Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Rahbarlik turlarining, oʻziga xos xususiyatlari


Download 3.37 Mb.
bet100/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Rahbarlik turlarining, oʻziga xos xususiyatlari

¹

Belgilar

Rahbarlik turlari







Avtokratik rahbar

Demokratik rahbar

Liberal rahbar

1

qaror habul qilishda

Yakkabosh, jamoa fikri bilan hisoblashmaydi

Jamoa fikri bilan hisoblashadi

Koʻrsatmaga binoan ish tutadi

2

qaror yechimlarini boʻysinuvchilarga etkazishda

Yozma va ogʻzaki buiruq, koʻrsatma orqali

Taklif orqali

Iltimos qilish, yalinish orqali

3

Ma’suliyatni taqsimlash orqali

Toʻla tukis rahbar qoʻlida

Vakolatiga binoan

Toʻla-toʻkis ijrochilar-ning fikriga binoan

4

Boʻisinuvchilarning
tashabbuskorligiga

Ioʻl qoʻyadi

Rahgʻbatlan-tiradi va foydalanadi

Toʻla- toʻkis tayanadi




Kadrlarni tanlashda

Kuchli raqobat-doshlardan qutilish tarafdori

Ishchan, bilimdon xodimlarga moʻljal oladi va ularning oʻsishiga yordam beradi

Beparvo



6

Bilimga boʻlgan munosobatda

xamma narsani oʻzim bilaman deb hisoblaidi

Mutassil oʻqiydi va qoʻl ostidagi boʻysinuvchilardan ham shuni talab qiladi

E’tiborsiz, baribir, beparvo

7

Muomalada

Salbiy, masofa saqlaydi

Ijobiy muloqatda kirishimli va faol

Tashabbus koʻrsatmaydi

8

Boʻisinuvchilariga nisbatan

Kayfiyatiga qarab muomala qiladi, asabli

har xil, talabchan, xairixoh, andishali

Talabchan emas, muloyim

9

Intizomga nisbatan

qattiq, formal, yuzaki

Maqsadga muvofiq talab qiladi

Yumshoq yuzaki

10

Ragʻbatlantirishga nisbatan

Onda sonda ragʻbatlantirib tez-tez jazolash tarafdori

Onda-sonda jazolab tez-tez ragʻbatlantirish tarafdori

Aniq moʻljali yoʻq

Har uchala rahbarlik turi oʻrtasida mutanosiblik mavjud boʻlib aniq sharoitlarda birining salmogʻi oshishi bilan boshqasining salmogʻi kamayadi.


6.3. Ishga doir etika va etiket. Menejerning imidji. Imidj tushunchasi.

Rahbarlik fazilatlari toʻgʻrisidagi Gippokrat fikrlari: “Sangviniklar”, “Flegmatiklar”, “Xoleriklar”, “Melanxoliklar”.Rahbarga quyiladigan talablar.


Fazilat-bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha boʻlishi hamda har xil xulq- atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga koʻp jihatdan bogʻliq ekanligi tajribada kuzatilgan.
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokrat inson badanida qon asosii oʻrinni shigʻol etsa, bunday odam harakatchan, engil boʻladi, taasurotlarning almashinishiga tez koʻnikib keta qoladi, oʻz atrofida sodir boʻlayotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.Mana shu xil kishilarni Gippokrat Singviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha “singvinis” ya’ni “qon” degan soʻzdan kelib chiqqan.
Singviniklar tuygʻu (joʻshqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:



  • yangi kishilar bilan tez til topishadigan;

  • bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda koʻniqadigan;

  • bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaidigan;

  • yangi sharoitga osonlik bilan oʻrganadigan;

  • xushchaqchaq;

  • harakatlari shiddatli;

  • nutqi tez;

  • kelajakka ishonch bilan qaraydigan;

  • soʻzini aniq va ma’noli qilib, imo ishoralar bilan gapradigan kishilardir.

Singviniklar ish jarayonida kechgan koʻngilsiz hodisalarni tezda esdan chiqarib yuboradilar. Ular oʻz kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga egadirlar.
Rahbarlar ularning ishini salbiy baholashdan koʻra ularga nisbatan qattiq qoʻl va talabchan boʻlsalar ijobiy natijaga erishish mumkin.
Singviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar boʻladilar.
Agar kishi tanasida shillik hukmron oʻrin tutsa, unday kishilar ogʻir, tepsa tebransmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taasurotlariga loqayd qaraydigan boʻladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. qadimgi yunonlar shilliqlarni “Flegma” deyishgan.



Flegmatiklar:

  • ta’sirchanligi sust boʻladi;

  • bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan koʻchadilar;

  • faolliklari kam;

  • yangi sharoitda qiyinchilik bilan moslashadilar;

  • harakatlari va nutqlari sust;

  • koʻngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;

  • sabr-toqatli chidamli boʻlib, soʻzlaganda xotirjam, oʻzga shaxslar bilan hayajonlanmay gapiradilar.

Flegmatiklar chidamliligi, matonati, oʻzini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
Gippokratning fikricha, agar kishi tanasida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qa’tiy-harakatchan boʻladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. qadimgi yunonchada safroni “xoley” deyishgan.
Xoleriklar – koʻtarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan kishilar boʻlib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining boʻzilishi bilanoq tez oʻzgarishi mumkin. Ular serjahl, oʻzini yaxshi koʻradigan, tez gapiradigan odamlar boʻlib, ular boshqalardan gapining ohangi oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadilar. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi singviniklarnikidek boʻladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan oʻzini toʻgʻri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga koʻproq moyil boʻladilar, arzir-arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulugʻ shifokor melanxoliklar deb atagan. qadimgi yunonchada “melanxolik” soʻzi “qora safro” degan ma’noni bildirgin.

Melanxoliklar:

  • oʻta ta’sirlanuvchan xususiyatga ega;

  • tez toliqadigan va oʻziga ishonmaydigan;

  • tashvishsiz, lekin joʻda sezuvchan;

  • nihoyatda arazchan;

  • juda oz kuladigan;

  • faolligi sust, tortinchoq, kam gʻayrat;

  • arzimagan sabablarga koʻzlaridan yosh oqib ketaveradigan;

  • yangi kishilar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.

Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qoʻyilgan masalalarni muvafaqqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya’ni vaziyat oʻzgarsa, qiyinchilik tugʻilsa, ular oʻzlarini panaga olib turishadi.
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan soʻzga izohli lugʻatlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yoʻnaltirish, koʻrsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur boʻlgan talabalar juda koʻpdir. Ularni qoʻyidagi beshta yirik guruhga boʻlish mumkin.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling