Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “ iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Monopol bozorlar va ularning xususiyatlari Bajardi
O’zbekistonda monopol qonunchiligi va monopol bozorlar
Download 147.9 Kb.
|
3.O’zbekistonda monopol qonunchiligi va monopol bozorlar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestridagi korxonalar ro‘yxatini e’lon qildi.2020 yil 1 aprel holatiga tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 136 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingan. Reyestrning respublika bo‘limiga «Urgenchtransgaz» UK, «O‘zbekgidroenergo» AJ, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘ztransgaz» AJ, «Hududgazta'minot» AJ, «Maxsusenergogaz» AJ, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «O‘zbekiston pochtasi» AJ, «Tuyamuyun-Nukus mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi» DUK, «Tuyamuyun-Urgench mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi» DUK, «Damxo‘ja mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi» DUK, «Toshkent viloyati Chimgan-Chorbog‘ rekratsion hududiy mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi» DUK, «O‘zaeronavigatsiya» DUK kirgan. Reyestrning Toshkent shahri hududiy bo‘limi ro‘yxatidan «Toshisiqquvvati» DUK, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, «Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli» UK, «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» DUK, «Toshkent mexanika zavodi» AJ, «Zenit» MChJ, «Fayz» MChJ, «Toshkentdonmahsulotlari» AJ, «Toshkent issiqlik markazi» DUK, «Podemnik» AJ, «O‘zelektroapparat-Elektrosheld» MChJ, «SOUTH-WEST TERMINAL» MChJ, «ATM LOGISTIK» MChJ, «Suvsoz» DUK, «Toshkent suv ta'minoti» UK, «ROSINFORMSERVIS» ShK va «Toshkent devor panellari zavodi» MChJ joy olgan.
O‘zbekistonda yana bir monopoliya, bu safar GM Uzbekistan’dan ham yomonrog‘i paydo bo‘lyapti, deya hisoblaydi iqtisodiyot fanlari doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Nishonboy Sirojiddinov. «Aftidan, bizni yana bir «syurpriz» kutmoqda. «O‘zeltexsanoat» AK nafaqat proteksionizmni mustahkamlamoqchi, balki shunday imtiyozlarni olish va monopolist bo‘lishni xohlamoqda», - deya yozadi iqtisodchi Facebook’dagi o‘z sahifasida. Gap, katta ehtimol bilan, yaqinda ishlab chiqilgan hukumat qarori loyihasi haqida ketmoqda, u jismoniy shaxslar uchun mahsulotni bojsiz olib kirish qoidalarini kuchaytiradi. Hozirda fuqarolar O‘zbekistonga quyidagilarni to‘lovsiz olib kirish huquqiga ega: • avtomobil yo‘llari (piyodalar) o‘tkazish punkti orqali - 1 oylik interval bilan umumiy qiymati 300 dollargacha bo‘lgan bittadan maishiy texnika va oshxona idish-tovoqlari to‘plami; • temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali - 1 oylik interval bilan umumiy qiymati 1 ming AQSh dollarigacha miqdorda bittadan maishiy texnika va oshxona idish-tovoqlari to‘plami. Ushbu vaqt oralig‘ini 6 oyga oshirish rejalashtirilmoqda. Natijada, fuqarolar ushbu tovarlarni kamroq erkin olib kiradi. Olimning fikricha, «O‘zeltexsanoat» avtomobil sanoatidan ham surbetroq tarzda tayyor elektrotexnika mahsuloti importidan tushgan bojxona to‘lovlari va aksizlarning umumiy hajmidan 60 foiz miqdordagi mablag‘ni Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirishni taklif qilmoqda. «Bunday surbetlik haqida bizning «sevimli» «O‘zavtosanoat» ham o‘ylamagan edi», - deya ta'kidlaydi Sirojiddinov. «Lekin asosiy masala - bizning iqtisodiyotimiz va iste'molchilarimiz salbiy qo‘shimcha qiymatni keltirib chiqarayotgan navbatdagi shunday monopolistga bardosh bera oladimi? Bizning aholi uchun bunday ishlab chiqarish kerakmi? Agar shunday bo‘lsa, nima uchun?», - deb yozadi u. Ekspert GM Uzbekistan'ning samarasiz ishini misol sifatida keltirgan, u 2017 yilda 135,5 ming dona avtomobil ishlab chiqardi. Hisob-kitoblar sohadagi o‘rtacha ish haqi 300 dollar ekvivalentida hisobga olingan holda keltiriladi (kompaniyada ishga haq to‘lash fondi taxminan 100 million dollar ekvivalentga teng). «Misol uchun, biz ishlab chiqarmaymiz, balki yiliga o‘rtacha narxi 8 ming dollardan 120 ming dona avtomobilni import qilamiz. Erkin savdoda, ya'ni import tariflari hamda avtomobil importiga aksizlar yo‘q bo‘lgan holatda, yengil avtomobillar importidan QQSdan davlat byudjyetiga tushadigan mablag‘lar 192 million dollarni tashkil etadi. Yengil avtomobillardan tashqari, boshqa avtomobillarning importi bu miqdorni yanada oshiradi», - deydi Sirojiddinov. «Endi, yengil avtomobillar importiga 20 foiz miqdorda stavka bo‘yicha tarif joriy etamiz, natijada ularning import hajmi yiliga 120 ming dona avtomobildan 100 minggacha qisqaradi. Bunday holatda davlat byudjyetiga faqatgina yengil avtomobillar import tarifi va QQSdan tushum miqdori 352 million dollargacha oshadi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u. Natijada, olim shunday xulosaga keladi: bizning daromad kamida 252 mln dollarga ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, yengil avtomobillardan tashqari, boshqa avtomobillar ham ishlab chiqarilishi hisobga olinsa, biz shunchaki davlat byudjyetidan «O‘zavtosanoat» AK barcha xodimlariga ish haqini ular bu avtomobillarni ishlab chiqarmagani uchun to‘la hajmda kompensatsiya qilib berishimiz mumkin. Download 147.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling