Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Moliyaviy xavsizlik indikatorlari


Download 2.42 Mb.
bet60/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

12.2. Moliyaviy xavsizlik indikatorlari
Globallashuv sharoitlarida industrial va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotlarining rivojlanish boskichlari moliya bozorlari rolini keskin oshishi bilan belgilanadi. Chunki moliya bozorlari bu sharoitlarda jaxon iqtisodiyoti mikyosida na g’akat moliyaviy okimlarning samarali taksimlanishi va kayta taksimlanishini ta’minlamokda, balki mamlakatlar iqtisodiyotlari va bozorlarining raqobatbardoshiligini, sharoitlarga egiluvchan moslashishi, xavg’sizlik darajasini, iqtisodiy o‘sish va rivojlanish sur’atlarini belgilamokda. Аyniqsa moliya tizimi va undagi moliya bozorining raqobatbardoshliligi har kanday mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan hisoblanadi. Аynan globallashuv sharoitida moliya bozorining yuqori darajadagi raqobatbardoshliligi iqtisodiyotda modernizatsilash va industrial O‘sishni ta’minlash uchun investitsiyalarni jalb qilish buyicha keng imkoniyatlarni beradi. Shu bilan birga har kanday mamlakatning moliya tizimi va bozori raqobatbardoshliligi ularning xavg’sizlik, barqarorlik, jalbdorlilik va risk darajasiga bevosita bog’liq. Chunki kup jixatdan ushbu ko‘rsatkichlarning yuqori darajasi ichki va tashki investorlarning mamlakat bozoriga nisbatan ishonchini oshiradi, ular tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalarning risklilik darajasini pastliligidan dalolat beradi.
Makromoliyaviy indikatorlar. Ushbu guruxga moliya soxasining raqobatbosh-liligini ifodalovchi indikatorlar kiradi. Ya’ni ularning yordamida davlat moliyasi va iqtisodiyotni real sektorining moliya bozoridagi holati ifodalanadi. Chunki ularning ikkalasi xam moliya bozorining katnashchilari hisoblanadi. Bu gurux indikatorlarini turtta kichik guruxga ajratish mumkin:
A. Davlat byudjeti bartsarorligini ifodalovchi indikatorlar.
1. Byudjet deg’itsitini YaIMga nisbati 3 foizdan oshmasligi lozim.
2. Davlat qarzini YaIMga nisbati 60 foizdan oshmasliki kerak. Ichki va tashki qarzlar darajalari YaIMning 30 foizidan oshmasligi lozim.
3. Davlat qarzini boshqarish harajatlarining ulushini va davlat byudjeti harajatlarining umumiy xajmiga nisbati 20 foizdan oshmasligi lozim.
B. Korxona va tashkilotlarning sarz yuki darajasini ifodalovchi indikatorlar.
4. Nomoliyaviy korxonalar qarzini tushumga nisbati 30 foizdan oshmasligi lozim, aks xolda ularning moliyaviy barqarorligi uchun xavg’ tug’iladi. Ushbu indikator va uning kritik qiymatlari kompaniya moliyaviy faoliyatini IAS (GAAP) standarlari asosida taxlil qilishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarni sintez qilish negizida shakllanadi: kompaniya qarzini xususiy kapitaliga nisbati (agar bu nisbat 1 dan katta bo‘lsa, unda kompaniyaning holati riskli deb baholanadi), xususiy kapital aylanmasi koeff’itsienti (bu ko‘rsatkich xususiy kapitalni tushumga nisbati bilan ulchanadi, agar uning nisbati 0,2 dan kam bo‘lsa (bunda kompaniya qarz- larining bir kismini, odatda uchdan bir kismini, restrukturizatsiya qilish, konvertatsiyalash va kayta kreditlash mumkinligini inobatga olsak), kompaniya moliyasini boshqarish sig’ati konikarsiz deb baholanadi).
5.Nomoliyaviy korxonalarning qisqa va uzoq muddatli qarzlari nisbati taxminan 70:30 bulishi kerak. Ushbu indikator nomoliyaviy sektorda risk darajasini qarz yukiga bog’liklikda ifodalaydi.
6.Bank sektori tashki qarzini uning jami aktivlari summasiga nisbati 30 foizdan oshmasligi lozim. Ushbu indikator mazmunan 4-chi indikatorga o‘xshash. Ushbu indikatorning kritik qiymati bank sektori riski mikdorini hisobga olgan xolda ikkala ko‘rsatkichni sintez qilish asosida shakllanadi.
7. Banklarning qisqa va uzoq muddatli qarzlari nisbati taxminan 70:30 bulishi kerak. Ushbu indikator 5-chi indikatorga uxshash.
C. Oltin-valyuta zauiralarining yetarliligi darajasi.
8. Pul bazasini oltin-valyuta zaxira bilan ta’minlanganliligi darajasi pul bazasining (tor ma’noda belgilanishida) 70 foizidan kam bulmasligi lozim. Аmaliyot shuni kursatadiki, sterilizatsiya siyosati metodlari emission moliyalashtirishning inflyatsion effektini neytrallashtirish imkonini (20-30 foizdan kam bulmagan darajada) beradi.
9. Oltin-valyuta zaxiralarining yetarliligini kursatuvchi indikator. Oltin-valyuta zaxiralarining absolyut o‘sishi pul bazasini O‘sishidan katta bulishi kerak, aks xolda inflyatsion jarayonlarning jadallashuvi vujudga keladi (mamlakat byudjeti va iqtisodiyotini kushimcha pul emissiyasi evaziga moliyalashtirish hisobiga).
10.Oltin-valyuta zaxiralarining minimal (kritik) darajasi indikatori. Bu daraja kuyidagilar summasidan kam bulmasligi lozim: bir chorakdagi importning qiymat xajmi summasi xamda davlat, bank va korporativ sektorlarning qisqa muddatli qarzlarini koplash uchun zarur bulgan mablag va ular buyicha foiz tulovlar.
D. Itstisodiyot faoliyatining makromoliyaviy sharoitlari indikatorlari.
Iqtisodiyotning monetizatsiyalashuvi darajasi (ya’ni M2 pul agrega-tining YaIMga nisbati) 20-30 foizdan kam bulmasligi zarur. Аgar uning darajasi 15 foizdan kam bo‘lsa, iqtisodiyotning barterlashuvi, solik tushumlarini kamayishi, inflyatsiyani keskin O‘sishi va shu kabi boshqa salbiy holatlar kelib chikishi mumkin.
11.Iqtisodiyotda pul buyicha talab va taklifning xajmi va strukturasini uzgarishi indikatori. Pul massasining (M2) O‘sishi inflyatsiya darajasi va plyus YaIMni foizda O‘sishining yuqori darajasidan ortmasligi lozim. Pul massasining chegaraviy (kritik) qiymatidan ortishi kredit ekspansiyasini belgisi hisoblanadi.
12.Kredit resurslari va depozitlar buyicha real foiz stavkasining uzgarishini kritik darajasi. Real foiz stavkasining u yoki bu tomonga karab uzarishi 50 foizdan oshmasligi lozim, chunki bu ko‘rsatkich mamlakatning moliyaviy va iqtisodiy tizimi uchun uta muxim va ta’sir etuvchi instrument hisoblanadi. Ya’ni uni kursatilgan mikdoridan sezilarli og’ishi investitsion jarayonga, bank tizimi faoliyatiga, moliya bozorlariga salbiy ta’sir kursatishi mumkin, chunki iqtisodiyot sub’ektlarining xatti- harakatlarida keskin uzgarishlar vujudga keladi, natijada iqtisodiyotda pulga bulgan talab va taklif kardinal tarzda uzgaradi.
13. Rentabellik ko‘rsatkichi asosida quyidagi indikatorlar hisoblanishi mumkin:
-iqtisodiyot rentabelligi. Pul bozoridagi holat konikarli bulishi mumkin, agarda rentabellik mikdori inflyatsiya darajasidan ortiq bo‘lsa;
-iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari rentabelligi inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lsa (3-5 foizga baland bo‘lsa, yaxshi holat deb baholanadi);
-rentabellik va foiz stavkasi darajasi nisbati.
Iqtisodiyotning rentabelligi kreditlar buyicha stavkalardan darajasidan yuqori bulishi kerak. Bunda kreditlar stavkasi depozitlar buyicha stavkalardan ortiq bulishi lozim. Pul qo‘yilmalari va depozitlar bo‘yicha real daromadni ta’minlash uchun depozit stavkalari inflyatsiya darajasidan baland bulishi talab qilinadi.


Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling