Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy xavfsizlikdagi roli Ma’ruza rejasi: 6.1. Investitsiyalar, uning turlari, tarkibi va omillari
- 6.4. Iqtisodiyoti tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilishning me’yoriy huquqiy asoslarining yaratilishi. Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar
- 6.1. Investitsiyalar, uning turlari, tarkibi va omillari
Takrorlash va nazorat savollari
Real sektorning mohiyatini izohlab bering? Real sektorda nima uchun prognozlash olib boriladi? Real sektor iqtisodiyotini prognozlash jarayonining maqsadi va vazifalarini tushuntirib bering? Real sektor ishlab chiqarish salohiyati va faolligi ko’rsatkichlarining taxlil qilish istiqbolda qanday ustuvor yo’nalishlarni belgilashga xizmat qiladi? 6-Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy xavfsizlikdagi roli Ma’ruza rejasi: 6.1. Investitsiyalar, uning turlari, tarkibi va omillari 6.2. Davlat tarkibiy siyosatining mohiyati va zaruriyati 6.3. Milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyati. 6.4. Iqtisodiyoti tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilishning me’yoriy huquqiy asoslarining yaratilishi. Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: investitsiyalar, investitsion faoliyat, investor, investitsiyalar samaradorligi, davlat iqtisodiy xavfsizlikgi, siyosiy xavfsizlik, mintaqa xavfsizligi, milliy boylik, iqtisodiy xavfsizlik maqsadi. 6.1. Investitsiyalar, uning turlari, tarkibi va omillari Investitsiyalar – ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga, asosiy kapitalni ko‘paytirishga va aylanma kapital hamda moddiy zaxiralarga pul shaklidagi qo‘yilmadir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar ‒investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs investor deyiladi. Investitsion faollik uning amalga oshirilish yoki jadalligini ifodalaydi. Investitsiyalar bir qator turlarda amalga oshiriladi: Ishlab chiqarish maqsadidagi investitsiyalar. Iqtisodiyotning iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi real tarmoqhamda sohalaridagi asosiy va aylanma kapitallar uchun sarflardir. Ijtimoiy-ma’daniy maqsaddagi investitsiyalar. Ijtimoiy madaniy sohalar (uy-joy qurilishi, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport va shu kabi muassasalar)ni kengaytirish uchun sarflardir. Tovar – moddiy zaxiralarga investitsiyalar. Ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlaridan kelib chiqib va turli favqulodda holatlardan sug‘urtalanish uchun tovar va boshqa moddiy zaxiralar uchun qilinadigan sarflardir. Investitsiyalar tarkibida asosiy kapitalga qo‘yilmalar asosiy va hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiyalar bir qator mezonlar bo‘yicha turkumlanadi. Investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tuzilishi uning umu¬miy miqdorida alohida manbalar ulushini ko‘rsatadi. Investitsiyalar quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: ‒ investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.); ‒qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); ‒ jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari); ‒budjet mablag‘lari; ‒ chet el investitsiyalari va kreditlari; ‒ aholi mablag‘lari. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) Tadbirkorlar investitsiyalarga sarflardan olish ko‘zda tutilgan, kutilayotgan sof foyda normasi va 2) foiz stavkasi. Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki, ular foyda keltiradigan bo‘lsa sotib oladi. Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu ‒ real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‘lgan bandqilingan pul kapitali uchun to‘lash zarur bo‘lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi foiz stavkasidan ortiq bo‘lsa, investitsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan sof foyda normasidan ortiq bo‘lsa, investitsiyalash samarasiz hisoblanadi. Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari quyidagi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi: 1. Mashina va uskunalarni xaridqilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari. 2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori. 3. Ishlab chiqarish texnologiyasi. 4. Asosiy kapitallarning mavjudhajmi. 5. Bozor konyunkturasidagi ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar. Investitsion sarflar o‘zgaruvchan bo‘lib, bu uni belgilab beruvchi omillar mavjudligi bilan izohlanadi. Bular quyidagilar: investitsion tovarlar (asosiy kapital)ning noaniq xizmat muddatiga ega bo‘lishi; innovatsiyalar, texnika va texnologiyalar sohasidagi ancha katta kashfiyotlar doimiy paydo bo‘lib turmasligi; iqtisodiyot siklli rivojlanish tamoyiliga ega bo‘lishi; tadbirkorlar oladigan foyda doimiy barqaror emasligi; ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar (siyosiy vaziyat, davlat iqtisodiy siyosatidagi o‘zgarishlar va hokazo). Investitsion siyosat. Bu investitsion resurslarini shakllantirish, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish, uning samaradorligini oshirish, iqtisodiy o‘sishga va milliy boylikni ko‘paytirishni erishishniva uning ustuvor sohalarga yo‘nalishini tanlash ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir. Mazkur siyosat investitsion faollikni oshirishga yoki kamaytirishga qaratiladi. Bu davlatning tarkibiy siyosati bilan bog‘liq bo‘lib ishlab chiqarishning yangi, eksportga yo‘naltirilgan sohalarini o‘stirib borishni anglatadi. Investitsiya siyosatiga ko‘ra yangi istiqbolli sohalarga investitsiyaqilinganda foydadan soliq olinmaydi yoki ma’lum imtiyozlar ko‘zda tutiladi. Investitsiya siyosati texnika taraqqiyotini jadallashtirishga ham qaratiladi. Yangi texnologiyalarga mablag‘ini investitsiyaqilayotgan korxonalarga subsidiyalar ajratiladi, soliq imtiyozlar beriladi. Кatta investitsiya mablag‘larni talab qiluvchi va o‘zini tezda oqlamaydigan sohalarni moliyalashtirishni davlat o‘z zimmasiga oladi. Ayni vaqtda davlat xususiy investitsiyalarni umumdavlat ahamiyatiga molik sohalarga yuborilishini moliya-kredit vositalari bilan rag‘batlantiradi. Investitsion siyosat avvalo,qulay investitsion muhitni vujudga keltirishga qaratiladi. Investitsion muhit-investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmuidir. U asosan milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarning samarali faoliyat qilishni ta’minlash maqsadida vujudga keltiriladi. Respublika iqtisodiy rivojlanishininghozirgi bosqi¬chida davlat investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni qaydqilish mumkin: tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyava diversifikatsiyaqilishga; transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishga; sanoatning yuqori texnologiyali qayta ishlovchi tarmoqlariga, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni jadallashtirishni ta’minlovchi tarmoqlarga; qishloq xo‘jaligini modernizatsiyaqilish va jadal rivojlantirishga. Bunda “istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish; yangi turlardagi sug‘urta, lizingva boshqa moliyaviy xizmatlarninghisobiga ularninghajmini kengaytirish va sifatini oshirish”ga e’tibor qaratiladi. kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga; hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyava diversifikatsiyaqilish ko‘lamini kengaytirishga; turizmning zamonaviy sohalarini rivojlantirishga. Investisiya qo‘yilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga bo‘linadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga qo‘yiladigan investitsiya; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq muddatli mablag‘lar qo‘yish shakllarida amalga oshiriladi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling