Funksional talab – tovar sifatiga bog’liq bo’lgan talab.
Nofunktsional talab – tovar sifatiga bog’liq bo’lmagan omillarga asoslangan talab.
Ko’’chilikka qo’shilish samaradorligi – bu iste’molchi talabining o’sish samarasi bo’lib, ko’’chilik sotib oladigan tovarni umumiy qabul qilingan me’yorlarga ko’ra sotib olish.
Snoba samarasi – talabning o’zgarish samarasi bo’lib boshqalar iste’mol qilgani uchun iste’mol qilinadi.
Veblen samarasi – tovarning narxi juda yuqori bo’lganligi bilan bog’liq bo’lgan iste’mol talabining o’sish samarasi.
CHayqovchilik muhiti talabi (s’ekulyativ) – narxni kelajakda ortishining kutilishi tovarga bo’lgan talabning bugungi kunda ortishiga olib keladi (tovarni bugungi kunda iste’mol qilishdan naflik ortadi).
Noratsional talab – bu rejalashtirilmagan talab bo’lib, shaxsning hozirgi hoxishi, kayfiyati, injiqligi o’zgarishi bilan vujudga keladigan vaqtinchalik talab.
Befarqlik chizig’i – bir xil darajadagi naflik beruvchi ne’matlar miqdorlari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
O’rindosh ne’matlarning chekli almashtirish normasi (marginal rate of substitution) – umumiy naflik darajasi o’zgarmaganda iste’molchi bir birlik birinchi ne’matni qancha birlik ikkinchi ne’mat bilan almashtirishini ko’rsatadi:
Bu erda: MRS – birinchi ne’mat bilan ikkinchi ne’matni chekli almashtirish normasi;
MU1 va MU2 – mos holda birinchi va ikkinchi ne’matning chekli nafliklari.
Byudjet – iste’molchining ma’lum vaqt oralig’ida oladigan barcha daromadlari yig’indisi.
Byudjet chizig’i – byudjetni to’liq sarflash sharti bilan iste’molchi sotib oladigan tovarlar kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq. Byudjet chegara si tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Bu erda: R – daromad;
‘1,’2 – 1-2-tovarlar narxi;
X1, X2 – sotib olinadigan 1-2-tovarlar miqdori.
Byudjet chizig’ini befarqlik chizig’i bilan urinish nuqtasi iste’molchining muvozanat holatini bildiradi.
Grafikdagi ko’rinishi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |