Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “ iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Monopol bozorlar va ularning xususiyatlari Bajardi


Monopoliya xaqida tushincha va uning turlari


Download 147.9 Kb.
bet2/18
Sana02.01.2022
Hajmi147.9 Kb.
#199008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1.Monopoliya xaqida tushincha va uning turlari

Monopoliya (yun. Mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. Ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. Koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. Oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. M. Bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.[1]

Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi.

Monopolistik raqobat bozori oʻzining baʼzi bir xususiyatlari bilan
mukammal raqobatlashgan bozorga oʻxshaydi. Bu yerda ham harakat
qiluvchi firmalar koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda
harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishi cheklanmagan. Lekin
bu mukammal raqobatlashgan bozordan farq qiladi. Farq shundan
iboratki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot
differensiallashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir
firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti
boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, bezagi, tarkibi va sotuv markasi
obroʻyi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi
deganda bozorda sotiladigan tovarni standartlashtirilmaganligi
tushuniladi. Har bir firma oʻzining tovar markasini ishlab chiqarish
boʻyicha monopol hisoblanadi va u bozorda maʼlum darajada monopol
hokimiyatga ega boʻladi. Firmaning monopol hokimiyati uning
mahsulotining boshqa firmalar mahsulotidan qanchalik farq qilishga
bogʻliq. Masalan, tish yuvish pastalari monopol raqobat bozorida
sotiladigan «kolgeyt», «pepsodend» va «lesnoy balzam» pastalari birbiridan qadoqlanishi, bezagi, davolash xususiyatlari bilan bir-biridan
ajralib turadi. Monopol raqobat bozorga misol sifatida tish yuvish

Pastasi, kir yuvish paroshogi, xar-xil chanqov bosdi ichimliklari
bozorlarini, kiyim-kechak bozorini keltirish mumkin.
Monopolistik raqobat bozorida harakat qilayotgan firmalarning
koʻpligi ularni oʻzaro maxfiy ravishda kelishuvi mumkin emasligini
bildiradi. Har bir firma tavakkalchilikni boʻyniga olgan holda oʻzi
harakat qiladi va oʻzining narx siyosatini belgilashda boshqa
firmalarning harakatini eʼtiborga olmaydi. Boshqa raqobatlashuvchi
firmalar qanday harakat qiladi qanday narx siyosatini amalga oshiradi.
Bu kabilarni oldindan koʻra bilish amalda mumkin ham emas.
Tovarlarni differensiallashuvi nafaqat ularning sifatidagi farqlarga,
bezagiga bogʻliq, balki ularni sotishda koʻrsatiladigan hizmatlarga ham
bogʻliqdir. Isteʼmolchilarni u yoki bu tovarni tanlashiga tovarni yaxshi
qadoqlanishi, doʻkonning oʻngʻay joylashuvi va ishlash rejimi,
xaridorlarga yaxshi hizmat koʻrsatilishi sabab boʻlishi mumkin.
Yuqoridagilar kichik magazinlarga, sartaroshxonalarga, benzin quyuvchi
shoxobchalarga ham toʻliq tegishlidir.
Raqobatlashgan monopol bozor quyidagi xususiyatlari bilan
xarakterlanadi: birinchidan, firmalar differensiallashgan, bir-birini
oʻrnini bosish normasi yuqori boʻlgan, mahsulotlarini sotadi va bir-biri
bilan raqobatlashadi. (boshqacha aytganda bunday tovarlarning narxga
koʻra elastikligi yuqori, lekin cheksiz emas).
Ikkinchidan, bozorga yangi firmalarni oʻz markasi bilan kirishi va
undan faoliyat koʻrsatayotgan firmalarni chiqishi cheklanmagan. Agar
firmalarning mahsulotiga talab yetarli darajada boʻlmay qolsa ular
bozordan toʻsiqsiz chiqishi mumkin. Raqobatlashgan monopol
bozorning oʻziga xos xususiyatini poyafzal va avtomobil bozorini
taqqoslaganda koʻrish mumkin. Poyafzal bozori raqobatlashgan
monopol boʻlsa yengil avtomobil bozori oligopolik bozor sifatida
xarakterlanadi. Agar, poyafzal bozorida foyda yuqori boʻlsa, boshqafirmalar yangi poyafzal ishlab chiqarish oʻz markasi bilan bozorga kirish
uchun kerakli boʻlgan mablagʻni sarflashi ular uchun katta qiyinchilik
tugʻdirmaydi. Avtomobil bozoridagi avtomobillar ham
differensiyallashgan (yaʼni uning turlari koʻp). Lekin, bu bozorga yangi
firmalarning kirib kelishiga masshtab samarasi katta qiyinchilik
tugʻdiradi. Nima uchun deganda samarali miqdordagi avtomobillarni
ishlab chiqarish uchun juda katta mablagʻ talab qilinadi.
Uchinchidan, bozorda nisbatan katta miqdordagi firmalar faoliyat
koʻrsatadi va ularning har biri sotiladigan umumiy turdagi tovarga
boʻlgan bozor talabining maʼlum darajadagi ulushini qanoatlantiradi.
Toʻrtinchidan, firmalar oʻz mahsulotlariga narx belgilashda va
sotish hajmini aniqlashda raqiblarining aks harakatlarini eʼtiborga
olmaydilar. Masalan, biror sotuvchi oʻz mahsuloti narxini 20 % ga
tushursa uning mahsulot sotish hajmi oshadi va oshish alohida bir firma
hisobidan emas, balki koʻp firma hisobidan sotiladi, lekin bu siyosatning
boshqa bir raqib firmaning bozordagi ulushini keskin qisqartirib
yuborishi ehtimoli nihoyatda kichikdir. Shuning uchun ham raqobatchi
firmalar birinchi firmaning narx siyosatiga nisbatan biror chora
koʻrmaydi va bu siyosat kuchli taʼsir qilmaydi.
Raqobatlashgan monopolistik bozoridagi talab chizigʻi elastikligi
raqobatlashgan bozordagi talab chizigʻi elastikligidan pastroq, ammo sof
monopoliyadagi talab chizigʻi elastikligidan yuqoriroq boʻladi.
Raqobatlashgan monopolistik bozorda talab chizigʻining elastiklik
darajasi raqobatchilar soniga va mahsulotning turlari soniga bogʻliq.
Raqobatchilar va mahsulot turlari qancha koʻp boʻlsa, talab chizigʻining
elastiklik darajasi shuncha yuqori boʻladi. Monopol raqobat bozorida
ham mukammal raqobatlashgan bozor kabi firmalarning kirishi va
chiqishi cheklanmagan. Monopol raqobat bozorida harakat qilayotgan
firmalarning iqtisodiy foyda olishi, raqobatlashuvchi tovar markalari
261
bilan boshqa firmalarni bozorga kirib kelishiga sabab boʻladi, natijada
firmalarning iqtisodiy foydasi nolgacha pasayadi. Qisqa va uzoq
muddatli oraliqlarda monopol raqobatlashgan firmada muvozanat narx
va mahsulot hajmi qanday oʻrnatilishini koʻrib chiqamiz.
Quyidagi 13.1-rasmda raqobatlashgan monopol firmaning qisqa
muddatli muvozanat holati tasvirlangan. Firma mahsuloti boshqa
firmalar mahsulotidan farq qilgani uchun uning talab chizigʻi dr pastga
yotiq yoʻnalgan. Bu yerda dr firma uchun talab chizigʻidir, bozor talab
chizigʻi bundan farq qiladi.

Monopol raqobatlashgan bozorda
firmaning qisqa muddatli muvozanati

Firma foydasini maksimallashtiruvchi mahsulot ishlab chiqarish
hajmi chekli xarajat mc va chekli daromad mr chiziqlarining kesishgan
nuqtasi orqali aniqlanadi va u qsr ga teng. Muvozanat narx psr
firmaning talab chizigʻi orqali topiladi. Muvozanat narx oʻrtacha
xarajatdan katta boʻlgani uchun firma iqtisodiy foyda oladi va bu foyda
rasmda shtrixlangan toʻrtburchak orqali dasturlangan. Firmaning qisqa muddatli oraliqda oladigan iqtisodiy foydasi uzoq muddatli oraliqda
mcbozorga boshqa firmalarni kirib kelishga undaydi va ular kirib kela
boshlaydi. Boshqa tomondan firmaning oʻzi ham yanada koʻproq foyda
olish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga harakat qiladi.
Shunday qilib bozorga yangi firmalarni kirib kelishi va oʻz
markalari ostida firma mahsulotiga oʻxshash yangi mahsulotlarni ishlab
chiqarishi va taklif qilishi natijasida bozorda taklif ortadi, tovar narxi
pasayadi, mazkur firmaning bozordagi ulushi kamayib boradi. Uning
talab chizigʻi pastga qarab siljiydi (2-rasm). (agar, firmaning xarajatlari
uzoq muddatli oraliqda oʻzgarsa ac va mc chiziqlari hamda chekli
daromad mr chiziqlari ham pastga siljiydi).
Mahsulot sotish boʻyicha raqobatlashuvchi firmalarni ortib borishi
bozorda oʻrindosh tovarlar sonini ortishiga olib keladi. Bu oʻz navbatida
har firma mahsulotiga boʻlgan talabni oʻrnatilgan narxga koʻra
elastikroq boʻlishiga olib keladi. Yangi firmalarni bozorga kirib kelishi
iqtisodiy foyda olish mumkin boʻlmay qolguniga qadar davom etadi

Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.


Download 147.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling