Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Avon goʻzallik kompaniyasining bosh direktori Andrea Yung


Download 3.37 Mb.
bet94/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Avon goʻzallik kompaniyasining bosh direktori Andrea Yung xonasining devorida Lider evolyutsiyasi degan tunukacha osilgan, unda toʻrtta iz aks ettirilgan: maymunning oyoq izi, odamning oyoq izi, erkak kishining oyoq kiyimining izi va ayol kishi oyoq kiyimining izi. Bu qiziq ishora oldingi bosh direktor ofisida osilgan Djeyms Prestonni eslatar edi. Birinchi ayol kishi bosh direktor sifatida Avon, Yung lavozimda boʻlgan davrida Fortune 00 roʻyxatidan birinchi oʻnliklar ichidan oʻrin olib kelgan. U boshqaruv sohasidagi koʻplab muammolarga duch kelgan. U korxonaning tashkiliy tuzilmasi ham yaxshi, ham yomon davrlarda gullab-yashnashi uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini juda yaxshi tushunib etgan. Kompaniyasining mahsulotlarining 70 foizi rivojlanayotgan davlatlarga sotilishini inobatga olgan holda aytish mumkinki, uning ishining bu tomoni ancha murakkab. Lekin, u kompaniya tashkiliy tuzilmasini oʻzgartirish, qayta yoʻnaltirish, qayta koʻrib chiqish borasida keskin qarorlar qabul qildi va muvaffaqiyatli goʻzallik kompaniyasi boʻlishi uchun xizmat qiladigan tashkiliy tuzilmani yarata oldi. 29


5.4. Funksional–yoʻnaltirilgan tashkilot
Tashkilotni ishlab chiqarish strukturasi, asosiy ishlab chiqarish funksiyasiga asoslangan va bozor munosabatlariga mos ravishda oqib chiquvchi vazifalarga moʻljallangan.
Ishlab chiqarish tashkiliy tizimini hosil qilishda tashkilotning savdo va xizmatlar muhiti quyidagilarga e’tibor qilinadi:

  • Sotib olish.

  • Saqlash.

  • Rahbariyat.

  • Boshqaruv.

  • Sotish.

  • Moliyalashtirish.

Sanoat tashkilotlarini koʻrib chiqishda, albatta ishlab chiqarish funksiyalarini e’tiborga olish kerak. Asosiy ishlab chiqarish funksiyalari tahlil qilishda funksiyalar qism fuksiyalarga boʻlinadi. Masalan:Tashkilot strukturasini tashkilotdagi mavjud strukturali boʻlimlar va ishlab chiqarish jarayoni vaqtida aniqlaymiz.



Asosiz funksiyalar

Funksiyalarning qism funksiyalari

Rahbariyat

Rahbariyat, rejalashtirish va qaror qabul qilish

Sotish

Reklama, buyurtmani qayta ishlash, tashqi xizmat

boshqaruv

Kadrlarni boshqarish,korrespondensiyani qayta ishlash,secretariat

Strukturali tashkilot. Strukturali tashkilot deganda, ma’lum bir maqsadi tashkilot birliklari boʻyicha taqsimlash tushiniladi. Tashkiliy birliklar, boʻlimlar yoki mahsus guruhlar sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Undan tashqari tashkiliy birliklar ichida, aniq shaxslarga ya’ni tashkilot xodimlariga aniq vazifa va vakolat topshirilishi kerak.


Fuksional yoʻnaltirilgan strukturani tashkilotning barcha funksiyalari tahlil qilingandan soʻng kerakli shaxslarga yuklangan boʻlsagina yaratish mumkin.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling