Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
-qism. Tashkiliy ta’minot
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Vetchina
- III. Sosiskalar
- Jami: 266300 1330 136870
- Aktiv Yil boshiga Yil oxiriga Passiv
- 1.Oʻz mablagʻlari manbalari
- 2. Joriy aktivlar 2. Majburiyatlar
1-qism. Tashkiliy ta’minot.
Harakatdagi korxonalar oʻzgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitida oʻzlarining yashovchanligini ta’minlash maqsadida kuchli va ojiz tomonlarini har tomonlama tahlil qilishlari lozim boʻladi. Ushbu tahlilni amalga oshirish uchun SWOT–tahlil usulidan foydalaniladi. Ushbu usulga asosan, korxonaning kuchli (S) va zaif (W) tomonlari, imkoniyatlari (O) va xavflari (T) aniqlanadi. Tashkilotning raqobatbardosh mahsulot turi, nomi va xajmi: «TOʻXTANIYoZ OTA» korxonasining hozirgi kunda koʻp tarmoqli faoliyat bilan shugʻullanib, ishlab chiqariyotgan mahsulot turlari 20 xildan ortiq. Ushbu korxonasining 2013 yil va 2014 yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarilgan mahsulot haqida ma’lumot (1-jadval)da keltirilgan. «TOʻXTANIYoZ OTA» korxonasining 2014 yil birinchi yarim yilligida oʻtgan yilning shu davrigacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2,% ga oshgan. 1- jadval «Toʻxtaniyoz ota» korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot haqida ma’lumot, kg
Jadval ma’lumotlari «TOʻXTANIYoZ OTA» korxonasi hisobot materiallaridan olindi. 2- jadval «Toʻxtaniyoz ota» korxonasining 2014 yil uchun qisqatirilgan buxgalteriya balansi, ming soʻmda
Balans yakuni 2014 yil boshiga 24989,1 ming soʻmni, yil oxiriga esa 416449,1 ming soʻmni tashkil etadi. Shunday qilib, mazkur korxonasi hisobot yili oxiriga 416449,1 ming soʻm miqdorida xoʻjalik vositalariga ega bulgan. Bu vositalar quyidagicha taqsimlangan: uzoq muddatli aktivlarda, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalarda ular 239129,7 ming soʻmni, aylanma vositalarda, ya’ni tovar modiy zahiralari, ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, kechiktirilgan xarajatlari, pul mablagʻlari, debitorlarda – 177319,4 ming soʻm. Bu vositalar 17482,3 ming soʻm miqdoridagi oʻz mablagʻlari va 119648,8 ming soʻmlik uzoq muddatli va qisqa muddatli majburiyatlar hisobiga qoplanadi. Oʻz mablagʻlari quyidagiga taqsimlangan: uzoq muddati aktivlarida – 239129,7; aylanma mablagʻlarga – 7670,6 ming soʻm. Aylanma mablagʻlarining qolgan summasi jalb qilingan mablagʻlar, ya’ni 119648,8 ming soʻm hisobiga qoplanadi. Shunday qilib, muomaladagi oʻz mablagʻlari ulushi 32, % ni tashkil qildi: 7670,6 * 100 Gʻ 177319,4 q 32, Korxona moliyaviy ahvolini buxgalteriya balansi asosida dastlabki baholash hisobot yili oxiriga boʻlgan ma’lumotlari bilan taqqoslash va chetga chiqishlari aniqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Korxonaning oʻz mablagʻlari ustav, qoʻshilgan va zahira sarmoyalardan; taqsimlanmagan foydadan; maqsadli tushumlar va fondlardan; kelgusi davr daromadlaridan iborat boʻladi. 3–jadval ma’lumotlari oʻz mablagʻlari manbalari hisobot yilida 17026,7 ming soʻmga oshganligini va yil oxirida 296800,3 ming soʻmni tashkil qilganligini koʻrsatib turibdi. Oʻz mablagʻlari manbalari tarkibida ham oʻzgarishlar roʻy bergan. Ustav kapitali hisobot yilida oʻzgarmagan va 80000 ming soʻmni tashkil etgan. - jadval Raqobatlashuvchi korxonalar kuchli va zaif tomonlarini baholash
3-jadval ma’lumotlari shuni koʻrsatadiki, «Toʻxtaniyoz ota» korxonasi umuman olganda raqobatbardoshlikda past darajaga ega. Koʻp sohalar boʻyicha salbiy koʻrsatkichga ega boʻlsada, ba’zi sohalarda ijobiy tomonlarga ham egadir. Moliyaviy jihatdan qiyinchiliklar respublikamizdagi bozor munosabatlariga oʻtishdagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Korxonadagi eski asbob-uskunalar ishlab chiqarilayotgan mahsuloti sifatiga salbiy koʻrsatgan. Bu kabi barcha kamchiliklarni bartaraf etishni korxona strategik rejalarida aks ettirishi lozim boʻladi Oʻzining zaif tomonlarini aniqlab, har bir korxona oʻzini ushbu jihatlar boʻyicha himoyalash strategiyasini ishlab chiqishlari hamda oʻzining kuchli tomonlarini yanada kuchaytirmogʻi lozim boʻladi. S WOT–tahlilning birinchi bosqichida amalga oshirilgan balli shkalaga koʻra firmalarning kuchli va ojiz tomonlari baholash natijalari bilan ikkinchi bosqichda amalga oshirilgan raqobatchilar ayrim xususityalarini solishtirish orqali ular imkoniyatlari va xavflarning baholash natijalarini oʻzaro birlashtirilgan holda 8 koʻrsatkich boʻyicha omillar salmogʻini hisobga olib, ball yordamida raqobatchi 3 ta goʻsht mahsuloti ishlab chiqaruvchi firmalar raqobatbardoshligi baholandi. Natijalar 7-jadvalda keltirilgan. Ushbu jadval ma’lumotlari shuni koʻrsatadiki, «Toʻxtaniyoz ota» korxonasi raqobatda koʻp koʻrsatkichlar boʻyicha raqobatchilari oʻrtasida ojiz ekan. Bunga asosiy sabablar sifatida qoʻllanilayotgan texnologiyaning eskirganligi, oʻrashdagi ba’zi bir kamchiliklarni koʻrsatish mumkin. Ushbu korxona uchun assortimentni takomillashtirish orqali intensiv oʻsish strategiyasini diversifikatsiya bilan birgalikda qoʻllash muvaffaqiyat keltiradi. Ushbu strategiyani amalga oshirishning eng asosiy sharoitlaridan biri – goʻsht mahsulotiga talabning oʻzgaruvchanligi hamda xomashyo sifatini oshirish va yangi texnologiyalarni jalb etishdagi imkoniyatlar mavjudligi sanaladi. Ushbu strategiyaning ustunligi shundaki, ushbu korxona mavjud ichki imkoniyatlaridan samarli foydalanish orqali iste’molchilarni kengroq jalb etgan holda miqdorini koʻpaytiradi. Goʻsht mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni taklif etamiz. Yuqorida bayon etilgan strategiyani ishlab chiqishda muqobillashtirish masalasini yechish uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi «Toʻxtaniyoz ota» korxonasining 2013 yilda kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanildi. Bozor tadqiqotlari, undagi iste’molchilar talabi darajasini oʻrganish natijalariga asoslanib va «Toʻxtaniyoz ota» korxonasining bugungi kundagi imkoniyati, kelgusidagi rejalariga tayanib ushbu fermer xoʻjalikning goʻsht mahsulotlari etishtirish boʻyicha marketing strategiyasini ishlab chiqishda dastlabki ma’lumot sifatida 12 xil kolbasa, 2 xil vetchina, sardelka va 4 xil sosiska ishlab chiqarishning 2013 yildagi hisobotdagi 266300 kg ni ishlab chiqarishdagi yuqori foyda keltiradigan muqobil resurslar taqsimotining variantini topish maqsad qilib qoʻyildi. Ushbu holda korxonasi oladigan sof foyda 22662 ming soʻmga teng. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib ushbu korxonasining kelgusidagi rivojlanishi uchun intensiv va diversifikatsiya oʻsish variantlarini tanlash orqali marketing strategiyasini ishlab chiqish lozim boʻladi. Buning uchun esa, hozirda ishlab chiqarilayotgan kolbasalarning ba’zi bir yuqori foyda kelmayotganlari oʻrniga yangi kolbasa turlarini ishlab chiqarish, masala echishda ma’lumotlar doirasi kengligini hisobga olgan holda vetchina, sosiska va sardelka ishlab chiqarishni oʻz holatida qoldirishni lozim topdik. Yangi turdagi kolbasalar assortimentini aniqlashda iste’mol bozoridagi xaridorlar did-istaklari ogʻzaki soʻrovlar orqali atroflicha oʻrganildi. Ular koʻpchiligi mahsulot sifatini saqlashda va xarid qobiliyatidan kelib chiqib, kolbasalarni sotib olishda ular ogʻirligining 40 gramm boʻlishligini afzal koʻrishadi. Shuning uchun oʻrganilayotgan korxonasi marketing strategiyasini ishlab chiqishdagi muqobillashtirish masalasini echishda bu kabi holatlar hisobga olindi va hozirda ishlab chiqarilayotgan kolbasa mahsulotlari assortimenti tarkibida 40 grammli «Estonskaya», «Lyubitelskaya», yarim dudlangan kolbasalar hisobga olindi. Masala echishda korxonasi imkoniyatini oldingi darajada deb hisobladik, chunki ushbu korxonadagi oʻrnatilgan dastgohlar toʻla quvvat bilan hozirda ishlayotgani yoʻq, qolgan resurslardan ham foydalanishda hali foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlar mavjud. Ushbu muqobil variantda marketing strategiyasini amalga oshirishdagi korxonasi oladigan sof foyda miqdori 2307 ming soʻmga teng boʻladi. Ushbu miqdor amaldagi ishlab chiqarishdagidan 39 ming soʻmga (2307-22662q39) koʻp boʻlib, marketing strategiyasini amalga oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarani ifodalaydi. Olingan ma’lumotlar ushbu korxonasining «iste’molchi talabi-korxona imkoniyati-qoʻshimcha tadbirlar» marketing strategiyasi matritsasini tuzish imkonini beradi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling