Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Real sektor iqtisodiyoti tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilishning me’yoriy huquqiy asoslarining yaratilishi


Download 2.42 Mb.
bet30/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

6.4. Real sektor iqtisodiyoti tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilishning me’yoriy huquqiy asoslarining yaratilishi
Davlat investitsiya siyosatining bosh maqsadi - iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, korxonalar investitsion faolligini kuchaytirish, nomarkazlashgan investitsiyalashga o‘tish, iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishdir.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, sifat va tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, xalqaro integratsiyalashuvini faollash-tirish, aholi turmush sharoitini yaxshilashda muhim o‘rin tutadi. Iqtisodiyot tarmoqni rivojlantirish esa bevosita unda faoliyat ko‘rsatayot-gan korxonalar taraqqiyoti bilan bog‘liqdir.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, birinchi navbatda, ishlab chiqarish jarayonida bevosita amalga oshiriladigan, xodimlar jamoasi mehnat qiladigan, texnika va texnologiya hamda moddiy resurslar qo‘llaniladigan korxonalarga bog‘liq. Shu sababli ham korxonalar milliy iqtisodiyotning asosiy, birlamchi ishlab chiqarish va xo‘jalik bo‘g‘ini hisoblanadi.
Misol uchun sanoat korxonasi – tegishli topshiriqlar asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish – texnik-iqtisodiy va tashkiliy mujassamliligi bilan tavsiflanadi. Korxonaning ishlab chiqarish – texnik mujassamliligi ishlab chiqarilayotgan mahsulot iqtisodiy ahamiyatining hamda ishlab chiqarish jarayonlarining umumiyligi bilan, yagona xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini tashkil qilinishi bilan, korxonaning barcha bo‘g‘inlarida yagona texnik siyosat amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi.
Korxonaning iqtisodiy mujassamligi – yagona reja va hisob-kitobning qo‘llanilishi, moddiy-texnik, moliyaviy resurslarlarning hamda iqtisodiy natijalarining umumiyligini bildiradi
Sanoat korxonalarining asosiy vazifalari jamiyat uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosida o‘z faoliyatini, barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashdan iboratdir. Pirovard natijada milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun o‘z xissasini qo‘shishdan iborat.
SHunga asoslanib, bugungi kunda respublikamizda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qator davlat qonun hujjatlari qabul qilinib, huquqiy asoslari mustahkamlab qo‘yildi.
Sanoat tarmog‘i yoki uning yacheykasi bo‘lgan korxonaning rivojlanishi moliyaviy resurslarga bog‘liqligi sababli ularni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tarmoqda erkin tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning barcha zaruriy shart-sharoitlari yaratildi.
Shuningdek, bugungi kunda amalda ijrosini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilayotgan Hukumat, hududiy va mahalliylashtirish dasturlari bo‘yicha erishilayotgan natijalarda sanoat tarmog‘ining ham salmoqli hissasi mavjud bo‘lib, o‘z navbatida, sanoatda ishlab chiqarish va tadibrkorlik faoliyatining keng ko‘lamli rivojida quyidagi me’yoriy hujjatlarning ham ta’siri va ahamiyati mavjud.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-927-sonli Qarorining qabul qilinishi natijasida xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti hamda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya sarflashning potensial imkoniyatlari to‘g‘risida keng xabardor qilishni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini aniq-puxta muvofiqlashtirishni ta’minlash yanada mustahkamlanib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xorijiy investi-siyalar va kreditlarni jalb etish bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish, muhokama etish va qabul qilishda, har yilgi Investitsiya dasturlarini, shuningdek tarmoqlar va mamlakat mintaqalarini rivojlantirishning o‘rta muddatli dasturlarini tayyorlashda etakchi bo‘g‘in hisoblanishi, uning zimmasiga mazkur masalalarni hal etishda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklatilishi belgilab qo‘yildi.
Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini tuzish va ko‘rib chiqish tartibi mustahkamlab qo‘yildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish, potensial xorijiy investorlarni izlash, amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalar to‘g‘risida ularga zarur axborotlarni etkazish, shuningdek xorijiy investorlar va kreditorlar bilan erishilgan ahdlashuvlarni rasmiylashtirishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ko‘maklashish vazifasi belgilab berildi.
Sanoat tarmog‘ini moliyalashtirishda tijorat banklarining ishtirokini oshirish va uni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-sonli “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq, tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada rag‘batlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
- tijorat banklarining tuzilmalari qayta tashkil etildi, eng yirik banklarda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha departamentlar (boshqarmalar) tuzildi, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish, moliyalash va amalga oshirilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi banklarning tarkibiy bo‘linmalari sezilarli ravishda o‘zgartirildi hamda ularning funksiyalari kengaytirildi;
- barcha tijorat banklarida investitsiya faoliyati masalalariga mutasaddilik qiladigan banklar boshqaruvi raislarining o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 oktyabrdagi R-3075-sonli farmoyishiga muvofiq o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha qonunchilik bazasini chuqur biladigan, investitsiya loyihalarini investitsiyaviy moliyalash, tanlab olish va ekspertiza qilish sohasida zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lgan rahbarlar tayinlandi;
- banklar balansiga qabul qilingan bankrot-korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini moliyalash bo‘yicha tijorat banklarining faoliyati rivojlandi. Banklarning umumiy kredit portfeli tarkibida bir yildan ko‘proq muddatga berilgan kreditlar hajmi 70 foizdan ortiqroqni tashkil etmoqda.
Quyidagilar investitsiya faoliyatini kengaytirish sohasida tijorat banklarining eng muhim vazifalari etib belgilandi:
- yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha bankning kredit hamda investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, buning asosida bankning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash;
- loyiha hujjatlari, ularning moliyaviy jihatdan o‘zini qoplashi va rentabelligini chuqur tahlil qilish asosida investitsiya loyihalarini puxta tanlab olish, kompleks baholash hamda sifatli ekspertiza qilishni ta’minlash;
- investitsiya loyihalarini moliyalashga o‘z moliya mablag‘larini sarflash va ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy monitoring qilish, qo‘yilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlash;
- tavakkalchilik, garovlar va ta’minlashning boshqa turlari bozor qiymatini puxta baholashni hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning o‘z vaqtida hamda to‘liq qaytarilishini ta’minlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng foydalanish;
- investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar bo‘linmalarini professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha bank mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sifatini tubdan yaxshilash.
Mazkur qaror asosida tijorat banklari 2015 yilning 1 yanvarigacha uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘i to‘lashiadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining Markaziy bankdagi yuridik shaxslarning jalb etiladigan depozitlari bo‘yicha majburiy zaxiralari normalarining tabaqalashtirilgan stavkalarini quyidagi jalb etish muddatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotga tadbiq etildi:
- muddati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha — umumjoriy etilgan normalarning 80% miqdorida;
- muddati 3 yildan ortiq depozitlar bo‘yicha — umumjoriy etilgan normalarning 70% miqdorida.
Quyidagilar:
- tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qog‘ozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslar besh yil muddatga soliqqa tortishdan;
- tijorat banklari avval berilgan kreditlarni to‘lash hisobiga undirib olinadigan mulkni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
- lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar 2009 yilning 1 sentyabridan boshlab uch yil muddatga foyda solig‘i va lizing operatsiyalaridan tushadigan daromadlar bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod etildi.
Tijorat banklari tomonidan, jumladan, ishlab chiqarishni tashkil etish va yo‘lga qo‘yish hamda mahsulotlarni sotishda muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega boshqa investorlar ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi R-4010-son farmoyishining 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tadbiq etiladigan bo‘ldi.
Bundan taqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tatibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi F-4010-sonli Farmoyishi bankrot yoqasiga kelib qolgan, strategik ahamiyatga molik sanoat korxonalarini saqlab qolish, qayta tiklab, rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4053-sonli, 2008 yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PF-4058-sonli Farmonlari, 2009 yil 26 yanvar dagi “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1047-sonli, 2009 yil 28 yanvardagi “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1050-sonli, 2009 yil 11 martdagi “Kimyo sanoati korxonalari qurilishini jadallashtirish va yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1071-sonli, 2010 yil 15 dekabrdagi “2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlanti-rishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-1442-sonli, 2011 yil 11 martdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarigi kredit berishni ko‘paytirishga oid qo‘shmcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1501-sonli Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 yanvardagi “Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 26-sonli, 2011 yil 15 martdagi “Yirik korxonalar va ishlab chiqarishlarda taxnologik asbob-uskunalar va texnologiyalarning texnik auditini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 72-sonli qarorlari kabilarning qabul qilinishi mamlakatimizda sanoatning har rivojlanishini tomonlama qo‘llab-quvvatlashga imkon bermoqda.
Yuqorida qabul qilingan qaror va farmonlarning har birining sanoat hayoti va iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim o‘rni mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro mujassamligi mazkur tarmoqning iqtisodiyotdag ko‘lamining yanada yiriklashuviga, jadal sur’atlar bilan rivoj topib borishiga imkon bermoqda. Ularda qayd etilgan va amalda o‘z samarasini berayotgan qator imtiyozlar, qulaylik va shart-sharoitlar, davlat tomonidan rag‘batlantirishlar sanoat korxonalari taraqqiyoti va istqboli uchun muhim asos sifatida xizmat qilmoqda.
Natijada uning tarkibiy tarmoqlari ham faol rivojlanib borish, milliy bozordan tashqari xorijga ham mahsulotlar eksport qilish hajmining va uning oqibatida mamlakatga valyuta tushumining va valyuta zahirasining yanada ortishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, Davlat byudjetiga soliq to‘lovlari hajmi ortmoqda, yangidan-ngi investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik ko‘lami, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi ortib bormoqda.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling