Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “ iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Monopol bozorlar va ularning xususiyatlari Bajardi
Monopol bozorlar kelib chiqishi va ularning xususiyatlari
Download 147.9 Kb.
|
2.Monopol bozorlar kelib chiqishi va ularning xususiyatlari
Monopollashgan bozor - ozchilik sotuvchilar va haridorlar hukmron, raqobat cheklangan yoki mavjud boʻlmagan bozor. Uning monopol raqobatli, oligopolistik, sof monopoliya bozori turlari bor. Monopol raqobatli bozorda firmalar koʻp boʻlganidan ulardan har birining tovarlar sotishdagi hissasi kichik boʻladi, natijada ular bozorni cheklangan holda nazorat qiladilar. Ular yashirin kelishuv asosida oʻzaro til biriktira olmaydilar, bu bilan mazkur bozor oligopolistik bozor (guruh monopoliyasi)dan farqlanadi. Monopollashgan bozorda firmalar mustaqil boʻlganidan oʻz bozorida bir-biri bilan raqobatlashadi. Lekin raqobatning asosiy usuli narx bilan raqobatlashuv emas, balki sifat jihatidan bir-biridan farqlanuvchi mahsulot bilan bozorga chiqish hisoblanadi. Monopollashgan bozor yangi firmalarning kirib kelishi uchun ochiq hisoblanadi. Shu bois bu yerda raqobat cheklanmaydi, aksincha, kengayib turadi. Yangi firmalar kirib kelganda taklif koʻpayib, narxlar tushib ketadi, natijada zarar ham koʻtariladi. Zarar koʻrganlar bozordan chiqib ketishgach, narxlar oshadi, foyda maksimumlashadi. Bunday bozorda tovarlarni mukammallashtirish sotish hajmini oshirib, foyda miqdorini koʻpaytiradi. Raqobatda modernizatsiyadan tashqari, reklama ham keng qoʻllanadi. Monopollashgan bozorning monopollashuv darajasi amerikalik iqtisodchi a. P. Lerner (1903—1983) indeksi (l) bilan aniqlanadi:p-wm bu yerda r — narx; wm — meʼyoriy harajatlar. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha oʻzgaradi. Uning qiymati 1 ga kanchalik yaqin boʻlsa, firma monopoliyasi shu qadar kuchli hisoblanadi. Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga o‗zbekistonda sement (asosan bekobod, quvasoy, ohangaron, navoiy shaharlarida joylashgan), ko‗mir (angren shahri, surxondaryo viloyatining sariosiyo (sharg‗un) va boysun (to‗da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni, telefon aloqa kompaniyalarini misol keltirish mumkin. Mukammal raqobat va monopoliya bozorlar holatlari qanday ishlashi haqida bir necha kerakli fikrlarni tasvirlasada, iqtisoddagi koʻplab bozorlar ikkala holat elementlariga ham ega. Shunga koʻra, har biri ham toʻla tasvirlanmagan. Tipik firma iqtisodiyotda raqobatga yuz tutadi, biroq raqobat korxonani narx oluvchiga aylantiradigandek qattiqqoʻl emas. Tipik korxona, shuningdek, maʼlum darajada bozor kuchiga ega, lekin uning bozor kuchi Monopoliya modelida aniq koʻrsatilgan korxona kabi unchalik qudratli emas. Boshqacha qilib aytganda, koʻplab tarmoqlar mukammal raqobatning markaziy holati va monopoliya oʻrtasida turadi. Iqtisodchilar bu hodisani Nomukammal raqobatli bozorning bir turi bu Oligopoliya, unda bozor faqat bir necha sotuvchilarga ega va har biri boshqa sotuvchilardan unchalik farq qilmaydigan yoki oʻxshash mahsulotlarni taklif qiladi. Iqtisodchilar bozor hukmronligini statistik ataladigan konsentratsiya koeffitsiyentiga ega korxonalarning kichik guruhlari orqali oʻlchashadi. Konsentratsiya koffitsiyenti bu bozordagi umumiy mahsulot 4 ta yirik korxonalar orqali taʼminlanishidir. Lekin, baʼzi sanoatlarda, eng katta firmalar ustunroq rolni oʻynaydi. Yuqori konsentratsiyalangan sanoatlar oʻz ichiga gʻalla ekinlari (konsentratsiya koeffitsiyenti 83 %), samoliyot ishlab chiqadigan (aviasozlik korxonalari 85 %). Elektr lampochkalari 89%, uy jihozlari 90 % va sigaretlar 99% ni qamrab oladi. Ushbu tarmoqlar Oligopoliyaning eng zoʻr tasvirlangan misollaridir. Nomukammal raqobat bozorning ikkinchi turi, Monopolistik raqobat deb ataladi. Bu bozor tizimidagi koʻplab korxonalar sotayotgan mahsulotlari oʻxshash lekin bir xil emasligi orqali tasvirlanadi. Monopolistik raqobatdosh bozorda har bir korxona ishlab chiqayotgan mahsuloti uchun Monopoliyaga ega. Lekin boshqa korxonalar bir xil isteʼmolchilar uchun kurashadigan oʻxshash mahsulotlar ishlab chiqaradi. Yanada aniqroq boʻlishi uchun Monopolistik raqobat bozorini quyidagi xususiyatlarini tasvirlaydi. - Koʻp sotuvchilar: koʻplab firmalar bir xil guruhdagi xaridorlar uchun raqobatlashadi. -Mahsulot turliligi: har bir korxona boshqa korxonaga qaraganda eng kamida farq qiladigan mahsulot ishlab chiqaradi. Shunday qilib narx belgilashda, har bir korxona pastga qiyalagan talab chizigʻiga duch keladi. 258 -Erkin kirish va chiqish: Firmalar cheklovlarsiz bozorga kirishi mumkin. Shunga binoan, korxonalar soni bozorda iqtisodiy daromad nolga yetganda oʻzgaradi. Daqiqali fikrlash quyidagi xususiyatlar bilan bozorni uzun roʻyxatini ochadi: kitoblar, musiqalar, kinolar, kompyuter oʻyinlarlari, restoranlar, pianino darslari, pishiriqlar, mebel va kokozo. Download 147.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling