Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Soliqlar davlat moliyaviy va iqtisodiy xavfsizligining omili
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
12.3. Soliqlar davlat moliyaviy va iqtisodiy xavfsizligining omili.
Bozor munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida aynan soliqlar davlatning iqtisodiyotiga ta’sir o'tkazishdan asosiy vositalardan biri bo'lib kolmokda. Davlatning iqtisodiy funksiyasi orqali xalq xo'jaligining rivojlantirishni rag'batlantiriladi, shuning barobarida uning xazina (fiskal) funksiyasi uchun bazani kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati soliqlarining rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarishni rag'batlantirish, rivojlantirishlar olib boriladi. Soliqlarning izga solib turuvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yuk bo'lib ketadi yoki juda oz xolda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruklar yerdamida idora qilish huquqiga ega bo'lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o'zi asta-sekin yo'qola bordi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun makbo'l bo'lgan yunalishda rag'batlantirish zaruriyati saklanib qoladi. Shunday qilib, soliqlarning rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarish korxonalar yangi tashkil etilgan paytlarida soliqlardan ozod etiladi va boshqa imtiyozlar beriladi. Bu funksiyasi orqali ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarga imtiyozlar berish orqali ularning moliyaviy-iqtisodiy axvolini yaxshilashga xizmat qiladi. Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, bu funksiya orqali soliqlar ijtimioy maxsulot qiymatini qanchaga tushganligi, milliy daromadning salmogini nazorat qilib bilib olgandan so'ng undan qancha qismini soliqlar orqali byudjetga tuplash zarurligi, ularning obyektlarini, soliq to'lovchilarini, soliq stavkalarini to'g'ri belgalish hamda soliqlarni o'z vaqtida to'g'ri xisoblab byudjetga o'tkazish jarayonini nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan yonma-yon olib boriladi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ba’zan taqsimlash funksiyasidan xam kengayib ketadi. Chunki taqsimlashda faqat pul munosabatlari bilan chegaralanib qolinsa, soliqlarning nazorat funksiyasi pul munosabatlari orqali taqsimlashdan tashqari soliq obyektilarini buyum shaklida xam to'liqligi, maxsulotlar koldiklari xom ashe va yoqilgilardan boshqa manbalardan foydalanish ustidan xam nazoratga aylanadi. Demak, soliqlarning nazorat funksiyasi soliq idoralarini xodimlarining kundalik olib boradigan umumiqtisodiy nazoratining nazariy asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq idoralarining nazorati asosan yagona iqtisodiy qonunlar talabiga javob beradigan nazoratga aylanadi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling