Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-Mavzu: Mehnat jamoalari xodimlarini boshqarish. Reja 8.1. Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari
- 8.1. Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari
Muxokama uchun savollar
Boshqaruv jarayonida mehnat deganda nimani tushunasiz? Mehnat faoliyatini tashkil etishda qanday tamoyillar mavjud? Mehnatning qanday turlarini bilasiz? Boshqaruv mehnatini tashkil qilishda qanday xilma xilliklar mavjud? Boshqaruv mehnatining 101 xilma xilligini izohlab bering. Evristik mehnat deganda nimani tushunasiz? Ma’muriy mehnatning mohiyatini izohlab bering. Taym menejmenti haqida nimalarni bilasiz? Oʻz-oʻzini boshqarish doirasini izohlab bering. Mehnat munosabatlariga jins qanday ta’sir oʻtkazadi? Mehnat munosabatlariga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat? Operator mehnati haqida nimalarni bilasiz? Mehnat resurslaridagi global oʻzgarishlar deganda nimani tushunasiz? 8-Mavzu: Mehnat jamoalari xodimlarini boshqarish. Reja 8.1. Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari 8.2. Mehnat jamoalarini boshqarish tizimi va tamoyillari 8.3. Mehnat jamoalarini boshqarish samaradorligi 8.4. Xodimlarni rejalashtirish Tayanch soʻzlar: mehnat, mehnat jaryoni, xodimlarni rejalashtirish, ish jarayoni, kadrlar bilan ishlash jarayonlari, mehnat jamoalarini boshqarish, funsional boshqarish, tashkiliy boshqarish, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, mehnat intizomi, guruhga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, ishchi guruhining mehnat unumdorligi va qoniqishi, ishni joriy baholash, mehnat ergonomikasi. 8.1. Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari Mehnat faoliyati deganda insonni biror mehnat turi bilan band boʻlishi tushiniladi. Mehnat faoliyati insonning hal qilinadigan vazifalar va bajariladigan ishlari yigʻindisidan tashkil topadi. Mehnat faoliyatining mohiyatini umumlashgan, hamda konkret shaklda olib qaraladigan boʻlsa, bir-biri bilan bogʻliq ikki muhim vazifani hal qilishning ob’ektiv zarurati bilan belgilanadi. Bu vazifalardan biri — insonlarning moddiy mehnat elementlari bilan oʻzaro harakatga kirishuvini aniklashdan iborat boʻlsa, ikkinchisi — birgalikda yoki oʻzaro bogʻlangai faoliyat qatnashchilari oʻrtasida munosabatlari shakllanishidan iboratdir. Xuddi mana shu narsa mehnat faoliyatini tashkil etish predmeti hisoblanadi. Buning mohiyati mehnat faoliyatini tashkil etish vazifasiga (keng ma’noda olganda) mehnat sub’ektini (ayrim xodim yoki mehnat jamoasi) aniqlash, uni zarur mehnat predmetlari va vositalari bilan ta’minlash, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish, mehnat (ishlarini bajarish) jarayonlarini tashkil etish, mehnatga haq toʻlash kabi masalalarini oʻrganish bilan bogʻliqdir. «Tashkil etish» tushunchasi frantsuzcha organisation, lotincha “organizo” -«tartibga keltiraman» soʻzidan kelib chiqqan. Mazkur tushuncha yaxlit bir butunlik ichida oʻzaro aloqalarning yuzaga kelishi hamda takomillashishiga olib keladigan jarayon yoki harakatlar jamlamasini anglatadi. Tashkil etish deganda birgalikda amalga oshiruvchi muayyan qoida va tamoyillar asosida, biror aniq maqsad sari harakat qiluvchi kishilarning birlashgan faoliyati tushuniladi. Shunga koʻra, funktsional nuqtai nazardan, tashkil etish ichki tartiblarni oʻrnatish va takomillashtirish jarayoni demakdir. Binobarin, mehnatni tashkil etish atamasi kishilar faoliyatini tartibga solish va muayyan tizimga keltirishni anglatadi. Biroq, bunday ta’rif haddan tashqari umumiy boʻlganligi uchun uni mukammal deb boʻlmaydi. «Mehnatni tashkil qilish» tushunchasining paydo boʻlish tarixiga toʻxtalgandi, albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F. Teylorning (186-191) nomi tilga olinadi. F. Teylor mehnatni «ilmiy boshqarish» muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan boʻlib, u iqtisodiyotda muhim oʻrin tutadi. Ammo, F. Teylor koʻzda tutgan fan sohasini iqtisodiyotda haddan tashqari toraytirib qoʻygan. «Oqilonalashtirish» atamasi mazkur fanni toʻgʻri nomlash muammosini murakkablashtirdi, bu atama dastlab Germaniyada qoʻllanilgan boʻlib, keyinchalik u muayyan darajada boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Mazkur atama shu qadar noaniq va umumiy tusdagi mazmunga egaki, uni har qanday yaxshilanishga nisbatan qoʻllash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda hozirgi vaqtda «mehnatni ilmiy tashkil etish» yoki «mehnatni tashkil etish» atamalari deyarli qoʻllanilmayapti. Bu muammo juda koʻpgina MDH mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekistonda ham mavjuddir. Undan turli darajalarda oʻrin tutadigan xilma-xil hodisalarni nomlash uchun foydalaniladi. «Tashkil etish» atamasi ayrim korxona, muassasa, firma va umuman jamiyatga nisbatan qoʻllaniladi. Shu bilan birga, gap turli ob’ektlar: mehnat, ishlab chiqarish, boshqarish toʻgʻrisida borishi mumkin. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, ayni kishilarni mehnatga jalb etish, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, ijtimoiy mahsulotni taqsimlash usuli va ishchi kuchini tiklash xususiyatlari koʻrib chiqilayotganda «mehnatni ijtimoiy tashkil etish» tushunchasidan foydalaniladi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling