Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Download 2.42 Mb.
bet59/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

12.1-rasm. Moliya tizimi
Xo’jalik subyektlariga moliyaviy xizmat ko’rsatish faoliyati ham rivojlana boradi. Ularning qo’lida boshqarish dastaklaridan biri bo’lgan moliya takror ishlab chiqarish jarayonlarida pul mablag’lari to’plam-larining vujudga kelishi va taqsimlanishi hamda ishlatilishish ifodalay-digai iqtisodiy mzgnosabatlardir. Ushbu munosabatlarning moddiy asosini moliyaviy resurslar tashkil etadi Moliyaviy resurslar pul mablag’lari harakatining o’ziga xos shaklidir. Ular xo’jalik subyektlari va davlat ko’lida turli pul daromadlari, ajratmalari va tushumlari hisobidan to’planadi. So’ngra takror ishlab chiqerish, xodimlarni rag’batlantirish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi.
Davlat va xo’jalik subyektlari pul mablag’lari fondlarining vujudga kelishi, taqsimlanishi va ishlatilish shakplari hamda usullari tizimi moliyaviy tizimni tashkil etadi.Ushbu tieim infrastrukturasini banklar, birjalar, kommunikatsiya vositalari, axborot-analitik va maslahat (konsalting) xizmatlari tashkil etadi. Ular pul muomalasi, moliyaviy oqimlarni ko’plab instrument (vosita)lardan foydalanib tartibga soladilar. Shu boisdan moliya sohasini mustahkamlash quyidagi vazifa-larda o’z ifodasini topgan:

  • hisob-kitob intizomini mustahkamlash va soliq tizimini takomillashtirish, soliqlar sonini kamaytirib, uning yig’ilishini oshirish;

  • pul massasidan foydalanish ustidan nazorat qilishning samarali mexanizmini yaratish;

  • bank tizimining ishonchli amal qilitsshni ta’minlash.

Moliyaviy tashkilotlarning ishonchliligini ikki muhim tamoyil belgilab beradi:
1) oqilona yuritiluvchi moliya-kredit siyosati;
2) samarali xavfsizlik tizimi.
Moliya tizimida bank xizmatlari ko’rsatish muhim o’rin tutadi. Bank tizimining samarali ishlashi ko’p jihatdan tashqi va ichki omillar, muhit ta’siriga adekvat javob berishga qaratilgan boshqaruv karorlarini qabul qilishga bog’liqdir. Banklar samarali faoliyat yuritishining muhim shartlari, ya’ni ko’zlagan manfaat-lari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • moliyaviy bozorda bank xizmatlari rentabelliginp ta’minlash Vuning uchun mijoelar va foydali investitsion loyihalar uchun raqrbat kurashi olib borish;

  • likvidlikni ta’minlash;

  • mijozlarning ko’rsatilayotgan xizmat ko’lami, tarkibi va sifati bo’yicha ehtiyoji hamda talabini maksimal tarzda qondirish.

Moliyaviy muassasalar tovar, fond va valyuta birjalarida korxonalarning moliyavchy ahvoli, bpzor kon’yunkturasi hamda marketing usullari to’g’risidagi axborotlarni olish uchun o’zaro raqobatlashadilar.
Moliyaviy resurslarni investitsiyalarga yo’naltirish, umuman, investitsion faollikni rag’batlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi:

  • investorlar faoliyati uchun barqaror huquqiy baza yaratish;

  • ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni modernizatsiya qilish va yangilashga investitsiyalarni yo’naltirish bo’yicha soliq imtiyozlarini kengaytirish;

  • korxonalarning investitsion salohiyatini asosiy fondlarni baholashning bozor usullari va jadallashtirilgan amortizatsiyadan foydalanish asosida mustahkamlash;

  • iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalarni kreditlash uchun ichki va tashqi manbalar mablaglarini jamlash;

  • lizingni rivojlantirish.

  • sug’urtalashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash.

Moliyaviy muassasalar barqarorligi asosiy manfaatlarning amalga oshirilishi, iqtisodiy xavfsizlik shartlarining bajarilishi, ularning faoliyatiga tashqi aralashuv-lardan, ichki axborotlarning ruxsatsiz yoki sanktsiyasiz chiqib ketishidan himoya-langanligi, immunitetining manjudligi bilan belgilanadi.
Moliya tizimi moliyaviy resurslar oqimi bilan tavsiflanadi. Bozorlardagi tovar va xizmatlar oqimlari pul muomalasi vositasida sodir bo’ladi hamda moliyaviy munosabatlarning subyektlarini bir-birlari bilan bog’laydi. Moliyaviy oqimlar iqtisodiy munosabatlarning huquqiy-me’yoriy bazasiga asoslangan iqtisodiy vosita va moliyaviy dastaklar tizimi orqali amal qiladi.
Moliyaviy munosabatlar sharoitida qiymatlarning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida turli moliyaviy resurs shakllari namoyon buladi. Bunda moliya resurslari ish haqi, jamg’arish, kredit, investitsiyalar va ularni hisob-kitob qilish, ko’chirish, pul o’tkazish jarayonlari shakllarida namoyon bo’ladi. Moliyaviy resurslardan foydalanish pul fondlari, ya’ni byudjetlar, nobyudjet fondlar, bank operatsiyalari orqali amalga oshiriladi.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling