«Iqtisodiyot» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan
Download 354.08 Kb.
|
4 O.Axmedov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33 million so‘mgacha
- 225 million so‘mdan ortiq
Ayollar daftari
Avvalroq O‘zbekistonda gender tenglik masalalari bo‘yicha yangi tuzilma, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab – quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash belgilangan «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Kreditlar «Ayollar daftari»ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bunda kreditlar 33 million so‘mgacha miqdorda hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratiladi. Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, ma’muriy xarajatlarni to‘lashga, jumladan, avtotransport vositasining ta’minoti, mebelь, aloqa xizmatlari to‘lovi va uyali telefon sotib olishga hamda qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga ko‘ra taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kreditlar 14% stavkada qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi. «Ayollar daftari»ga kiritilgan va o‘zini o‘zi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin. «Ayollar daftari»ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarining «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasidagi resurslar hisobidan yillik 14 foizlik stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin. Bunda kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar hisobidan 225 million so‘mdan ortiq, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin. Download 354.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling