Direktor-taqsimotchi lavozimiga nomzodlar.
Tom Tsimmerman. U kompaniyaga 30 yil avval kelgan, va lavozimi uchun bilishi zarur boʻlgan barcha texnik va savdoning tashkiliy aspektlarini yaxshi oʻrganib chiqdi. Bunga qadar u hech qachon OEC ning chet eldagi boʻlimlarida ishlamagan edi. Kompaniyada ishlagan vaqtida u OEC ning chet ellarda mahsulotlarini sotishiga yordam bergan bir nechta boʻlimlarini borib koʻrdi. Uni oʻz sohasining funksiyalarini bajaruvchi kompetent deb hisoblashardi, uni nafaqaga ketishiga 4- yil qolgan edi. Uni oʻzi ham xotini ham ispan tilida gaplashishmaydi, bolalari katta boʻlishgan va oilalari bilan AQSh da yashashadi. Hozirgi vaqtda Tsimmerman Salvadorda joylashgan korxona rahbari, lekin uning korxonasini boshqa korxona bilan birlashtirish rejalashtirilmoqda, shunga uning lavozimi tez orada ortiqcha boʻlib qoladi.
Brett Xarrison. Xarrison 40 yoshga toʻlganda OEC da 1 yil ishlab qoʻygan edi. Uni juda kompetent va bir necha yil ichida ierarxiyaning yuqori pogʻonasiga erishish qobiliyati bor deb hisoblashardi. U hech qachon chet elda ishlamagan, lekin oxirigi 3 yil ichida Lotin Amerikasi mamlakatlari boʻyicha regional boʻlimda ishladi va u erga tez-tez borib turardi. Xarrison va uning xotini oz-moz ispan tilida gaplashishardi. Ularning 14-1 yoshli bolalari ispan tilini endi oʻrganishni boshlashgan. Uning xotini farmatsevtika firmasining marketing boʻlimida yuqori lavozimda ishlardi.
Karolin Moye. Moye OEC ga 12 yil oldin taniqli universitetlaridan birining (ishbilarmon ma’muriyatlashtirish magistrlik darajasi) MVA ni olganidan soʻng ishga kelgan. U 37 yoshga kirguncha har safar lavozimini oʻsishi bilan, bir necha bor lavozimini oʻzgartirdi. Ikki yil davomida u tahminan Salvadordagi korxonaga oʻxshagan korxonaning rahbar muovini boʻldi. Uni oʻz majburiyatlarini a’lo darajada uddalaydi deb hisoblashardi. Yana u rejalash boʻlimida ham ishlagan. OEC ga kelganda , unga chet elda ishlash qiziqarli ekanini, yani u universitetda xalqaro biznesni asosiy fan sifatida oʻqiganini eslatib oʻtgan. Moye yana chet elda ishlash orzulari haqida gapira boshladi, bu unga qoʻshimcha impuls beradi deb hisoblardi. Turmushga chiqmagan,ispan tilida yaxshi gapiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |