1. Odamlarni tinglashni biling
Befoyda suhbatlarda imkoni boricha kamroq ishtirok etishga harakat qiling va ularning tashabbuskori ham boʻlmang, biroq ishga doir muloqotlarda aksincha koʻproq ishtirok eting. Ishoning, jim turganingizda va aytilganlar haqida mulohaza qilayotgan vaqtingizda aqlliroq koʻrinasiz.
Diqqat bilan tinglashni bilish kerak, buni ob’ektiv ravishda amalga oshirishga harakat qilish va suhbatdoshingiz sizga etkazmoqchi boʻlgan masala va uning sababini anglash lozim. Zarur boʻlganidagina gapirishga oʻrganing. Suhbat paytida esa sizga qiziqarli hikoyani soʻzlab berishayotgandek quloq soling.
2. Ishtirok eting
Hamkasblaringizda echib boʻlmas murakkablik yuzaga kelsa, oʻz yordamingizni taklif eting. Agar uni qanday hal etishni bilmasangiz, unga mazkur masala echimi uchun resurs topishga koʻmaklashing, oʻz yogʻingizda oʻzingiz qovurilmang. Shunday qilsangiz, oʻzgalarning sizga boʻlgan hurmatiga sazovor boʻlasiz, shuningdek bebaho tajriba orttirasiz.
Bu norasmiy korporativ ishlarga ham tegishli: bayramlar, tugʻilgan kunlar, hamkasblarning boshiga musibat tushgan vaqtlar. Ishtirok eting, tashkil etishga yordamlashing, kishilarni qiziqtiring. Noramiy etakchiga aylaning, biroq bunga juda kirishib ham ketmang, ba’zi hollarda xodimlar yaxshi “jamoatchilarga” aylanish bilangina cheklanib qolishadi.
3. Rivojlantiradigan kitoblarni oʻqing
Ekpert istalganicha boʻlishi mumkin (doktor Xausni esga olamiz), biroq rahbar tenglar ichida eng yaxshisi boʻlish bilan bir qatorda, ochiq, ya’ni qoʻl ostidagilarni eshitib, ularni tushunishi va oʻz vaqtida “yoʻq deyishi”, koʻp vazifalilik rejimida ishlashni bilishi va turli vaziyatlarda “chiqish yoʻli”ni topa olishi lozim.
Shuning uchun oʻqishga, koʻproq oʻsish uchun esa koʻproq oʻqishga toʻgʻri keladi: psixologiya, ragʻbat, boshqaruv, ta’sir koʻrsatish, notiqlik, vaqtni rejalashtirish. Yiliga 1-20 ta kitob oʻqish yomon koʻrsatkich emas va buning imkoni bor.
Shuningdek oʻzining boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirishga oid boʻlgan treninglarda ishtirok etish ham yaxshi natija beradi, bunda amaliy dasturiga ega boʻlganlari ayniqsa ahamiyatlidir. Bir yilda kamida 2-3 treningda qatnashish lozim, kimdir shunday taklif bilan chiqishini kutib oʻtirmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |