Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash dastaklari


Download 2.42 Mb.
bet64/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

12.6. Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash dastaklari.
Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash dastaklari Iqtisodiyot normal amal qilishi uchun moliyaviy mablag’lar uning sohalari, tarmoqlari, xududlari bo’yicha taqsimlanadi. Bularning barchasi hujjatlar aylanmasi, hisobotlar va iqtisodiy axborotlarda qayd etiladi hamda o’z ifodasini topadi. Shu boisdan moliya sohasidagi xavfsizlikni ta’minlash uchun, avvalambor, moliyaviy hujjatlarning umumo’rnatilgan huquqiy-me’yoriy talablarga muvofiqligini tekshirish lozim bo’ladi.
Ushbu umumiy talablar quyidagilardan iborat:
- zaruriy rekvizitlarni, ya’ni hujjatlar uchun qonun, amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq majburiy ma’lumotlar bo’lishini belgilash;
- muhr va shtamplarning aniq bo’lishi;
- hujjatlarda tuzatish, qo’shimcha yozuvlar, xatolar, uning turli nusxalari mazmunining har xil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik;
- mansabdar shaxslar imzasining mosligi va boshkalar;
- barcha hujjatlar sinchiklab o’rganilishi, tahlil qilinishi, tekshirilishi lozim.
Biznes bo’yicha hamkorlik qiluvchi xo’jalik subyektlari, sheriklar, mijozlarni o’rganish, ular to’g’risida quyidagi ab’ektiv ma’lumotlarga ega bo’lish lozim:
- xo’jalik subyektining ro’yxatdan o’tganlngi, soliq va boshtsa organlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni tekshirish;
- tashkilotning qaysi uyushmaga, xolding kompaniyaga kirishi, shu’ba kompaniya, shirkatga ega yoki ega emasligi, ustav kapitali, xo’jalik faoliyati, rekvizitlari, rahbarlari, boshqaruv tizimi to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish, ularning to’g’riligini tekshirish;
- tashkilot, mijozning manzilini aniqlash. agar ijarada turgan bo’lsa, ijara haqish1 to’lagan yoki to’lamaganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish;
- mussasalarning mulkdorlar-arendatorlar bilan o’zaro munosabatini o’rganish;
- mijozning obro’-e’tibor, mol-mulki holati, qarzi bor yoki yo’qligi to’g’risida ma’lumotlar to’plash;
- majburiyatlarning ta’minlanganligi to’g’risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish, buxgalterlik ma’lumotlarini soliq inspektsiyasidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash;
- kafil bo’lgan tashkilotking kreditni to’lash qobiliyati, bash: kafolatining haqqoniyligi to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish;
- qarz oluvchi foydalanishi mumkin bo’lgan hisob raqamlari, turdosh korxonalar hisob raqamlari, mijozga yaqin munosabatda bo’lgan korxona va shaxslarni o’rganish;
- tashkilot muassasalari va rahbarlarining faoliyati, o’zaro munosabatlarini aniqlash.
Ushbu ma’lumotlarga ega bo’lish hamda xavfsizlikni ta’minlash uchun uning ishonchli tizimini ishlab chiqish va joriy etish lozim bo’ladi. Buning uchun esa quyidagilar ko’zda tutilishi lozim:
- bank va uning har bir bo’linma(filial)sida xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy tuzilmalarini vujudga keltirish;
- axborotlarni o’g’irlash, yo’q qilish maqsadida uni olishning potentsial imkoniyatlarini muntaeam ravishda o’rganish va baholash;
- axborotlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha uslubiy, tashkiliy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularning talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish chora-tadbirlarini qabul qilish;
- axborotlarni himoya qilishning tashkiliy-texnik, dasturiy chsra-tadbirlari, vositalarini maxsus tashkilotlar yordamida ishlab chiqib, joriy etish;
- axborotlarni himoyalash tizimini attestatsiya qilish, uning amal qilinishini muntazam nazorat kilish;
- axborotlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha bank mutaxassislarini tayyorlash;
- hujjatlar, blanklar, muhr, shtamplarni saqlashning himoya choralarini ko’rish, rasmiylashtirilmagan shartnoma loyihalari va boshqa hujjatlarning o’z vaqtida qaytarilishini ta’minlash;
- moliyaviy hujjatlar bo’yicha ichki va tashqi auditorlarlik tekshiruvlari o’tkaeish.
Kapitalning yetarlilik ko’rsatkichi va har bir qarz oluvchi uchun riskni maksimal mikdorini aniqlash muhim hisoblanadi. Alohida mijozning riskini aniqlash uchun bank tomonidan xo’jalik subyektlarining kredit kotirovkasi tuziladi. Shuningdek, banklar risklarni boshqarishlari kerak bo’ladi.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling