"Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri


Download 498.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana08.01.2022
Hajmi498.31 Kb.
#238921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5190587626414935070

birinchidan,  korxona  tovar  yoki  xizmatlarini  (oldindan  to‘plangan  zaxiralarini 

talab tushib ketgan davrda sotish uchun reklama xarajatlarini qilishi kerak bo‘lardi;



ikkinchidan, korxonaning “Saxovat va ko‘mak” umumxalq xarakatidagi ishtiroki 

xaridorlar, uning aholi o‘rtasidagi obro‘si va imidjini oshiradi;



uchinchidan,  umumxalq  harakatida  qatnashish  korxonalar  o‘rtasidagi  oldingi 

shakllangan  zanjirband  iqtisodiy  aloqalarni  jonlantiradi.  Biznes  yuritish 

faollashadi.

 to‘rtinchidan,  marketing  harajatlari  tejaladi,  chunki  ular  kelgusida  jozibador 



(consumer loyalty) iste’molchilar guruhini shakllantiradi.

      Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi 

Oʻzbekistondagi  vakolatxonasi  bilan  hamkorlikda,  joriy  yilning  iyun  oyida 



24

pandemiyaning  va  davlat  tomonidan  qoʻllanilgan  profilaktik  chora-tadbirlarning 

kichik  va  oʻrta  korxonalar  faoliyatiga  boʻlgan  taʼsirini  oʻrganish  maqsadida 

soʻrovnoma oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan karantin 

tadbirlari  butun  mamlakat  iqtisodiyotiga  va  oʻz  oʻrnida,  korxonalarga  ham  taʼsir 

koʻrsatdi.  Biznes  hamjamiyatni  qoʻllab-quvvatlashga  yoʻnaltirilgan  chora-

tadbirlarga qaramasdan baʼzi bir korxonalar hanuzgacha pandemiya taʼsiri ostida 

boʻlishi mumkin.

      BMT taraqqiyot  dasturi koʻmagida  Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 

tashabbusi  bilan  oʻtkazilgan  tadqiqotda,  pandemiyaning  va  davlat  tomonidan 

qoʻllanilgan  profilaktik  chora-tadbirlarning  kichik  va  oʻrta  korxonalar  faoliyatiga 

boʻlgan taʼsirini oʻrganish maqsadida tadbirkorlar bilan intervyular oʻtkazildi.

      Tadqiqot  maqsadi  COVID-19  va  tegishli  profilaktik  chora-tadbirlarning 

korxonalar  faoliyatiga  boʻlgan  taʼsirini  oʻrganish,  shuningdek,  ushbu  davrda, 

hukumat  tomonidan  korxonalarni  qoʻllab-quvvatlashga  yoʻnaltirgan  choralarni  va 

korxonalarning  tashqi  qoʻllab-quvvatlashga  boʻlgan  ehtiyojlarini  baholashdan 

iborat.


     Soʻrovnomada  respublikaning  14  ta  viloyatidan,  18  yoshdan  79  yoshgacha 

boʻlgan,  887  nafar  biznes-menejerlar  ishtirok  etdi.  Ularning  aksariyatini  (79%) 

erkaklar  va  umumiy  respondentlar  sonining  beshdan  bir  qismini  (21%)  ayollar 

tashkil etdi.

     Tahlillar  shuni  koʻrsatdiki,  aksariyat  tashkilotlar  COVID-19  pandemiyasi  va 

karantin tadbirlari fonida, oʻz ish faoliyatini toʻxtatmagan. Ish bilan band xodimlar 

asosan  oʻz  ishlarini  davom  ettirganlar.  Ishdan  boʻshatishlar  kam  holatlarda 

kuzatilgan.




25

     Iqtisodiyot tarmoqlari orasida aholiga maishiy xizmat koʻrsatish (mehmonxona 

biznesi)  va  oziq-ovqat  sohasi  eng  koʻp  zarar  koʻrganligi  maʼlum  boʻldi. 

Xodimlarni  boshqarish  masalalarida  bu  soha  faoliyatni  ommaviy  toʻxtatib  turish, 

ishni  masofaviy  formatga  oʻtkazish,  taʼtilga  tez-tez  joʻnatish  (ayniqsa, 

toʻlanmagan)  va  ishdan  boʻshatish,  shtatda  qoladigan  xodimlar  uchun  maosh  va 

qoʻshimcha  toʻlovlarni  kamaytirish  bilan  tavsiflanadi.  Ushbu  sohadagi 

korxonalarning yarmi oʻzlarini 2-3 oydan ortiq karantinni davom ettirishga tayyor 

emas deb hisoblaydi.

      Eng kam zarar koʻrgan soha qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 

sohasi deb baholanmoqda. Ushbu sohada ishni uzluksiz davom ettirilishi va hattoki 

ish  haqi  oshirilish  holatlari  kuzatilgan.  Shu  bilan  birga,  qishloq  xoʻjaligi 

mahsulotlariga  boʻlgan  talab  bir  xil  darajada  qolgan  va  daromad  umuman 

kamaymagan.  Muammomlar  orasida  savdo  bozorlariga  kirishdagi  oʻrtacha 

qiyinchiliklar mavjudligi koʻrsatib oʻtilgan.

    Soʻrovnoma  natijalariga  koʻra  respondentlarning  aksariyati  (78%),  pandemiya 

va  u  bilan  bogʻliq  profilaktika  chora-tadbirlar  doirasida  tadbirkorlik  faoliyatni 

davom ettirmoqdamiz deb javob berishgan.

    Maʼlumot  uchun:  karantin  davrida  tadbirkorlik  faoliyatini  toʻxtatgan 

tashkilotlarning  eng  yuqori  ulushi  Toshkent  shahriga  (31%)  va  Qoraqalpogʻiston 

Respublikasiga (31%) toʻgʻri keladi.

    Pandemiya davrida faoliyatni davom ettirgan korxonalarning barcha sohalardagi 

ulushi  kamida  65%  tashkil  qilgan.  Turar  joy  va  oziq-ovqat  xizmatlari  bundan 

mustasno (30%).

     Oʻtgan  30  kun  davomida  tovarlar  va  xizmatlar  uchun  boʻlgan  talabning 

oʻzgargani  haqidagi  savolga  korxonalar  orasidagi  eng  mashhur  javob  (35%) 

talabning bir xil darajada saqlanib qolishi boʻlgan boʻlsa, talabning pasayishi 24% 

respondentlar tarafidan qayd etilgan.




26

    Maʼlumot uchun: talabning sezilarli darajada pasayishi bilan bogʻliq eng yuqori 

koʻrsatkichlar Namangan viloyati (38%), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (35%) va 

Toshkent  shahrida  (41%)  kuzatildi.  Joriy  pasayish  asosan  uy-joy  va  oziq-ovqat 

xizmatlari sohasiga (47%) toʻgʻri kelmoqda.

 

     Pandemiya davrida korxonalarning yetkazib beruvchilar bilan bogʻliq tashkiliy 

siyosatidagi  oʻzgarishlar  masalasida  respondentlarning  sezilarli  soni  (55%)  hech 

qanday  oʻzgarishni  qayd  etmagan.  Biroq  7-8%  korxonalar  yangi  taʼminotchilarni 

izlab  topganligini  va  xaridlar  hajmini  kamaytirish  boʻyicha  kelishuvlarga 

erishilganini taʼkidlashgan.

    Maʼlumot  uchun:  “oʻzgarmagan”  javobining  eng  yuqori  qiymati  saqlash  va 

transportirovka qilish sohasida kuzatildi – 68%. Turar joy va oziq-ovqat xizmatlari 

sohasida 16% korxonalar xaridlar toʻxtatilganligi haqida xabar berishgan.

    Pandemiya  bilan  bogʻliq  chora-tadbirlar  joriy  etilgandan  soʻng,  xarajatlarni 

kamaytirish  yoʻnalishida  67%  korxonalar  oʻzgarish  boʻlmagan  deb  javob  berdi. 

Respondentlarning  faqat  1%  oʻz  faoliyatini  toʻxtatgan  va  davlat  organlari 

tomonidan subsidiyalar uchun soʻrovlarni taqdim etgan.

    Maʼlumot  uchun:  xarajatlarni  kamaytirish  yoʻnalishida  oʻzgarishlar  yoʻqligi 

asosan,  qishloq  xoʻjaligi,  oʻrmon  va  baliqchilik  xoʻjaligi  (85%)  va  axborot-

kommunikatsiya  sohalari  (80%)  kichik  va  oʻrta  biznes  vakillari  tomonidan 

tanlangan.  Turar  joy  va  oziq-ovqat  xizmatlari  uchun  bu  koʻrsatkich  faqat  48% 

tashkil qilgan.

    Respondentlar umumiy sonining 59%, koronavirus bilan bogʻliq chora-tadbirlar 

joriy  etilgandan  soʻng  tashkilotning  savdo  bozorlari  bilan  shugʻullanishdagi 

faoliyati oʻzgarishi haqidagi savolga hech qanday oʻzgarish boʻlmagan deb javob 

bergan.  Biroq  7-8%  ishtirokchilar  mijozlar  bilan  mahsulot  va  xizmatlar  uchun 




27

yetkazib berish vaqtlarini kechiktirish va narxlarni pasaytirish haqida kelishuvlarga 

erishishgan.

     Kichik va oʻrta biznesning katta qismi (64%), pandemiya boshlanganidan beri 

oʻz bizneslarini rivojlantirish rejalarini oʻzgartirmagan. Korxonalarning atigi 5-6% 

biznesni  yuritishning  yangi  shakllarini  ishlab  chiqishni  hamda  tovarlar  va 

xizmatlarning yangi turlarini oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻygan.


Download 498.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling