«Iqtisodiyot» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi mumkin
Download 354.08 Kb.
|
4 O.Axmedov
2.1 Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi mumkinOila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Qaror loyihasiga ko‘ra, 2022-yil 1-iyundan boshlab mahallalarda mahalla fuqarolar yig‘ini huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etiladi: ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda o‘tirib qolgan ehtiyojmand ayollarni, shuningdek, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik kabi yo‘nalishlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish; xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bilan bir qatorda mahallalarni geografik joylashuvi, aholi soni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda tegishli kasblarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatishni tashkil etib, ularning kelgusida o‘zlashtirgan kasblari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga va uni rivojlantirishga ko‘maklashish; xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ularni keng xabardor qilish maqsadida zarur ma’lumot va tavsiyalarni berib borish; xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida fitnes, sheyping kabi sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish faoliyatini ehtiyojmand xotin-qizlar uchun bepul yo‘lga qo‘yish; sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatlarini tibbiyot profilaktikasi bilan birgalikda yo‘lga qo‘yish. Hujjat bilan Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini barpo etish, markazlarga davlat granti ajratish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Belgilanishicha: Markazlarga “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini barpo etish, markazlarga davlat granti ajratish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida davlat granti ajratiladi; markazlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan barpo etiladi; markazlar mahallalar tomonidan tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Markazlar faoliyati davlat budjetidan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi orqali ajratiladigan grantlar, tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratiladigan grant mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Download 354.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling