«Iqtisodiyot» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan


Download 354.08 Kb.
bet10/11
Sana19.06.2023
Hajmi354.08 Kb.
#1610670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4 O.Axmedov

Ayollar daftari — o‘gir ahvolga tushib qolgan, maʼnaviy va psixologik ko‘makka muhtoj ayollarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘mak berish maqsadida bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borishga mo‘ljallangan maʼlumotlar bazasi
Ayollar daftariga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

  • tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

  • boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

  • ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

  • uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;

  • qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

Xotin-qizlarni tadbirkorlik yo‘nalishida shug‘ullanishi uchun 33 milliongacha kreditlar ajtatish ko‘zda tutilgan[3]. Maʼlumotlar bazasiga kiritlgan xotin-qizlar toʻliq tartibda ijtimoiy va moddiy jixatdan qo‘llab-quvvatlangandan so‘ng yoki qarorda belgilangan bandlarga asosan ushu bazadan chiqariladi.

  1. Ayol va qizlarni bandligini taminlash

Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi mumkin.


Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Qaror loyihasiga ko‘ra, 2022-yil 1-iyundan boshlab mahallalarda mahalla fuqarolar yig‘ini huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etiladi:

  • ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda o‘tirib qolgan ehtiyojmand ayollarni, shuningdek, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik kabi yo‘nalishlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

  • xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bilan bir qatorda mahallalarni geografik joylashuvi, aholi soni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda tegishli kasblarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatishni tashkil etib, ularning kelgusida o‘zlashtirgan kasblari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga va uni rivojlantirishga ko‘maklashish;

  • xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ularni keng xabardor qilish maqsadida zarur ma’lumot va tavsiyalarni berib borish;

  • xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida fitnes, sheyping kabi sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish faoliyatini ehtiyojmand xotin-qizlar uchun bepul yo‘lga qo‘yish;

  • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatlarini tibbiyot profilaktikasi bilan birgalikda yo‘lga qo‘yish.

Hujjat bilan Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini barpo etish, markazlarga davlat granti ajratish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:

  • Markazlarga “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini barpo etish, markazlarga davlat granti ajratish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida davlat granti ajratiladi;

  • markazlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan barpo etiladi;

  • markazlar mahallalar tomonidan tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Markazlar faoliyati davlat budjetidan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi orqali ajratiladigan grantlar, tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratiladigan grant mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Avvalroq O‘zbekistonda gender tenglik masalalari bo‘yicha yangi tuzilma, “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Xulosa
Xotin-qizlar qo‘mitasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yaratilgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida xotin-qizlarning habardorligini oshirish choralarini ko‘rish zarur. Joriy yilning o‘zida respublika bo‘yicha 300 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan, lekin bundan aholining habardorligi yo‘q. Uyma-uy yurish jarayonida ko‘rayapmiz ishsiz xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda tafovut katta (Bandlikda — 107 ming, uyma-uy yurishda — 170 ming). Ikkinchidan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda har yili xotin-qizlarni, xususan og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirishimiz lozim. Uchinchidan, Xotin-qizlar qo‘mitasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda yaratilgan ish o‘rinlarining haqqoniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishimiz, shuningdek, munosib mehnat sharoitlarining yaratilganligini, ish haqlarini vaqtida berilayotganligini, qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanayotganligini o‘rganishimiz zarur. Buning natijasida ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish borasida Hukumatga tegishli takliflarni kiritishimiz kerak.

Download 354.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling