Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Davlat tarkibiy siyosatining mohiyati va zaruriyati


Download 2.42 Mb.
bet28/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

6.2. Davlat tarkibiy siyosatining mohiyati va zaruriyati
Milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi sharoitida va raqobatbardoshligini oshirishning muhim yo‘nalishi sifatida uning tarkibiy tuzilishini isloh qilish nazarda tutiladi. Shu bois 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishlaridan biri sifatida institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish deb ko‘rsatilib o‘tilgan. Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishning ustuvorliklari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
1. O‘zbekistonning eksportga yo‘naltirilgan rivojlanishida xalqaro savdo va jahon bozorida nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan an’anaviy tarmoqlarni jadal rivojlantirishga ustuvorlik berish. Bu, avvalo, mavjud qishloq xo‘jalik va mineral xom ashyolarni hamda ularning mahsulotlarini chuqur qayta ishlash orqali eksportga yo‘naltirishga qaratilgan mehnat va resurs sig‘imli tarmoqlardir. Iqtisodiyotning eksportga yo‘naltirilgan tuzilmasini shakllantirishning ustuvor tarmoqlari – bu engil, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligining raqobatbardoshli sohalari, gazni qayta ishlash, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, turizm va avtomobilsozlikni rivojlantirish hisoblanadi. Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot tuzilmasini rivojlantirishda ustuvorlik avtomobilsozlik, qishloq xo‘jalik mashinasozligi, murakkab maishiy radioelektron texnika ishlab chiqarish, plastmassa buyumlar sanoati, dori-darmonlar ishlab chiqarish (mahalliy xom ashyolardan foydalanib), informatsion texnologiya va dasturli ta’minlashga beriladi.
2. Respublikada YAIM ishlab chiqarishning tarmoq tuzilishini unda sanoat mahsulotlari ulushini o‘stirib borish va qishloq xo‘jaligi ulushini pasaytirish hisobiga sezilarli takomillashtirish vazifasi qo‘yiladi. Bunda iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishga aylanadi. Sanoat tarkibida qayta ishlovchi tarmoqlarning ustuvor sur’atlarda rivojlanishi, eksportning yilga 8-10 foiz atrofida o‘sishini ta’minlab borishi zarur. Boshqacha aytganda, mamlakatimizning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish muhim ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim.
3. Sanoatda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirishda tarkibiy siljishlarning bosh yo‘nalishi industriallashtirish, ya’ni qayta ishlovchi sanoat ustuvorlikka ega bo‘lgan industrial iqtisodiyotga o‘tib borish hisoblanadi. Qayta ishlovchi sanoat ulushini asta-sekin o‘stirib tarmoqning raqobatbardoshligini keskin oshirish imkonini beradi.
4. Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:
Bunda davlatning iqtisodiy siyosatida oldin tarkibiy, keyin daromadlar siyosatiga ustuvorlik beriladiki, ular o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy o‘sishda faollikka erishish uchun shart-sharoit bo‘lib qoladi. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan davlatning tarkibiy siyosati bir qator yo‘nalishlar bilan borishi zarur.
Birinchidan, milliy iqtisodiyotning tarkibi yalpi milliy mahsulot hajmida pirovard mahsulotlarning o‘sib borishini ta’minlash talablariga javob beradigan tarzda takomillashtirilib borilishi lozim.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar va shu jumladan, ishchi kuchining samarali band bo‘lishi muammosini hal qilib borish ham tarkibiy siyosatda o‘z ifodasini topishi kerak.
Uchinchidan, tarkibiy siyosatda iqtisodiy o‘sishning intensiv omillari ustuvorligini ta’minlab borish hisobga olinishi zarur.
To‘rtinchidan, iqtisodiyot tarkibini shakllantirish mehnat unumdorligini o‘stirib borish talablariga mos bo‘lishi lozim.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling