Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 2-kurs 22-9-iqt guruh talabasi: allamberganov boburning “
Download 74.4 Kb.
|
allamberganov bobur to\'liq 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ” mavzusidagi K U R S I SH I Ilmiy rahbar:_______________________ Xiva–2023 MUNDARIJA
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- Kurs ishining ob`ekti
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MA’MUN UNIVERSITETI “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 2-kurs 22-9-IQT guruh talabasi: ALLAMBERGANOV BOBURning “O`zbekistonning jahon bozoriga kirib borishidagi muommolar” mavzusidagi K U R S I SH I Ilmiy rahbar:_______________________ Xiva–2023 MUNDARIJA
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda bozor iqtisodimiz rivojlana borayotgan vaziyatda keyingi maqsad jahon bozoriga chiqish bo`lishi kerak. Bu uchun avvalo bir nechta qulayliklar ham bor. Masalan , yurtimizning qulay geografik hududda joylashganligi va boshqa davlatlar bilan yaxshi munosabatlar olib borishi hamdir.shu sababdan yurtimiz jahon savdo tashilotiga kirishga urunmoqda. Bu bizga nima beradi?Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish qabul qilingan jahon savdo qonunchiligiga rioya qilish majburiyatini bildiradi va mamlakat tashqi bozorlarda foyda olishini ta’minlashga yordam beradi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va ichki investitsiyalarni yanada jozibador qiladigan yaxshi siyosat va yaxshi boshqaruvga sodiqlikdan dalolat beradi. Har qanday davlat yoki bojxona hududi JSTga a’zo bo‘lishda mavjud a’zo davlatlar bilan a’zolik shartlarini kelishib olishlari zarur. Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, uzoq tanaffusdan so‘ng O’zbekiston 2019 yilda JSTga qo‘shilish jarayonini qayta boshladi. Joriy yilning mart oyida Jenevada ushbu jarayon bo‘yicha ishchi guruhning oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Ishchi guruh tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar natijalarini ko‘rib chiqdi. O’zbekiston qonunchiligidagi o‘zgarishlarni baholadi va ushbu qo‘shilish jarayonidagi keyingi qadamlarni tahlil qildi. Kurs ishining ob`ekti: Jahon bozorida O`zbekistonning o`rnini aniqlash, unga munosib kirish va munosib o`rinni egallash. Kurs ishining maqsad va vazifalari: Avvalo kurs ishining maqsadi jahon bozorida qanday sharoitlar bo`layotgani, unda yurtimizning qo`shilib ketish vazifalarini aniqlab olish zarur.Jarayonda arizachi va alohida davlatlar o‘rtasida parallel ikki tomonlama muzokaralar juda muhim. Chunki har bir davlat turli xil savdo manfaatlariga ega. Muzokaralar jarayonida tarif stavkalari va bozorga kirishning o‘ziga xos majburiyatlari hamda tovarlar va xizmatlar sohasi muhokama qilinadi. Muzokaralar vaqt talab etadi. Chunki JST a’zolari O’zbekistondan ma’lum sektorlarga yoki alohida ishlab chiqaruvchilarga yordam berish uchun qo‘llanadigan ko‘p lab choralarni bekor qilishni kutishadi. Shu bilan birga, O’zbekiston o‘zining milliy manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan JST qoidalari va kodekslaridan ozod qilinishi bo‘yicha muzokaralar olib borish imkoniyatidan foydalanadi. Bu a’zolik isloh qilingan iqtisodiyotga foyda keltirishi inobatga olinsa, muzokaralar jarayonida maqbul yechimlarga erishiladi.O’zbekiston barcha masalalarni o‘zaro tushunish va hurmat ruhida muhokama qilish uchun ochiq, konstruktiv muloqot taklif qilib kelayotgani muzokaralarda alohida e’tirof etilyapti. A’zo davlatlar davlatimizning bu tashkilotga a’zo bo‘lishi uchun ustuvor ahamiyat berish va bu jarayonni tezlashtirish bo‘yicha majburiyatini yuqori baholamoqda. Shu bilan birga, ular a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarda aniq muddatlarga emas, balki mazmun-mohiyatga e’tibor qaratishni ma’qullamoqdalar. Xulosa qilib aytganda, tashqi savdoda tayyor mahsulot eksportini ko‘paytirish orqali mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirish va xalqimiz turmush farovonligini yaxshilashda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yanada keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Dunyoning boshqa davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni yanada yaxshilash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonini tezlashtirishga turtki beradi. Davlat mustaqilligiga erishilgach O‘zbekiston oldida jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishdek qiyin jarayon boshlandi. O‘nlab yillar mobaynida iqtisodiy siyosatda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar xalq xo‘jaligi tarkibida chuqur nomutanosibliklarga olib kelgan edi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sishi deyarli faqat respublikaning resurs imkoniyatlariga mo‘ljallangan bo‘lib, iqtisodiy taraqqiyot muvozanatsiz va nokompleks tarzda kechgan, ijtimoiy omillar e‘tiborga olinmagan, noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarining moddiy-texnika bazasi past darajada qolib ketgan edi. Rivojlanishning bunday yo‘li oqibatida respublikada iste‘mol qilinadigan mahsulotlarning chorak qismidan ko‘prog‘i, shu jumladan, ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar jami hajmining 2/5 qismi boshqa mamlakatlardan keltirilgan va import qilingan. Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistondan chetga chiqariladigan mahsulotlarning 80% dan ko‘prog‘ini xom ashyo – paxta va yarim tayyor mahsulotlar tashkil etardi. Umuman olganda O‘zbekistonning respublikalararo eksporti yalpi milliy mahsulotning deyarli arzimas qismini, tashqi eksportning solishtirma hissasi esa 5% dan kamroqni tashkil etardi. Tovar ayirboshlashning bunday strukturasi va respublikalararo hamda tashqi eksportning foiz nisbati respublika moliya balansi, valyuta resurslari va davlat byudjetida surunkali taqchillikni vujudga keltirgan edi. Shu sababli tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida korxonalarning vazifalarini tubdan o‘zgartirish, xo‘jalikni tashqi bozorga yo‘naltirish respublikadagi ahvolni barqarorlashtirishni ta‘minlash maqsadida Prezidentimiz tomonlaridan zarur chora tadbirlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining mustaqil rivojlanish yo‘lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni izchil amalgam oshirishga kirishdi. Bu jarayonda qisqa davr mobaynida shunday rivojlanish yo‘li uchun poydevor yaratildi. Bunga ko‘ra Respublikamiz Prezidenti tomonidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyili taklif qilindi. Taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; 2. Davlat bosh islohotchi; 3. Qonun ustuvorligi; 4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o‘tish. Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, ‘…ayni paytda biz o‘z vaqtida tanlab olgan iqtisodiy taraqqiyot modelining naqadar to‘g‘ri ekanini va amalda o‘zini to‘la oqlaganini hayotning o‘zi yana va yana tasdiqlab bermoqda’1. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur‘atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatiga o‘z mahsulotlarini eksport qiladi. Bu kabi ko‘rsatkichlarga erishish uchun Prezidentimiz tomonidan tegishli qaror va Farmonlar qabul qilindi. Jahon bozoridagi talablar Bugungi kunda universitetda tahsil olayotgan bo‘lsam-da mamlakatimiz ertasi, iqtisodiyoti rivoji uchun hissa qo‘shishga, buning uchun nima qilishimiz zarurligi haqida aniq takliflar bildirish, mushohada yuritishga qiziqaman. Zero, Prezidentimiz biz, yoshlardan yurtimiz istiqboli uchun befarq bo‘lmaslikni talab qilmoqda. Shu bois bu borada o‘z fikrlarimni bildirmoqchiman. Davlatimiz rahbari 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga murojaatnomasida 2019 yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foizga ko‘p investitsiya jalb etilishini bildirdi. O'zbekiston Respublikasi qonuni. Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to'g'risida. 1999 yil 14 aprel. - T.: “Adolat”, 2020. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya miqdori o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkazilishi natijasida 142 ta zamonaviy korxona ishga tushirilishini e’lon qildi. Download 74.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling