Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Xujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish


Download 3.37 Mb.
bet62/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Xujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish


Hujjat - bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan voqealar, hodisalar, jarayonlar, faktlar toʻgʻrisidagiaxborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash vositasidir. Boshqacha qilib aytganda hujjat - bu narsaning nimaligini, miqdori, sifati va shu kabilarni koʻrsatuvchi rasmiylashtirilgan ish qo¨ozi, yoki kimsaning kimligini, mash¨ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qo¨ozi (pasport, guvohnoma, reyting daftarchasi va h.k.).
Hujjatlashtirish deganda biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi.
Ish yuritish - bu korxonalarning oʻz funksiya va vazifalarini bajarish davomida hujjatlar ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari majmuasidir. Bu jarayon xujjatlashtirish, ular ustida ishlash usullarini oʻz ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni boshqarishda foydalaniladigan axborotlarning eng muhim shakli- bu yozma axborot , ya’ni xujjatdir. Xujjatli axborot ishlab chiqarishni boshqarishning barcha jarayonlariga singib ketadi. Xujjatlarsiz boshqarishning bironta ham funksiyasi muvaffaqiyatli amalga oshmaydi. Barcha boshqarish xodimlari u yoki bu tarzda xujjatli axborotni qayta ishlashda band boʻladilar. Mutaxassislarning anchagina qismi (biznes rejani tuzuvchilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, statistlar, konstruktor-injenerlar, kotibalar va hokazolar) uchun esa bu ish ular mehnatining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Xujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikkita omil bilan belgilanadi.
Birinchidan, boshqaruv mehnatining umumiy xajmida ish yuritish operatsiyalarining salmo¨i katta boʻlib, 30-60 foizgacha etadi. Yirik va oʻrta korxonalarni boshqarish jarayonida minglab xilma-?il xujjatlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga oid operatsiyalarning aksariyati xujjatlashtirish yordamida boshlanadi, amalga oshiriladi, nazorat qilinadi, tartibga solinadi va nihoyasiga etkaziladi.
Ikkinchidan, ish yuritishning ahamiyati korxonaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga, tezkorlikka, boshqaruv xodimining mehnatiga, madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta’sir oʻtkazishi bilan belgilanadi.
Ish yuritish ijroni ta’sirchan nazorat qilishda muhim rol oʻynaydi. Xujjatlar yuridik ahamiyatga ham ega. Xujjatlashtirish va ish yuritishni yaxshi yoʻlga qoʻymay turib, korxonani rejali boshqarib boʻlmaydi.
Korxonalarda xilma-xil va turli-tuman xujjatladan foydalaniladi. Ularni quyidagicha turkumlash mumkin.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling