Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlik


Download 2.42 Mb.
bet18/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

4.3. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlik
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligining globallashuvi sharoitida aksariyat davlatlarda, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan «bozor» islohotlari nafaqat ular milliy iqtisodiyotlarining ildam rivojlanishi va barqarorligini ta’minlashi, balki pirovard natijada har bir mamlakat milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Ma‘lumki, xavfsizlik tuShunchasi o‘z ichiga siyosiy xavfsizlik, harbiy xavfsizlik, axborot xavfsizligi, sanoat xavfsizligi, ekologik xavfsizlik, ijtimoiy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik va boshqa sohalardagi xavfsizlik masalalarini qamrab oladi. Bu o‘rinda Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat xavfsizligini ta’minlashda faqat harbiy salohiyatni mustahkamlash bilangina chegaralanib qolmay, keying paytlarda xavfsizlikning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa jihatlarini o‘z ichiga oladigan keng qamrovli faoliyat ekanligini anglash ancha kuchaydi. Mazkur masala yechimiga tizimli yondashgan holda, Shuni ta’kidlash joizki, sanab o‘tilgan yo‘nalishlar o‘zaro bogliq bo‘lib, biri ikkinchisini to‘ldirib turadi. Shu bilan birga, ular orasida «asosiy va hal qiluvchi» rol iqtisodiy xavfsizlikka tegishlidir.
Unga mamlakat aholisining normal darajada hayot kechirishini va milliy iqtisodiyotni barqaror holda resurslar bilan hamda davlat manfaatlarini har tomonlama to‘liq ta’minlovchi xo‘jalik tizimining muhim sifat tavsifi sifatida qaraladi.
Iqtisodiy xavfsizlikning obyekti shaxs, tabiiy-iqtisodiy salohiyat, suverenitet, hududiy yaxlitlik, davlat va iqtisodiyot boshqaruvi tizimlari hisoblanadi. Uning subyekti qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatini namoyon qiluvchi davlatdir.
Iqtisodiy xavfsizlik asosida rivojlanish va rivojlanishning barqarorligini ta’minlovchi muhitni tashkil etuvchi omillar yotadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari milliy manfaatlar, real va potensial xavflarga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Mustaqil O‘zbekistonning milliy va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash: davlatning bo‘linmasligi, chegaralarning daxlsizligi, geosiyosiy mavqei, terrorizm, narkobiznes va qurol-yarog‘ning noqonuniy savdosiga umuman yo‘l qo‘yilmaslik, inson huquqi, milliy yetukligi va mamlakatni jahon hamda mintaqaviy xavfsizlik tizimida faol ishtiroqi, ekologik va yadroviy xavfsizlikka alohida e’tibor berilishi, siyosiy ekstremizm va diniy niqob olgan millatchilik, korrupsiya va boshqa jinoiy xatti-harakatlarga qarshi murosasiz kurash kabi tamoyillarga asoslanganligini e’tirof etish joizdir.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning uzviy elementlaridan biri bo‘lib, u mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash yo‘li, vositasi va usullari yig‘indisidir. Konseptual jihatdan iqtisodiy xavfsizlik davlatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatidan kelib ehiqadigan milliy xavfsizlikning quyidagi: iqtisodiy, tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-demografik, etnografik-iqtisodiy, informatsion-axborot va harbiy-siyosiy omillar tahliliga asoslanadi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyoti Shundan dalolat beradiki, iqtisodiy xavfsizlikning ta’minlanishi davlat mustaqilligi, uning barqaror rivojlanishi garovidir. Bu avvalambor iqtisodiyot-jamiyat davlat va shaxs faoliyatidagi muhim omil ekanligi bilan izohlanadi.
Shu munosabat bilan milliy xavfsizlik mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining samaradorlik darajasi, uning mumkin bo‘lgan tashqi va ichki tahdidlar oldida mustahkam rivojlanishi imkoniyatlariga bog‘liq holda aniqlanadi. GloballaShuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasi milliy manfaatlarning ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kirishi bejiz emas.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi milliy ijtimoiy-iqtisodiy tizimning muhim sifat jihati deb qaraladi va u asosan, quyidagi uchta o‘zaro bog‘langan muammolarni hal etishga qaratilgan:
1. yetarli darajada va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
2. ijtimoiy iste’molni samarali qondirish;
3. ichki va tashqi tahdidlardan davlat, jamiyat va shaxsning iqtisodiy manfaatlarini milliy va xalqaro darajada himoya qilish.
Mutaxassislar tomonidan ta’kidlanishicha, iqtisodiy xavfsizlik mohiyatining ochib berilishida, uning quyidagi tuShunchalar bilan chambarchas bog‘liqligini anglash muhimdir.
1. Iqtisodiy mustaqillik. Ma’lumki, iqtisodiy mustaqillik mutlaq xarakterga ega emasdir. Chunonchi, xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi milliy iqtisodiyotlaming bir-biriga bog‘liq holda rivojlanishini taqozo etadi. GloballaShuv sharoitida iqtisodiy mustaqillik milliy resurslar ustidan nazorat qilish va mamlakatning jahon savdosida teng huquqli ishtirokini ta’minlay oladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligiga erishish, hamda ilmiy-texnik yutuqlarini ayirboshlash darajasiga erishilishini anglatadi.
2. Milliy iqtisodiyotning barqarorligi va muqimligi. Bu mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati uchun ishonchli shart-sharoitlar va kafolatlar tizimini taqdim etish, ichki vaziyatni nobarqarorlashtiruvchi (milliy iqtisodiyotda jinoiy tuzilmalarga qarshi kurash, aholi daromadlari o‘rtasida keskin farqlanishlaming oldini olish va h.k) omillaming oldini olish kabi xatti-harakatlar majmuidir.
3. O‘zini-o‘zi rivojlantirish va taraqqiyotga molikligi. Investitsiya va innovatsiyalar uchun maqbul muhitni yaratish, ishlab chiqarishni doimiy tarzda modemizatsiyalashtirish, xodimlarning professional, ta’lim va ma’naviy-madaniy darajasini ko‘tarish, ushbu holatga erishish omillari sirasini tashkil etadi.
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, Shuni ta’kidlash joizki jahon xo‘jaligi globallaShuvining zamonaviy bosqichida iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot mustaqilligi, uning barqaror va mutanosib rivojlanishi, doimiy tarzda innovatsiyalar asosida yangilanib-modernizatsiyalashib borishga qodirligini ta’minlovchi shart-sharoit va omillar yig‘indisidan iboratdir.
Ma’lumki, iqtisodiy xavfsizlik darajasi bir qator mezonlar va ko‘rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Iqtisodiy xavfsizlik mezonini belgilash - bu iqtisodiy xavfsizlik mohiyatini aks ettiruvchi muhim jatumanlar nuqtayi nazaridan milliy iqtisodiyot holatini baholash demakdir. Uning mezonlari sirasiga-mavjud resurslar salohiyati va ularni kengaytirish imkoniyatlari, mamlakat iqtisodiyotining milliy va xalqaro raqobatbardoshligi, hududiy va ishlab chiqaruvchi makonning yaxlitliligi, tashqi tahdidlar oldini olish va ularga bardosh bera olish imkoniyatlari, ijtimoiy barqarorlik va ijtimoiy ziddiyatlami oldini olish va hal etish kabilar kiradi.
Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • iqtisodiy o‘sish (milliy ishlab chiqarish va milliy daromad dinamikasi va tarkibi, sanoat ishlab chiqarish hajmlari va o‘sish sur‘atlari milliy ko‘rsatkichlari, xo‘jalikning tarmoq tuzilmasi va alohida tarmoqlar dinamikasi, kapital qo‘yilmalar va boshqalar);

  • mamlakatning tabiiy-resurs, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy salohiyati ko‘rsatkichlari;

  • xo‘jalik mexanizmining jo‘shqinligi va moslaShuvchanligi, hamda uning ichki va tashqi omiilari inflyatsiya darajasi, byudjet va to‘lov balansi holati milliy valyutaning barqarorligi, ichki va tashqi qarz ko‘rsatkichlari;

  • hayot darajasi (YalMning aholi jon boshiga ulushi, aholi qatlamlari bo‘yicha daromadlarning differensiatsiyalaShuv darajasi, aholining moddiy ta’minot va xizmatlar bilan ta’minlanganligi, aholining mehnatga layoqatliligi, atrof-muhitning holati va boshqalar) ko‘rsatkichlari.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, iqtisodiy xavfsizlik - bu davlatning jamiyat ehtiyojlarini milliy va xalqaro darajalarda samarali ta’minlashga qodirlik darajasidir. U milliy iqtisodiyotning samarali dinamik ravishda o‘sishi, jamiyat, davlat, individ ehtiyojlarini qondirishi, ichki va tashqi bozorlarda turli tahdidlardan kafolatlovchi, raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi barcha shart-sharoitlar majmuidir.
O‘zbekistonda keng ko‘lamda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish va bozor munosabatlariga o‘tish jatumanlari globallaShuv sharoitida milliy iqtisodiyotimiz xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish kerakligini taqozo etmoqda. Chunonchi, hech bir davlat o‘zining barqaror taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga o‘z milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlamasdan erisha olmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, iqtisodiy xavfsizlik masalalari sirasiga kiruvchi, uning komponentlaridan biri hisoblangan tashqi iqtisodiy faoliyat xavfsizligi hozirda xo‘jalik munosabatlarining globallaShuvi jatumanida alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, har bir davlatning iqtisodiy mustaqilligi, uning aholisi turmushi farovonligi ko‘p jihatdan uning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanganligi, tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining asosi bo‘lgan ishlab chiqarish va ilm-fan tizimining muvofiqlashtirilganligi bilan o‘lchanadi. Shulardan kelib chiqib, keyingi o‘rinda asosiy e’tibor iqtisodiy xavfsizlikning innovatsiya omiliga, intellektual mulkni muhofazalash tizimini takomillashtirish masalalariga qaratiladi.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling