Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi guruxdagi
- Ikkinchi guruxdagi
- Innovatsion maqsadlar
- Toʻrtinchi gurux maqsadlar
Fursatli maqsadlar deganda biror bir muammoni xal etish zaruriyati tugʻilgan xollarda paydo boʻladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxonani qayta uskunalash, jixozlarni yangilash, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini oʻzgartirish goxo ishlab chiqarishning iqtisodiy zaruriyatiga qarab paydo boʻladi.
Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga xam zaruriyat tugʻilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni echish uchun oʻrtaga qoʻyiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz bergan xolda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablagʻni ajratish koʻrinishida boʻlishi mumkin. Boshqarishga maqsadli yondoshuv namoyondalari barcha maqsadlarni quyidagi toʻrtta guruxga boʻlishadi: oddiy qotib qolgan an’anaviy maqsadlar; muammoli maqsadlar; innovatsion maqsadlar; xodimlar malakasini, maxoratini oshirish boʻyicha maqsadlar; Birinchi guruxdagi maqsadlar xar kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar boʻlib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli boʻgʻindagi raxbarning bevosita burchiga kiradi. Masalan, marketing boʻlimining boshligʻi oldida quyidagi maqsad qoʻyilgan boʻlishi mumkin: “Oyning oxirigacha joriy yilning soʻnggi kvartalida sotilgan tovarlarning taxlilini qilish va tegishli xulosalar yasash”. Bu an’anaviy maqsaddir. Ikkinchi guruxdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tugʻdiradi. Masalan, maxsulotga boʻlgan talabning toʻsatdan keskin pasayishi va sotish xajmining kamayishi, tabiiy ravishda korxonaning oladigan foydasiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shunday bir sharoitda korxona raxbari oldida vaziyatni oʻzgartirish, sotish xajmini, aytaylik, ikki oy ichida keskin koʻpaytirishdek murakkab masala turadi. Bu maqsad muammoli maqsaddir. Chunki sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin koʻpaytirish: maxsulotga boʻlgan talabning keskin pasayshi sabablarini aniqlashni; koʻp omilli korrelyatsion - regression taxlilni amalga oshirishni; eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqoza etadi. Bunga bosh qotirish, aqlni ishlatish kerak boʻladi. Innovatsion maqsadlar – bu yangi maxsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy qilish boʻycha qoʻyiladigan maqsadlardir. Masalan, tadqiqot boʻlimi xodimlarining maqsadi quyidagicha boʻlishi mumkin: “1 iyulgacha eksport uchun moʻljallangan uch turdagi yangi maxsulotni sanovdan oʻtkazishni ta’minlash”. Maqsad qanchalik murakkab boʻlsa, shunchalik u boshqaruvchi uchun muammoli¸ki innovatsion boʻlishi mumkin. Biroq, bir maqsadning oʻzi birov uchun oddiy, boshqa uchun muammoli, xatto innovatsion boʻlishi mumkin. Birinchi xolda raxbar oʻsha maqsadni echish usullarini mukammal biladi, ya’ni buning uchun uning bilimi, maxorati etarli boʻlib, uni xech qanday qiynalmay echadi. Boshqa raxbar esa u maqsadni oʻzi uchun murakkab va muammoli tariqada qabul qiladi. Masalan, marketing boʻlimi xodimi uchun “kvartalda sotiladigan tovarlar taxlilini qilish” oddiy bir ish boʻlsa, sotish boʻlimidagi xodim uchun bu ish muammo boʻladi. Toʻrtinchi gurux maqsadlar - bu korxona xodimlari malakasini oshirish soxasidagi maqsadlar boʻlib, ular uzoq muddatli (strategik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Masalan, “3- yil ichida korxona xodimlarning 20 foizini malakasini oshirish” “Maqsadlar shajarasi” – bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari oʻrtasidagi aloqaning grafik tasviridir. U boʻlajak voqealar oʻzaro aloqasining toʻla manzarasini tasavvur qilish, konkret vazifalar roʻyxatini olish va ularning nisbatan muximligi toʻgʻrisidagi axboratga ega boʻlishi imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi oʻrtasida moslashuvni vujudga keltirish yoʻli bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga etkazishni ta’minlaydi. “Maqsadlar shajarasi” ierarxiyalar koʻrinishidagi bir necha darajalardan: bosh maqsad; I darajali kichik (asosiy) maqsadlar; II darajali kichik maqsadlar va xokazolardan tashkil topadi. “Maqsadlar shajarasi” ning taxliliy ishlanmasini mamlakatimiz oldiga qoʻyilgan bosh maqsadning qator lokal maqsadlarga bogʻliqligi misolida koʻrishimiz mumkin. 1991 yilning 31 avgustida Oʻzbekiston Rsepublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Shunday bir sharoitda respublikada davlat va iqtisodiyotni qayta qurishining bosh maqsadi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan quyidagicha aniqlab berildi:17
Bu maqsad nixoyatda murakkab va koʻp qirralidir. Uning amalga oshirilishi siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, xuquqiy soxalardagi asosiy maqsadlarga erishilishiga bogʻliq. Shu sababli bosh maqsadga (BM) erishishning aniq yoʻnalishlari belgilab olindi va qoʻyidagi toʻrt guruxdagi birinchi darajali maqsadlar ajratildi: 1. Ijtimoiy-siyosiy soxadagi maqsadlar; 2. Ijtimoiy-iqtisodiy soxadagi maqsadlar; 3. Ma’naviyat soxasidagi maqsadlar; 4. Xalqaro munosabatlar soxasidagi maqsadlar; Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling