Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “ iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Monopol bozorlar va ularning xususiyatlari Bajardi
Download 147.9 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishning toplanishi
Tabiiy monopoliya - bozorda muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga boʻlgan talabni krndirishda rakrbatli sharoitlarni yaratish texnologik xususiyatlarga koʻra mumkin boʻlmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul boʻlmaydigan holat. Tabiiy monopoliyalar faoliyati ularning mamlakat iqtisodiyotida egallagan ahamiyatini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadi.
Tabiiy monopoliya tarkibi turli mamlakatlarda turlicha. Keyingi yillarda koʻpchilik mamlakatlarda Tabiiy monopoliyalar doirasini qisqarib borishi kuzatilmoqda. Oʻzbekistonda Tabiiy monopoliya sohalari xalqaro amaliyotga nisbatan birmuncha kengroq. Ularning shakllanishi oʻtish davrida iqtisodiyotni qayta qurish va boshqarish boʻyicha yuzaga kelgan tuzilmalar bilan bogʻliq. Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida"gi (1997 y. 25 aprel; yangi tahrirda 1999 y. 19 avg .) qonuniga muvofiq Oʻzbekistonda quyidagi sohalarda Tabiiy monopoliya subʼyektlarining faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi: neft, neft va gaz kondensata, tabiiy gaz va kumir qazib chikarish, neft, neft mahsulotlari va gazni quvurlar orqali tashish, elektr va issiklik energiyasini ishlab chiqarish. va uzatish, t.yillarda yuk va yoʻlovchilar tashish, umumiy erkin foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi xizmatlari, suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari. Portlar va aeroportlar kursatadigan xizmatlar ham Tabiiy monopoliyalar tizimiga kiritilgan. Tabiiy monopoliya sohalarida davlat iqtisodiy siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri ularni tarkibiy jihatdan qaytadan tashkil etish, yaʼni Tabiiy monopoliyalarni yanada samarali faoliyat koʻrsatishiga yordam beruvchi bozor munosabatlari iziga koʻchirish hisoblanadi. Tabiiy monopoliya subʼyektlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi nazorat qiladi Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta'minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi. Monopoliya tushunchasiga turli o'quv adabiyotlarida turlicha ta'rif beriladi.Jumladan, ba'zi o'rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo'jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi*1 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba'zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati»2, deb ta'riflanadi. Bu ta'riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki *har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.3 «Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi. Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo'lib oli- nayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo'shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya'ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba'zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi.Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendcnsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi. Download 147.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling