Iqtisodiyot nazariyasi predmeti Metodologiya Tahlil uslublari


mexanizmni yuzaga keltiradiki, bu iqtisodiy vositalardan


Download 84.75 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi84.75 Kb.
#1585723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mustaqil ish

mexanizmni yuzaga keltiradiki, bu iqtisodiy vositalardan iborat
bo'lib, bular kishilarni rag'batlantirishda va iqtisodiyotni tartiblab
turishda qo'llanadi.
Iqtisodiy mexanizm iqtisodiyotning tabiatiga mos bo'ladi, bu
mehnatga zo'rlash va mehnatning rag'bat-mexanizmidan iborat
bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti tabiatiga mos ravishda bozor mexanizmi
bo'ladiki, bu iqtisodiy rag'batlantirishga qaratiladi. Nazariyada
iqtisodiy mexanizm va uning qanday amal qilishi ham o'rganiladi.

  1. Metodologiya

Metodologiya — bu fan predmetini o'rganishga qanday ilmiy tamoyillar
asosida yondashilishini bildiradi. Iqtisodiyot nazariyasida
kishilarning xo'jalik faoliyati tizimli yondashuv asosida o'rganiladi.
Bunda yaxlit iqtisodiyot turli bloklarga — qismlarga ajratilib, har biri
alohida o'rganiladi, ulardan har biriga xos bo'lgan xususiyatlar
aniqlanadi. Masalan, yaxlit bozor resurslar bozori, iste’mol tovarlari
bozori va moliya bozorlariga ajratilib o'rganiladi. Ajratilgan bloklar
tashkil etilgach, ular faoliyatining shart-sharoiti va belgilari, ular
qanday funksiyani bajarishi aniqlanadi. Iqtisodiyotning turli jihatlari
tahlilidan so'ng ular birgalikda qaraladi, turli bloklar majmuidan
iborat iqtisodiyot yaxlitlikda nima ekanligi, u qanday rivojlanishi
ko‘rsatiladi. Yana bo/or misoliga qaytsak, uning har bir blokining
funksiyalari o'rganilgach, ular birgalikda yagona bozor sifatida
qaraladi va bozorning umumiy funksiyalari ta ’riflanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida qo'llanadigan yana bir metodologik
yondashuv bu iqtisodiyotni sof holda emas, boshqa, ya’ni g'ayriiqtisodiy
omillar ta'sirini hisobga olgan holda o'rganishdir. Iqtisodiyot
birlamchi bo'lgani holda siyosiy, ijtimoiy, milliy demografik va
hatto ruhiy-axloqiy omillar ta ’siriga beriladi. Boshqa sohalardagi
o'zgarishlar iqtisodiyotda ham o'z aksini topadi. Jamiyatda to'sto'polon
bo'lib, siyosiy beqarorlik yuzaga kelsa, bu iqtisodiyotning
rivojiga putur yetkazadi, chunki kishilar vahimaga tushib ishdan
soviy boshlaydilar. Milliy nizolar ham shunday salbiy oqibatlarga
olib keladi. Kishilarda ruhiy ko'tarinkilik bo'lsa, ular iqtisodiy faol
bo'ladilar. Aksincha, ruhiy tushkunlik ularda befarqlik hosil qiladi,
faoilikni so'ndiradi.
Iqtisodiyot nazariyasining yana bir metodologik tamoyili — bu

Download 84.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling