Nazorat savollari:
Tashkilot deganda nimani tushunasiz?
Tashkilotning hayotiylik tsikl kombinatsiyasini izoxlab bering?
Tashkilotlarning asosiy elementlarini sanab oʻting?
Tashkilotning ichki va tashqi muhit omillari oʻrtasidagi tafovutni aniqlab bering?
Texnologiya deganda nimani tushunasiz?
Rasmiy va norasmiy tashkilotlarning asl mazmunini tushuntirib bering?
Nima uchun odamlar tashkilotga qoʻshilish sabablarini izoxlab bering?
Tashkilotning asosiy tuzilmalarini tuzishda qanday chora-tadbirlar qoʻllaniladi?
Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida yangi tapdagi qanday korxonalar vujudga kela boshladi?
Konsalting va trast firmalar oʻrtasidagi farq qanday jihatlar orqali farqlanadi?
Funktsional yoʻnaltirilgan tashkilotning maqsadi va vazifalarini izoxlab bering?
Strukturali tashkilot deganda nimani tushunasiz?
Ishlab chiqarish jaryoni nima va uning siljishi deganda nimani tushunasiz?
Intensiv tashkilotlar nima va ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Mavzu -6. Zamonaviy menejer
Reja:
1. Menejer tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari.
2. Rahbarlik uslublarining mazmuni.
3. Ishga doir etika va etiket. Menejerning imidji. Imidj tushunchasi.
Tayanch soʻzlar: menejer, quyi pogʻona menejeri, oʻrta pogʻona menejerlar, top menejerlar, avtokrat, liberal, demokrat, etika, estetika, imidj, status, temperament, harakter.
6.1. Menejer tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari.
Menejer-bu maxsus tayyorgarlik koʻrgan boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxasisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar boʻlib aholining alohida ijtimoiy katlamini tashkil etadi.
Kompaniya firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega boʻlgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchi kabilarning barchasi ham menejerlar deb yuritiladi.
Boshqaruv pogʻonasiga qarab menejerlar ham uch toifaga boʻlinadi.
Yuqori pogʻonadagi menejerlar.
Oʻrta pogʻonadagi menejerlar.
Quyi pogʻonadagi menejerlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |