Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan


Download 120.92 Kb.
bet1/6
Sana08.11.2023
Hajmi120.92 Kb.
#1758281
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ishlab chiqarish omillari kurs ishi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BANK ISHI VA AUDIT YO`NALISHI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN

KURS ISHI
Mavzu: Ishlab chiqarish omillari, ularning o`zaro ta`siri va rivojlanishi.


Bajardi: SBIA 79/22 GURUH
TALABASI AXMEDOVA M.M.

Qabul qildi: kat.o`qit.Abduhalilova S.
Toshkent – 2023
Ishlab chiqarish omillari, ularning o`zaro ta`siri va rivojlanishi.
MUNDARIJA


KIRISH 3
ASOSIY QISM 5
1-BOB. ISHLAB CHIQARISH OMILLARINING AHAMIYATI 5
1.1. Ishlab chiqarishning ilmiy-texnikaviy darajasi 5
1.2. Ishlab chiqarish omillarining mohiyati 12
2-BOB. ISHLAB CHIQARISH OMILLARI 15
2.1. Tabiiy omillar 15
2.2. Mehnat omili 17
XULOSA 24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 25



KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ishlab chiqarishning moddiy mazmunini mehnat jarayoni tashkil etadi. Mehnat jarayonida inson o`zining maqsadiga muvofiq ongli faoliyati orqali (bu mehnat deb ataladi) tabiat moddalari yoki ashyolarni jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mahsulotlarga (yoki xizmatlarga) aylantiradi. Mehnatni amalga oshirish uchun inson muayyan jismoniy va aqliy qobiliyatlarga, bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi lozim.
Kurs ishi mavzusining o`rganilganlik darajasi. Hozirgi zamon iqtisod fani ishlab chiqarish omili deb ishlab chiqarish natijalarini belgilab beruvchi ob`ektlar, elementlar yoki shart-sharoitlarni tushunadi. Ishlab chiqarish omillari to`rt asosiy guruhga bo`lingan holda tahlil qilinadi: yer, kapital, mehnat va tadbirkorlik qobiliyati. Yer tabiiy omil sifatida qaraladi. U inson faoliyatining mahsuli emas, balki tabiatning in`omidir. Omillarning yer deb nomlanadigan guruhiga barcha tabiiy boyliklar, foydali qazilmalar konlari, ishlov berilayotgan yerlar, o`rmonlar kiradi. Kapital ishlab chiqarishning omili sifatida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan ne`matlarning yig`indisidan iboratdir. Ularga asbob-uskunalar, mashinalar, binolar, omborlar, transport kommunikatsiyalari, aloqa vositalari va boshqalar kiradi.

Download 120.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling