"Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri


Karantin  vaqtida  yirik  ishlab  chiqarish  korxonalari  qanday  ishlamoqda?


Download 498.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana08.01.2022
Hajmi498.31 Kb.
#238921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5190587626414935070

Karantin  vaqtida  yirik  ishlab  chiqarish  korxonalari  qanday  ishlamoqda? 

SAFI kompaniyasi misolida ko‘ramiz

    Butun  dunyoni  tahlikaga  solayotgan  pandemiya  sharoitida  O‘zbekistondagi 

aksariyat  yirik  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  o‘z  ish  faoliyatlarini  davom 

ettirishmoqda.  Bunday  kompaniyalardan  biri  sifatli  tovuq  go‘shti  mahsulotlarini 

ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi SAFI brendidir. 

    Murakkab vaziyatda xalqimizning tovuq go‘shti mahsulotlariga bo‘lgan talabini 

qondirish  maqsadida,  korxona  rahbariyati  ishlab  chiqarish  jarayonini  davom 

ettirishga  qaror  qildi.  Buning  uchun  birinchi  navbatda  karantin  talablariga  to‘la 

rioya  etilmoqda.  Kompaniya  hududiga  kirish  postlari  standartlar  asosida 

jihozlangan  bo‘lib,  ishga  kelayotgan  har  bir  xodim  maxsus  tekshiruvlar  va 

dezinfeksiya yo‘laklaridan o‘tadi.

    Barcha sanitar-epidemiologik talablarga javob beradigan sinchkov tekshiruvdan 

o‘tmagan biror bir mashina kompaniya hududiga kirishi mumkin emas. Korxonada 

telefondan foydalanish va hujjatlar bilan ishlashning qat'iy qoida va talablari joriy 

etilgan.  Inshootlar  va  ularga  yondosh  hududlarda  kundalik  dezinfeksiya  bo‘yicha 

kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish – bu xodimlarni yuqumli kasalliklarga 

chalinish  xavfini  kamaytirishga  yordam  beradigan  muhim  sanitar-gigiyenik 

profilaktika chorasidir.




28

    Qayd  etish  lozimki,  ko‘rilayotgan  karantin  choralari  bu  faqat  korxona 

xodimlarining  koronavirusni  yuqtirish  yoki  tarqatishdan  saqlanish  bo‘yicha 

xavfsizlikni ta'minlash borasidagi ishlarini kuchaytiradi. Umuman olganda sanitar-

gigiyenik  me'yor  va  qoidalarga  amal  qilish  SAFI  kompaniyasi  ish  faoliyatining 

asosiy  tamoyillaridan  hisoblanadi.  Sanitar  talablar  bu  yerdagi  texnologik 

jarayonlarning barcha bosqichlarida bajariladi. Xodimlar hamisha shaxsiy gigiyena 

qoidalariga rioya qilishadi

 



29

Iqtisodiy inqiroz sharoitlarida islohotlar taqdiri

    Koronavirus  pandemiyasi  yuzaga  keltirgan  bugungi  iqtisodiy  inqiroz  qishloq 

xo‘jaligidagi yoki O‘zbekiston iqtisodiyotining boshqa sohalaridagi boshqaruvning 

avvalgi  ma’muriy-buyruqbozlik  usullariga  qaytish  uchun  bahona  sifatida 

foydalanilmasligi,  shuningdek  iqtisodiy  islohotlarning  so‘nggi  bir  necha  yil 

mobaynida erishilgan ijobiy natijalarini bekor qilish uchun sabab bo‘lib qolmasligi 

muhim ahamiyat kasb etadi.

    Agrar  sohada  davlatning  tartibga  soluvchi  vazifasini  kamaytirish,  bunda  bozor 

mexanizmlarini  joriy  etish,  uni  yanada  diversifikatsiya  va modernizatsiya  qilish 

hamda  mahalliy  va  horijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  borasidagi  ishlarni  davom 

ettirish zarur.

    Ushbu  choralar  mahalliy  fermerlar  va agrokorxonalarning  daromadlarining 

ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  va ularning  eksport  salohiyatini 

kengaytirish  hisobiga  o‘sishiga  olib  keladi.  Jahon  banki  yuqorida  sanab  o‘tilgan 

maqsadlarga  erishish  uchun  hukumatga  moliyaviy  va texnik  ko‘mak 

berishni davom ettiradi.

    O‘zbekiston  uchun  ushbu  murakkab  davrda  Jahon  banki  koronavirus 

pandemiyasining  aholi  salomatligi  uchun,  ularning  ijtimoiy  farovonligi  uchun, 

tadbirkorlik  va umuman  milliy  iqtisodiyot  uchun  oqibatlarini  yumshatish 

borasidagi  hukumat  sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  boshqa 

xalqaro homiylar bilan ishlashni ham davom ettiradi.

 



30

                                                  Xulosa

    Dunyodagi har bir mamlakatning sanoat quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti 

va  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  ko`rsatkichlarini  birinchi  o`rinda  yirik 

korxonalar belgilab beradi. Shu sababli “kichik” iqtisodiyotni rivojlantirish, ya`ni 

kichik  va  o`rta  korxona  hamda  mikrofirmalarga  keng  yo`l  ochib  berishda  yirik 

korxonalarning  o`rni  va  rolini  unutmaslik  darkor.  Chunki  bu  korxonalarda 

ishlovchi xodimlar soni katta bo`lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini hayotga 

tatbiq  etish,  yuqori  sifatli  mahsulot  ishlab  chiqarish,  mehnatni  rag’batlantirish 

hamda  do`stona,  sherikchilik  aloqalarini  (jumladan,  xorijiy  korxona  va  firmalar 

bilan) rivojlantirishga keng imkoniyatlar mavjud. Shu sababli yirik, o`rta va kichik 

korxonalarning  optimalligi  umumiy  ishlab  chiqarish  talablari  va  milliy 

iqtisodiyotning  rivojlanish  istiqbollaridan  kelib  chiqqan  holda  fan  va  xo`jalik 

amaliyotining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir 

tarmog’i  va  sohasida  hal  qilishning  yo`llari  o`xshash  bo`lmasligi  yoki  bir  xil 

tavsifga ega bo`lmasligi mumkin. Har bir alohida yuzaga kelgan iqtisodiy holatda 

mavjud sharoitlar va rivojlanish afzalliklariga mos holda harakat qilish zarur.

    Korxonada  yana  bir  e’tibor  qaratiladigan  narsa  bu  innovatsion  rivojlanishdir. 

Ya’nikim, hozirgi fan-texnika zamonida ishchi kuchidan ko’ra turli xil texnikalar 

ishni  o’z  vaqtida,  ham  talab  darajasida,  ham  oylik  maoshsiz  ishlab  beryapti. 

Innovatsion  faoliyat  esa  samarali  rivojlanishning  harakatlantiruvchi  kuchidir.  

Mehnat  unumdorligiga,  bozordagi  iqtisodiy  o'zgarishlarga  moslashuvchan 

munosabatda  bo'lish  qobiliyatiga  va  aniq  sharoitlarda  firma  rivojlanishining 

barqarorligiga ta'sir qiladi. Tashkilotning innovatsiya qobiliyati uning innovatsion 




31

salohiyati bilan belgilanadi. Ushbu jarayonni to'g'ri boshqarish firmaning bozorda 

aniq  afzalliklarga  ega  bo'lishini  ta'minlaydi.  Bu  esa  albatta  yuqori  foyda  olish 

uchun olib boriladigan yo’ldir. Demak xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har qanday 

sohada foyda olish uchun aholining talab darajasidan kelib chiqib ishni olib borish 

va zamon bilan hamnafas holda innovatsiyalar ustida ishlash darkor. 




Download 498.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling