Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Ijtimoiy-siyosiy soxadagi
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar
- Ma’naviyat soxasidagi maqsadlar
Ijtimoiy-siyosiy soxadagi maqsadlar, oʻz navbatida, qoʻyidagi ikkinchi darajali maqsadlarga boʻlinadi:
1.1. Ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish; 1.2. Davlat qurilishining demokratik-xuquqiy tamoyil va me’yorlariga oʻtish; 1.3. Fuqarolik jamiyatiga oʻtishning poydevorini qurish va boshqa. Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar xam oʻz navbatida qoʻyidagi ikkinchi darajali maqsadlarga boʻlinadi: 2.1. Iqtisodiy faoliyat erkinligiga oʻtish; 2.2. Mulkchilik xilma-xilligiga erishish; 2.3. Narx erkinligini ta’minlash; 2.4. Raqobot kurashiga oʻtish; 2.. Insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali- taqsimotchilik tizimidan voz kechish. 2.6. Koʻp tarmoqli iqtisodga xamda bozor munosabatlariga oʻtish va boshq. Ma’naviyat soxasidagi maqsadlar xam: 3.1. Aqidabozlik va oʻta siyosatlashtirilgan mafkura xukmronligidan qutilish; 3.2. Mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash va boshqa xususiy maqsadlarga; Xalqaro-munosabatlar soxasidagi maqsadlar xam: 4.1. Butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, oʻzni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish; 4.2. Jaxon xamjamiyatiga kirib borish va uning bilan teng xuquqli xamkorlikka yoʻl ochish va boshqa kichik maqsadlarga boʻlinadi. Ikkinchi darajali maqsadlarning xar biri oʻz navbatida qoʻyi boʻgʻin maqsadlariga boʻlinadi. Masalan, mulkchilikning xilma-xilligiga oʻtish maqsadi (2.2) ning amalga oshirilishi qoʻyidagi qator tadbirlarni ishlab chiqishga va ularning qaysi birini tanlab olinishiga bogʻliq boʻladi: 2.2.1. Davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatiga aylantirish, uning mol-mulki xisobidan chiqargan (emissiya qilingan) aktsiyalarni xalqqa sotish. Aktsiya sotib olgan kishi mulkdorga aylanadi. 2.2.2. Ijaraga olingan davlat korxonasini, ijarachilar jamoasi tomonidan oʻzi ishlab topgan pulga yoki qarzga sotib olib, uni jamoa mulkiga aylantirish. Bunda yangi mulkdor xalq emas, faqat korxona jamoasi boʻladi. 2.2.3. Davlat mulkini qiymatiga qarab chiqarilgan (emissiya qilingan) sertifikatlar yoki vaucherlarga binoan fuqarolarga bepul berish. Bunda mulk xalq oʻrtasida tarqatiladi, chunki vaucher va sertifikat korxona aktsiyasini olish xuquqini beradi; 2.2.4. Davlat mulkini faqat tanilgan, ishning koʻzini biladigan, mas’uliyatni zimmasiga olaoladigan tadbirkorlarga, boshqaruvchilarga (menejerlarga) sotish. Bunda xam ma’lum qatlamgina mulk soxibiga aylanadi. 2.2.. Davlat mulkini xorijiy qarzni uzish evaziga chet el firmalari va fuqarolariga berish. Bunda milliy mulk xisobidan xorijiy mulk oʻsadi. 2.2.6. Davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish. Bunda xam faqat ma’lum toifadagi kishilargina yangi mulk soxibiga aylanadilar. Shunday qilib, maqsadning tobe’ boʻlishlik, yoyib boʻlishlik va ranjirlash mumkinligidek sifatlari umumiy maqadni lokal, xususiy va yakka maqsadlarga ajratishga, ularni ustuvorlik darajasiga qarab tartiblash imkoniyatini yaratishga yordam beradi. Qoʻyidagi sxemada yuqoridagi bosh maqsadimizni (BM) “Maqsadlar shajarasi” koʻrinishida tasvirlaymiz (2.2-sxema). Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling