Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 2-kurs 22-9-iqt guruh talabasi: allamberganov boburning “


Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi


Download 74.4 Kb.
bet3/6
Sana11.11.2023
Hajmi74.4 Kb.
#1766003
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
allamberganov bobur to\'liq 1

Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi. Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat bo’yicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi.

Buning uchun ishlab chiqarish jarayonini zamonaviylashtirib, ilg‘or texnologiya malakali ishchi kuchi jalb etgan holda, avvalo, mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, importni qisqartirish va asosiysi, mamlakat eksport salohiyatini oshirish orqali jahon iqtisodiyotiga yaqinlashishtirish imkoniyatini yaratadi. Birgina qishloq xo‘jaligini oladigan bo‘lsak, bu sohada keng imkoniyatlarimiz bo‘lsa-da, imptort tovarlar qatorida oziq-ovqat mahsulotlari ham katta salmoqni tashkil etadi. Shu bois mamlakatimizda yetishtirilgan paxtani qayta ishlashni 52 foizga yetkazish maqsadida 48 ta paxta to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmoqda. Shu bilan birga g‘alla va meva-sabzavotchilik klasterlari rivojlantirilyapti. Bu, avvalo, importni kamaytirish va xorijga mahsulot sotishni ko‘paytirish bilan birga ahorli bandligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.




  1. Bugunki kunda yurtimizdagi bozor islohotlari

Mamlakatimizga kiritilayotgan investitsiyalar asosan mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, yuqori texnologiyaga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarga yo‘naltirilayotgani ham ahamiyatli. Bu usul dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlari tajribasida sinovdan o‘tgan va muvaffaqiyat keltirgan. Asosiysi, raqobatbardosh mahsulot turlarini ko‘paytirish orqali jahon bozoriga chiqish va mustahkam o‘rin egallash imkoniyatlari ortadi.
Xalqaro savdoning tovar tarkibi

  • Xomashyo tovarlari – qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik va ov mahsulotlari, qayta ishlash uchun katta sarf xarajat talab etmaydigan qazilma boyliklar;

  • Yarimtayyor mahsulot – yakunlovchi qayta ishlashni talab etadigan mahsulotlar;

  • Tayyor mahsulotlar – oxirigacha tayyor mahsulotlar;

  • Qisqa muddatda foydalanuvchi tayyor sanoat mahsulotlari – 1 yil va undan qisqa davrda ishlatiladigan tovarlar;

  • Uzoq muddatda ishlatiladigan tovarlar – 1 yildan uzoq ishlatiladigan tovarlar;

  • Qisqa muddatdaishlatiladigan iste‟mol tovarlari(nooziq – ovqat) – 1 yil va undan qisqa davrda ishlatiladigan tovarlar;

  • O‟rta muddatda iste‟mol qilinadigan tovarlar – nisbatan kichik qiymatga ega bo‘lgan 1 yildan 3 yilgacha ishlatish muddatiga ega tovarlar;

  • Uzoq muddatli ishlatiladigan tovarlar – 3 yildan oshiq muddatlarda ishlatish muddatiga ega tovarlar hamda katta qiymatga ega bo‘lgan, 1 yildan 3 yilgacha ishlatish muddatiga ega tovarlar.

Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sug’urta kompaniyalaridan iborat bo‘lgan o’z infratuzilmasiga ega. Jahon bozorida to’lovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini o’tovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, Maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va Yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va boshqalar. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki ko’p tomonlama birjadan tashqari bitimlar yo’nalishlarida boradi.
Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashkiloti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga a’zo bo’lganlar o’zlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar.
Jahon bozorida investitsiya harakati ham yuz beradi, bu chet elda yangi korxonalarni qurish, eski korxonalarni sotib olish yoki o’ziga birlashtirish shakllariga ega. Bu ishni asosan transmilliy xalqaro korporatsiyalar olib boradi. Jahon bozorining ulkan salohiyati milliy bozorlarga juda katta ta’sir o’tkazadi, bu ta’sir mamlakatlarning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Jahon bozori sig’imi jami mamlakatlar bozor talabining import hisobiga qondiriladigan qismlari yig’indisiga teng .
Jahon bozorida sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtiroki ustunlik qiladi va ular tayyor mahsulot bilan (jahon tovar eksportining 70% dan ko’prog’i) qatnashadilar, rivojlanayotgan mamlakatlar asosan xom ashyo va ishchi kuchi eksporti bilan ishtirok etadilar.
O’zbekiston Jahon bozorida xom ashyo, energiya, rangli metall va boshqa mahsulotlar eksporti bilan qatnashadi, aksariyat texnologiya, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlarini import qiladi.
Jahon bozorini tizimli yondashuv asosida tahlil qilganda uning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • jahon bozorining shakllanishiga makroiqtisodiy subyektlarning samarali xalqaro ayirboshlashni amalgam oshirish maqsadida milly chegaralardan chiqishlari sabab bo‘lgan;

  • tovarlar, xizmatlar va sihlab chiqarish omillarining xalqaro harakati jahon bozori konyunkturasida o‘z aksini topadi;

  • jahon bozori ishlab chiqarish omillarining samaradorligi yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirish orqali ulardan foydalanishni optimallashtiradi;

  • jahon bozori mahsulotlar bo‘yicha o‘ziga xos filtr vazifasini bajarib, xalqaro sifat andozalari va xalqaro raqobatning qat‘iy talablariga mos kelmagan mahsulotlarni xalqaro ayirboshlashdan chiqarib yuboradi.

Ammo xalqaro savdoda har qanday mahsulot ham ishtirok eta olmaydi. Ya‘ni mahsulotlarni ikki guruhga: savdo qilinadigan va savdo qilinmaydigan mahsulotlarga bo‘lish mumkin. Savdo qilinadigan mahsulotlar deganda xorijiy bozorlarda ayirboshlanadigan raqobatdosh mahsulotlar tushuniladi va aksincha, savdo qilinmaydigan mahsulolar deganda ishlab chiqariladigan mamlakat bozorida sotilib, xalqaro ayirboshlashda ishtirok etmaydigan mahsulotlar tushuniladi.
Shu bois mamlakatimizda yuqori texnologiyaga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ishlab turgan qishloq xo‘jalik korxonalari quvvatlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni yangilash jarayonlarini jadallashtirish zarur1
Har qanday xaridorni birinchi galda mahsulot sifati qiziqtiradi. Mamlakatimizda paxta tolasini eng ilg‘or xalqaro standartlar asosida sertifikatlash bilan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilardan mustaqil bo‘lgan, Yevropa va Amerikadagi yetakchi paxta uyushmalari a’zosi – “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi shug‘ullanadi. Har bir viloyatda uning bo‘limlari mavjud. Mingdan ziyod mutaxassis faoliyat yuritayotgan, yuqori likvidligi bilan ajralib turuvchi tolamiz sifatini kafolatlovchi mazkur markazning milliy ma’lumotlar bazasida yurtimizda yetishtiriladigan barcha paxta navlari, paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan tola va momiqqa oid sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar jamlangan. Har bir hududda yetishtirilgan paxta tolasi sifat ko‘rsatkichlari va og‘irligi bo‘yicha “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining hududiy laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazilib, nazorat qilib boriladi. O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi har tomonlama aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo’jaligi ko’p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.
Mamlakatimizda paxta tolasini sertifikatlash va sinovdan o‘tkazishda eng zamonaviy uskuna – HVI tizimlaridan foydalanilmoqda, – deydi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktori Hakimjon Umarxo‘jayev. – Bir kunda mingtagacha namuna olish imkonini beradigan ushbu tizim tolaning uzunligi, pishiqligi, rangi, sifati, mikroneyri, kalta tola miqdori kabi ko‘rsatkichlarni aniqlab beradi. Sinov natijalariga asosan tola to‘dalariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilib, u ishlab chiqaruvchi korxonaga taqdim qilinadi.




  1. Download 74.4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling