Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Kapital “qochishi” tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati


Download 2.42 Mb.
bet62/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

12.4. Kapital “qochishi” tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati.
Moliyaviy oqimlar xo’jalik subyektlari jamg’armalarining investitsiyalarga aylanishi jarayonini ifodalaydi. Ammo kapitalning oquvchanligi oshkora, qonuniy yoki yashirin, ya’ni noqonuniy shakllarda namoyon bo’ladi. Ushbu moliyaviy oqimlar harakatida ikki xil noxush, salbiy holatlar ham sodir bo’lishi mumkin. Bir tomondan, mamlakatda investitsiya resurslari yetishmagan bir sharoitda kapital qochib, chet mamlakat iqtisodiyotni investitsiyalash manbaiga aylanishi mumkin. Bu esa mamlakatning ichki moliyalashtirish, investitsiyalash imkoniyaglarini zaiflashtiradi, ikkinchi tomondan, noma’lum manbalar hisobiga kapital to’planib, iqtisodiyotning real va xufyona sektorlarida muomalaga tortiladi, ya’ni «harom» pullar oqlanadi.
Kapital “qochishi”ning sabablari tijorat foydasi olish emas, balki uni saqlash, undan foydalanishning ishonchli sharoitlarga ega bo’lishiga intilishi bilan izohlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida kapital «qochishi» uning kelib chiqishining noqonuniy, yashirin tavsifga egaligi, milliy pul birligiga, banklarga ishonchning sustligi bilan izohlanadi.
Mamlakatdan kapital qochishining, ya’ni chiqib ketishi usullari quyidagi-lardan iborat:

  • tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda tovar va xizmatlar real qiymatini soxtalashtirish yo’li bilan chet elga mablag’lar o’tkaziladi Eksport operatsiyalarida shartnoma narxlari amaldagi narxlarga nisbatan pasaytirib ko’rsatiladi. Import operatsiyalarida esa yuqori narxlar belgilanadi. Shunday yo’l bilan hisobga olinmagan valyuta tushumi chet el banklariga, xorijiy sheriklarning firma yoki offshor kompaniyalariga o’tkaziladi;

  • ilgari belgilangan hisoblar bo’yicha import tovarlari yetarli bo’lmagan darajada yoki ilgari belgilanmagan boshqa narxlarda yetkazib berish. Ayrim hollarda soxta hisoblar ko’rsatiladi, ammo tovarlar yetkazib berilmaydi;

  • «tolling» operatsiyalarini amalga oshirish unda xom ashyoni eksport qilish bo’yicha shartnoma tuziladi Ammo xom ashyo chetga olib ketilmasdan o’z joyida xorijiy davalat xom ashyo sifatida qayta ishlanadi. Tayyor mahsulot esa chet elga tashqi soliq va boj to’lovlarisiz olib ketiladi;

  • erkin almashtiriladitan valyutani qo’llamasdan valyutasiz hisob-kitob bo’yicha tovar ayriboshlash. Bunday kelishuvlarda shartnoma narxlari jahondagi o’rtacha narxlardan keskin farq qiladi.

Ushbu operatsiyalar barter, kliring, chegara oldi, parallel va kompensatsion bitimlar shaklida amalga oshiriladi;

  • «chelnok», ya’ni tashmachilik savdosi;

  • kontrabanda-eksport, ya’ni valyuta, qimmatbaho buyumlar, antikvariatlar, qurol, xarbiy texnika va o’q-dorilar, rangli va qimmatbaho metallar, neft va neft maqsulotlari, gaz, ko’mir, prokat, qurilishi materiallari va boshqa mahsulotlarni noqonuniy tarzda, yashirincha sotib, foyda olish maqsadida chet ellarga olib chiqib ketish;

  • rezident va norezidentlar o’rtasida rasmiy shartnoma tuzmasdan, o’zaro kelishuv asosida tovarlar, ko’rsatilgan xizmat hamda mol-mulkka egalik huquqini sotish va sotib olish bo’yicha o’zaro xorijiy valyutada, milliy valyutada hisob-kitob qilish;

  • chet ellarda offshor kompaniyalar tashkil etish.

Mamlakatdan kapitalning qochishiga valyutani tartibga solishdagi tartibbuzar-liklar ham sabab bo’ladi. Ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:

  • ruxsat etilgan banklarni chetlab, rezidentlar va norezidentlar o’rtasida hisob-kitoblar qilish, xorijiy valyuta sotish va sotib olish bo’yicha valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qonunbuzarliklar;

  • markaziy bankning litsenziyasisiz valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha tartib va qonunbuzarliklar;

  • moliyaviy kreditlar olish va berish, eksport-import operatsiyalari bo’yicha to’lov muddatlarini cho’zish bilan bog’liq qonunbuzarliklar.

Mamlakatdan kapital qochishining oldini olish va moliyaviy muhitni sog’lomlashtirish uchun quyidagi tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • mamlakatda investitsion muhitni yaxshilash, investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishni rag’batlantirish tizimini takomillashtirish orqali investitsion jozibadorlikni yuksaltirish. Oqibatda, kapitalni chetga chiqarish kamayib, xorijdagi vatandoshlarimiz hisobidagi mablag’larning yurtimizga qaytish jarayoni yuz beradi;

  • aholining banklarga ishonchini tiklash va mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • milliy valyutadagi jamg’armalarning ko’payishi hamda ularni investitsiya-larga aylanishini rag’batlantirish tizimini yaratish;

  • moliyaviy oqimlarni — bojxona, valyuta, bank nazoratining shakl va vositalari, usullarini takomillashtirish;

  • kapitalning eksport va importini tartibga solishning huquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish va kengaytirish.


Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling