigmentiga mos keluvchi turli baho siyosatini yuritish; yuk tashuvchi turli transport sub’ektlarining xizmatidan foydalanish; tovar-moddiy zahiralarni bir nechta joyda bo’lib asrash va hokazo. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlardan ko’zlangan aniq maqsadlar quyidagilardan iboratdir: • iqtisodiyotning xom-ashyo etishtirishdan iborat bir tomonlamaligiga chek qo’yish; • iste’molga tayyor, ya’ni tugallangan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash; • import o’rnini bosa oladigan tovarlarni mamlakatni o’zida ishlab chiqarib, importga qaramlikni cheklash; • mahsulot sifati va raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga etkazib, mamlakat eksport salohiyatini oshirish; • ishlab chiqarishning istiqbolli sohalariga ustuvorlik berib, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash; • mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlash, yangi texnologiyalarga o’tish, xalqimizning milliy va tarixiy an’analariga mos keladigan yangi sohalarni barpo etish; • o’zimizda ishlab chiqariladigan tovarlar hisobidan milliy bozorni to’ldirish orqali xalq iste’moli mollarining muhim turlariga bo’lgan aholi talablarini to’la qondirish. Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda mavjud boy ilmiy-texnik salohiyatdan, to’plangan ilmiy tadqiqotlar natijalaridan va iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash ishlanmalaridan keng miqyosda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash sohasida olib borilayotgan davlat siyosati fan va texnikaning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi salmog’ini oshirishga, fan, ta’lim va sanoatning uzviy aloqasini mustahkamlash asosida moddiy ishlab chiqarishda taraqqiyparvar tarkibiy va texnologik o’zgarishlarni ta’minlashga, iqtisodiy mustaqillikni va milliy o’zlikni anglashni mustahkamlashga, jamiyatimiz fuqarolarining ma’naviy kamolotini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy islohotlar davomida ilmiy-texnik faoliyatning huquqiy asosini tashkil etuvchi qonunlar tizimiga asos solindi. O’zbekiston respublikasi Prezidentining maxsus farmoni bilan ilmiy-texnik sohada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishga mas’ul bo’lgan davlat boshqaruv organi - fan va texnika davlat komiteti tashkil etildi, ma’lum davr mobaynida uning faoliyati tahlil etildi va ushbu muasassa nomi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish deb o’zgartirildi hamda yangi vazifalar belgilandi. Iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash faoliyati natijalari hamda intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy himoyalash bo’yicha bir qator qonunlar qabul qilindi va amaliyotga kiritildi, ilmiy izlanishlarni, iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash ishlanmalarini olib borishni rag’batlantirish va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha bir qator me’yoriy hujjatlar amal qilmoqda. Iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash jarayonlarini rivojlantirish quyidagi imkoniyatlarni beradi: yangi iqtisodiy sharoitlarda o’z o’rnini topa olmayotgan korxonalarga ilmiy yutuqlarga asoslangan ilg’or texnologiyalarning jalb etilishi asosida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga shart-sharoit yaratish; moliyaviy resurslarni eng kam jalb qilgan holda ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish; ilg’or texnologiyalarga va «nou-xau»ga ega bo’lgan kichik va o’rta biznesga mamlakatimizdagi korxonalar asosida rivojlanish istiqbollariga yo’l ochib berish va kerakli shart-sharoitlar yaratish; korxonalar qimmatbaho qog’ozlarining va aktsiyalarining aylanishini kuchaytirish, oqibatda olinadigan dividendlar miqdorini ko’paytirish; olimlar va tajribali tadqiqotchilar orasidan mulkchilar sinfining vujudga kelishi uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish. Iqtisodiyotning tarkibini diversifikatsiyalash asosida bir qator ilmiy ishlanmalar amalga oshirilmoqda. Masalan, respublikaning tuproq-iqlim sharoitlari turlicha bo’lgan hududlarida g’o’za navlarini rayonlashtirish va oqilona joylashtirish xaritasi hamda ularni parvarishlash agrotexnikasi ishlab chiqildi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling