Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Yozishmalarni ratsional olib borish


Download 3.37 Mb.
bet119/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Yozishmalarni ratsional olib borish ham muhim ahamiyatga ega. Kiruvchi pochtani ishlab chiqishni ratsionalizatsiyalash uchun quyidagilar zarur:

  • sizning stolingizga faqat siz uchun ahamiyatga ega boʻlgan yozishmalarni qoʻyish haqida ogohlantirish;

  • kotibga kiruvchi pochtani oldindan navlarga ajratishni (masalan, ustivorligi boʻyicha) va uni maxsus papkalarga joylashtirishni topshirish;

  • kiruvchi xatlarga kerakli izohlovchi materiallarni qoʻshish haqida topshiriq berish;

  • xatlarni oʻqishda muhim joylarni darhol belgilab qoʻyish, bu sizga va boshqalarga ularning keyinchalik ishlab chiqishni osonlashtiradi.

  • xatni ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar va mulohazalar bilan ta’minlash;

  • xatni olgandan keyin darhol, ya’ni pochta koʻrib chiqish vaqtida ishlab chiqish va choralar koʻrish.

Oʻzini oʻzi boshqarishning oxirgi vazifasi natijalar ustidan nazorat yoki oʻzini oʻzi nazarot qilishdir, u tufayli rejalashtirilgan ishlar bajarilganmi, rejalarga tegishli tuzatishlar kiritilganmi yoki yoʻqmi, belgilanadi.
Nazorat qoʻydagi uchta vazifani bajaradi:

  1. jismoniy holatni anglab etish. Nazoratni amalga oshirish paytiga kelib nimalarga erishilgan?

  2. rejalashtirilganni erishilgan bilan solishtiring. Qoʻyilgan maqsadga qanday darajada erishilgan?

  3. ma’lum chetga chiqishlarga tuzatishlar kiritish.

Nazoratning vaqti, davomiyligi va muntazamligi ijro etilayotgan vazifalar va qoʻyilgan maqsadlarga bogʻliq. U amalga oshirilayotgan jarayonni nazorat qilish va natijalar nazorati(maqsadiy nazorat)ga boʻlinadi.
Nazoratni amalga oshirish uchun oʻz rejalari va mehnatni tashkil qilinishini muntazam ravishda tekshirish, oʻziga doimiy ravishda quyidagi savollarni berish tavsiya etiladi:
Haqiqatan ham men zarur masalani echayapmanmi?
Men boʻlgʻuvsi faoliyatga uning ustivorliligiga muvofiq toʻgʻri kelamanmi?
Men ma’lum vaqtda rejalashtirilgan vazifalarni bajara olamanmi?
Men ishning etarlicha hajmini boshqalarga qayta topshira olamanmi?
Men kichik ishlarni yagona blokka birlashtira olamanmi?
Men “halaqitlar” va “vaqtni yutib yuborilishi” bilan kurash olib borayapmanmi?
Yana faoliyat va vaqtning tahlilini ham oʻtkazish zarur, u kun va hafta davomidagi vaqtdan haqiqiy foydalanishni rejalashtirilgan bilan solishtirishni koʻzda tutadi. Buning uchun ma’lum davr(kun yoki hafta) ajratiladi, bu davr davomida bajarilgan ishlar va sarflangan vaqt qayd etiladi. Keyin faoliyatning har bir turi mehnat jarayonini vaqtni tajash maqsadida muvofiqlashtirish imkoniyatlari nuqtai nazardan tahlil qilinadi:
- Agar ushbu faoliyatdan voz kechilsa, nima sodir boʻladi?
- Agar ushbu faoliyat toʻliqligicha yoki qisman boshqalarga topshirilsa, nima sodir boʻladi?
- Agar ushbu faoliyat vaqtning qisqaroq oraligʻi davomida amalga oshirilsa, nima sodir boʻladi.
Agar hech nima sodir boʻlmasa yoki oqibatlar ahamiyatsizoq boʻlsa, unda bu faoliyatdan voz kyechish, uni boshqalarga topshirish yoki qisqaroq muddatlarda amalga oshirish mumkin.
Keyin haqiqiy vaqtli yuklamani belgilashga, hamda qancha vaqtni tejash mumkinligini, vaqtni tejash boʻyicha qanday choralar koʻrish kerakligi, tejalgan vaqtdan qanday foydalanish mumkinligini aniqlashga harakat qiling.
Menejer faoliyati oʻzini oʻzi tashkil qilinishining boshlangʻich nuqtasi qoʻyilgan maqsadlarga erishishning moʻljalidan iboratdir.
Mehnat natijalarini maqsadlarga erishish nuqtai nazaridan nazorat qilish vazifalari bajarilganidan keyin(yakuniy nazorat), yirik loyihalarni amalga oshirishda esa- oraliq bosqichlarda (oraliq nazorat) amalga oshirilishi kerak,
Oʻzining yillik, oylik, haftalik va kunlik rejalarning quyidagi savollarga javob bergan holda, muntazam ravishda nazoratini amalga oshirish zarur:
-Qanday natijalarga erishildi?
-Nima qilinmay qoldi va nima uchun?
-Qayerda vaqt yoʻqotildi?
-Keyingi davrni rejalashtirish uchun qanday xulosalar chiqarish mumkin?
Shunday qilib, menejerning shaxsiy ishini ratsionnallashtirish uning faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon beradi,jamoani muvaffaqiyatli boshqarish uchun shart-sharoitlar yaratadi.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling