Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
-sxema. Maqsadlar shajarasi
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadli boshqaruv usuli pogʻonalari.
- 2.1-sxema. Maqsadlar kaskadi (pogʻonalari).
2.2-sxema. Maqsadlar shajarasi.
Yanada koʻrimli va tushunarli boʻlishi uchun 2.2-sxemadagi maqsadlarning oʻzaro xamkorligini, bir-biriga bogʻliqligi va tutashligini daraxt shaklida ifoda etamiz (2.3-sxema). 2.3-sxema. Maqsadlar shajarasi. Boshqarishda maqsadli yondoshuv usuli yoki maqsadli menejment-bu boshqarishning muayyan tizimi boʻlib unda ikkita unsur bir-biri bilan uzviy bogʻlangan boʻladi: maqsad (pirovard natija); nazorat. Bu usulning mohiyati qoʻyidagicha izoxlanadi:
Maqsadli boshqaruv usuli pogʻonalari. Korxona umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni xar bir xodim maqsadining qanchalik toʻgʻri aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga bogʻliq boʻladi. Shu sababli xar bir xodim oldiga qoʻyladigan maqsadga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi. Xodim maqsadi yuqori boʻgʻindagi boʻlimlar maqsadiga boʻysinishi, unga mos boʻlishi kerak. Obrazli qilib aytganda ayrim xodimlarning maqsadlari yuqori pogʻonadagi (xususiy, lokal, umumiy) maqsadlar qanoti (kaskadi) ostida boʻlishi kerak (2.1-sxema). 2.1-sxema. Maqsadlar kaskadi (pogʻonalari). Shundagina yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali boʻlishiga xizmat qiladi. xodim oʻz oldiga qoʻyadigan maqsadlarning soni 4 tadan 8 tagacha boʻlishi, undan oshmasligi kerak. Agar ularning soni bundan oshsa, u xolda xodim kutgan natijasini ololmaydi, oqibatda korxonaning umumiy maqsadiga putur etkazadi. yakka maqsadning xam pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan boʻlishi kerak. Aks xolda u mavxumlikka yuz tutadi. rejalashtiriladigan maqsad qiyinchilik bilan erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshirish mumkin boʻlgan darajada boʻlishi kerak.
Ammo masalaning boshqa tomoni xam bor. Agar maqsad murakkab boʻlib, uning ustiga-ustak bajarilishi gumon boʻlsa, bunday xol xam boshqarishni ijobiy natijalarga erishishdan maxrum etadi. Xar qanday maqsadning samaradorligi erishilgan natijaga toʻgʻri baxo berilishiga va uni ragʻbatlantirish darajasiga bogʻliq. Agar erishilgan natijaga adolat yuzasidan baxo berish va uni tegishli ravishda ragʻbatlantirish odat tusiga kirgan boʻlsa, u xolda bu korxonada oʻrnatilgan boshqarish usuli ravnaq topib boraveradi. Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va oʻta murakkab kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos: tob’e boʻlishlik; yoyib boʻlishlik; oʻzaro munosabat (bogʻlanish)da boʻlishlik; Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling