Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar


Download 2.42 Mb.
bet21/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: real sektor, real sektorda iqtisodiy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy xavfsizlik, mintaqa xavfsizligi, milliy boylik, iqtisodiy xavfsizlik maqsadi.


5.1. Real sektor iqtisodiyotining mezonlari va ko’rsatkichlari.
Ma’lumki, real sektorga moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar singari boylik va xizmatlarning nomoddiy shakllarini ishlab chiqaruvchi sohalari kiradi. Shunga ko’ra real sektor iqtisodiyoti mamlakat miqyosida, uning alohida moddiy va nomoddiy shakllarini ishlab chiqaruvchi sektorlari va jahon xo’jaligi darajasida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan iqtisodiy tuzilmasidir. Real sektorning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.Milliy iqtisodiyot real sektorining iqtisodiy o’lchamlari makroiqtisodiy ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi. Albatta bu ko’rsat-kichlarsiz prognozlash jarayonini olib borib bo’lmaydi. Barchaga ma’lumki, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar real sektor iqtisodiyotining holatini, faoliyat qilishi va uning natijalarini ifodalaydi. Lekin, oldindan bilish imkoniyatini yuzaga chiqarmaydi. Shunday bo’lsada mazkur ko’rsatkichlarning amalda to’g’ri hisoblanishi bevosita prognozlash jarayoni bosqichlarini taxlil qilishda, muammo echimini topishda va istiqbolli qarorlar chiqarishda asqotadi. Real sektor iqtisodiyoti me’yorida faoliyat qilishi va o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi hamda muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Real sektor iqtisodiyotida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi hamda shunga mos ravishda prognozlash olib borilib, kelajak yoki istiqbolli dasturlar tuziladi. Ko’pgina mikro ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib va ular iqtisodiyotning real sektoridagi rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun real sektor iqtisodiyotining holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini va istiqbol dasturlarini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko’rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig’idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyot real sektorining faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, real sektordagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaMMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va pirovard natijalaridan foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Butun real sektor iqtisodiyotining umumiy holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar - yalpi milliy mahsulot (YaMM), ichki milliy mahsulot (IMM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD) kabilar hisoblanadi.Bu ko’rsatkichlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalaridagi barcha xo’jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
Shu sababli real sektordagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni milliy iqtisodiyot holatiga bog’liq ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, er osti va er usti boyliklari zhiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.

  2. Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular bandlik, ishsizlik, infilyatsiya, iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar darajasi, narxlar darajasi va uning o’zgarishi, savdo aylanmasi, to’lov balansi holati va boshqalar.

  3. Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Ishlab chiqarishning yillik hajmi (YaMM va uning harakat shakllari).

  4. Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular YaIM da iste’mol va jamg’arma nisbati, ish haqi va boshqa omilli daromadlar darajasi, YaIM da investitsiyalar ulushi va boshqalar.

70-yillarda Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlarda indikatorlarning o’z milliy tizimlari shakllantirildi. Lekin, zamonaviy iqtisodiy tizimning baynalminallashuvi jarayoni har bir milliy iqtisodiyotning prognozini hisobga olish zaruriyatini kuchaytirdi va (70-yillarning boshida boshlangan) iqtisodiy indikator-larning xalqaro tizimini (IIXT) yaratish bo’yicha maxsus tadqiqotlarni talab qildi.
IIXT qo’llashda 4 ta asosiy yo’nalish ajratiladi:

  • chuqur xarakterga ega jahon iqtisodiy inqirozlarini prognozlash;

  • ayrim alohida davlatlarda inqirozlar o’tishining xususiyatlarini hisobga olish;

  • mamlakatlar orasida tovarlar oqimi matritsasini tuzish orqali jahon savdosini prognozlash;

  • xalqaro tusga ega inflyatsiyani prognozlash.

IIXT ishlab chiqishda asos bo’lib iqtisodiy indiqatorlarning amerikacha tizimi xizmat qildi. IIXT nafaqat etarli darajada barqaror rivojlanuvchi iqtisodiy tsikl, balki «o’sish tsikllari» deb ataluvchi iqtisodning tezlashgan va sekinlashgan taxlili hamda prognoz uchun moslashgan.
Shunday qilib, uni ham ishlab chiqarish keskin tushib ketmagan fazali mamlakatlar (masalan, ayrim rivojlanayotgan davlatlar), ham ishlab chiqarishning barqaror pasayishini boshdan kechirayotgan davlatlar uchun qo’llash mumkin.
Prognozlashning tarkibiy modelida esa real sektor tarmoqlari mutanosib rivojlanishi, ular o’rtasidagi o’zaro aloqalarning bog’lanish xususiyatlari, jarayonlari va faoliyati taxlil qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur modeldan asosan real sektor tamoqlarining hududiy jihatlari, shart-sharoitlari ham taxlil qilinadi.
Ma’lumotlardan tahlil qilish va prognozlash maqsadida foydalanish uchun schyotlar faoliyat turi va milliy iqtisodiyot sektorlari bo’yicha guruxlarga birlashadi. Shunday qilib, MXT ni xar bir iqtisodiy jarayonning u yoki bu tomonini, birga olganda esa iqtisodiy jarayonning umumiy tasvirini ko’rsatuvchi o’zaro bog’liq schyotlar tizimi sifatida ko’rsatish mumkin.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling