Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 2-kurs 22-9-iqt guruh talabasi: allamberganov boburning “


Bugunki kunda yurtimizdagi bozor islohotlari


Download 74.4 Kb.
bet4/6
Sana11.11.2023
Hajmi74.4 Kb.
#1766003
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
allamberganov bobur to\'liq 1

Bugunki kunda yurtimizdagi bozor islohotlari

Jahon bozorining holati, konyunkturasi va u bilan bog‘liq narxlar xalqaro savdo qatnashchilarining doimiy diqqat markazida bo‘ladi. Keng ma‘noda konyunktura deganda muayyan davriy va geografik miqyosda qator omillar ta‘sirida vujudga keladigan bozorning aniq holati tushuniladi. Konyunkturaga ta‘sir qiluvchi omillar, narxlar darajasi, ularning o‘tgan davrda, hozirda va kelajakda o‘zgarish dinamikasiga asoslangan jahon bozori konyunkturasining rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash uchun murakkab tahliliy va istiqbolli tadqiqotlar amalgam oshiriladi.
Jahon bozori konyunkturasi turli darajalarda farqlanadi:

  •  umumiqtisodiy konyunktura (mamlakatlar iqtisodiyoti yoki jahon xo‘jaligi);

  •  jahon bozorining alohida segmentlari va tarmoq konyunkturasi;

  •  ayrim mahsulot va xizmatlar konyunkturasi (u yoki bu Tovar Tovar va xizmatlarning milliy yoki jahon bozori);

Vaqt mezonlari bo‘yicha jahon bozori konyunkturasi uchga bo‘linadi:

Jahon tovarlar bozorini tizimlashtirish uchun turki xalqaro guruhlashlardan foydalanish mumkin. Bu guruhlash tarkibida BMTning xalqaro tarmoqlar guruhlashlari muhim o‘rin egallaydi. Statistik maqsadlarda bu tasniflagichda mashina va asbob – uskunalar, xomashyo va yoqilg‘i, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlari ajratib ko‘rsatiladi.

Jahon bozori konyunkturasini shakllantiruvchi omillar



  • Doimiy va o‘zgaruvchan

  • Siklik va nosiklik

  • Bozor rivojlanishini rag‘batlantiruvchi va cheklovchi

  • Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli ta‘sirga ega bo‘lgan

  • Iqtisodiy;

  • Ilmiy – texnik;

  • Siyosiy;

  • Ijtimoiy.


Jahondagi har bir davlat o‘z hududida proteksionizm siyosatini qo‘llagan holda jahon bozorida qatnashadi. Mamlakatimizda ichki bozorni himoyalash maqsadida joriy etilgan odilona bojxona siyosati orqali O‘zbekiston ham bevosita Jahon bozorida ishtirok etmoqda. Respublikamiz jahon bozorida yuqorida aytib o‘tilgan eksport mahsulotlari bilan qatnashadi. O‘zbekiston Jahon bozorida faqatgina ekport opertsiyalarini emas balki mamlakat uchun zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy mahsulotlarini sotib olish maqsadida import operatsiyalarini ham amalgam oshiradi.


Yurtimizda HVI tizimlarida paxtaning sifatini aniqlash usuli qo‘llanilayotgani bejiz emas. Zero, u seleksioner olimlarga sanoatchilar talabiga mos navlarni yetishtirishga yordam berib, pirovardida o‘zbek paxtasining sifatini yaxshilash va uning raqobatbardoshligini oshirishda qo‘l keladi. Shu bois “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini 2013-2017-yillar davomida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, 35 yarim avtomatli Uster HVI 900 SA tizimi o‘rniga texnik tasniflari takomillashtirilgan, unumdorligi yuqori bo‘lgan 18 avtomatlashtirilgan Uster HVI 1000 tizimi bosqichma-bosqich o‘rnatilishi rejalashtirilgan.


Hozirgi kunda “Sifat” markazida g‘o‘za navlari va yetishtirilgan paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilinayotgani va shu asosda agrotexnik tadbirlarni yaxshilash, yangi navlarni rayonlashtirish va HVI tizimlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilayotgani natijasida to‘qimachilik sanoati uchun maqbul bo‘lgan 4 tipdagi tolaning miqdori oshib bormoqda2
Quvonarlisi, o‘tgan yili “Oliy” va “Yaxshi” sinflarining umumiy ulushi 84 foizga yetdi. Tolaning uzunligi bo‘yicha 4 tipga mansub tolalarning umumiy
hajmi 2012-2013-yillar hosili bo‘yicha 77,6 foizdan 80,8 foizgacha ortdi.



Download 74.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling