Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 2-kurs 22-9-iqt guruh talabasi: allamberganov boburning “


Jahon bozoriga chiqish uchun zaruriy talablar haqida


Download 74.4 Kb.
bet5/6
Sana11.11.2023
Hajmi74.4 Kb.
#1766003
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
allamberganov bobur to\'liq 1

3.Jahon bozoriga chiqish uchun zaruriy talablar haqida
“Sifat” markazi 10-yildan ziyod vaqt mobaynida o‘tkazayotgan HVI tizimlaridagi sinovlarni aniqlik darajasini baholash maqsadida Germaniyaning Bremen paxta uyushmasi hamda Amerikadagi Xalqaro paxta bo‘yicha maslahat qo‘mitasi bilan birgalikda yuzdan ortiq mamlakat ishtirokidagi Xalqaro instrumental solishtiruv test sinovlarida muntazam ishtirok etib kelayotgani ham e’tiborga loyiq. Negaki, bu jarayonda o‘zbek paxtasi sifatini baholashda jahon bozorida qabul qilingan standartlarga to‘liq rioya qilinishi ta’minlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin‖1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Respublikamizda tashqi iqtisodiy aloqalar bevosita O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan kuzatib boriladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tarkibini takomillashtirish va erkinlashtirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Ushbu islohotlarni bir necha bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin. Tahlillar ko‘rsatishicha, islohotlarning dastlabki bosqichida tashqi savdoni tartibga solishning institutsional va huquqiy bazasi yaratilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda tashqi savdoni tartibga solishning xalqaro amaliyotiga mos keladigan dastaklari joriy qilindi, eksportga yo‘naltirilgan tashqi savdo siyosati olib borildi, tashqi savdoni bosqichma – bosqich erkinlashtirish natijasida milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyalashuviga erishildi. Bu o‘z navbatida eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantirish omili bo‘ldi.
Hozirgi kunda Prezidentimiz tashabbuslari bilan eksport qiluvchi korxonalar uchun quyidagi imtiyozlar yaratilgan:
O’zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq eksport qiluvchi korxonalarga quyidagi soliq imtiyozlar va afzalliklar taqdim etiladi:

    • qo’shimcha qiymat solig’iga

    • aksiz solig’iga

    • foyda solig’iga

    • mulk solig’iga

    • qo’shimcha qiymat solig’iga bo’lgan imtiyozlar

O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 212-moddasiga asosan tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi, ya‘ni eksport qilishga mo’ljallangan tovarlar ishlab chiqarish jarayonida moddiy manba uchun qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilinadi.
Aksiz solig„iga bo„lgan imtiyozlar:
Aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig’i solinmaydi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno (O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 230-modda).
Paxta tolasining sinovlari, uning to‘lov tizimi, nav tarkibini yaxshilash va paxta tozalash sanoatining samaradorligini oshirishga oid islohotlar o‘zbek paxtasining iste’mol talablari yuqori bo‘lishiga zamin yaratmoqda. “Sifat” markazi o‘z ish faoliyati davomida tolaning sifatini baholash mezonlari va usullarini doimiy takomillashtirib, qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan tola sifatini oshirish tadbirlarini qo‘llash hamda tashqi savdo kompaniyalarining ish yuritish uslublarini joriy etish tufayli mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Shubhasiz, bunda xalqaro paxta yarmarkasi muhim bozor mexanizmi vazifasini o‘tamoqda. Pirovardida u o‘zbek paxtasini eksport qilish borasida mamlakatimiz va hamkorlarning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan yangi, samarali vositalarni rivojlantirishga, istiqbolda yanada ishonchli, barqaror iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish uchun mustahkam asos yaratishga xizmat qilmoqda.


XULOSA
Markaz Xalqaro paxta uyushmasi (Buyuk Britaniya), Bremen paxta uyushmasi (Germaniya), Gdin paxta uyushmasi (Polsha), Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi kabi tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. 2009-yilda “Sifat” markazi “Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining Paxtani standartlash va instrumental sinash komissiyasining (CSITC) Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy texnik markazi” maqomini oldi.
So‘nggi yillarda olimlarimiz yaratgan bir qator ertapishar, serhosil, tola chiqishi yuqori bo‘lgan yangi navlar davlat reyestriga kiritildi. Hozir fermerlarimiz seleksionerlar taklif etayotgan navlar orasidan bozorda talab yuqori bo‘lganlarini tanlab olish imkoniyatiga ega. Jahon andozalariga javob beradigan “Buxoro-6”, “S-6524”, “An-Boyovut-2”, “Namangan-77”, “Buxoro-8”, “Oqdaryo-6”, “Mehnat”, “Omad”, “Xorazm-127” kabi yurtimizning tuproq-iqlim sharoitiga mos seleksiya navlari dunyo miqyosida juda xaridorgir.
Seleksionerlarimizning iste’molchilarga ma’qul keladigan navlarni yaratishi, hududlarga mos navlar ekishni qat’iy nazorat qilish, fermerlarga amaliy yordam ko‘rsatish, paxta tozalash sanoatini modernizatsiya qilish, shuningdek, tolani tasniflashning zamonaviy tizimi uning yuqori sifatini kafolatlab, yuksak darajada raqobatbardoshligini ta’minlamoqda.
Asosiysi, raqobatbardosh mahsulot turlarini ko‘paytirish orqali jahon bozoriga chiqish va mustahkam o‘rin egallash imkoniyatlari ortadi.
Shu bois mamlakatimizda yuqori texnologiyaga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ishlab turgan qishloq xo‘jalik korxonalari quvvatlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni yangilash jarayonlarini jadallashtirish zarur



Download 74.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling