Iqtisodiyot nazaryasi asoslari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari
Download 58.87 Kb.
|
Ин 1-ОН САВОЛЛАРИ
Engel qonuni — bir mamlakat miqyosida daromad bilan isteʼmol oʻrtasidagi aloqadorlikni tavsiflaydigan qonun. Nemis iqtisodchisi va stastistigi Ernst Engel (1821 — 1896) tomonidan ifodalab berilgan. K°nunning asosiy gʻoyasi milliy daromadning oziqovqat mahsulotlari uchun sarflangan hissasi farvonlikning bevosita indikatori ekanligini koʻrsatishdan iborat. Bu hissaning past boʻlishi farovonlikning yuqori ekanligini ko'rsatadi. Oilaning daromadi oʻsishi bilan oziq-ovqatga qilinadigan xarajatlar salmogʻi pasayadi, kiyimkechak, uyjoy, kommunal xizmatlar xarajatlari nisbatan kam oʻzgaradi, madaniy extiyojlarni qondirish xarajatlari hissasi esa ortadi. Daromad bilan isteʼmol oʻrtasidagi teskari proporsionallikni ifodalashda Engel egri chizigʻi qoʻllaniladi.
22.Talabning narxga bog‘liq elastikligi 23. Talabning daromadga bog‘liq elastikligi Elastiklik - bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchi ta’siri ostida o‘zgarishini o‘lchaydigan o‘lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o‘zgaruvchining bir foizga o‘zgarishini natijasida boshqa bir o‘zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o‘zgarishini ko‘rsatadigan sondir. 24. Talabning chorraxaviy elastikligi. 25.Talab elastikligiga ta’sir etuvchi omillar. 26.Taklif elastikligi va uni grafikda ifodalanishi. 27.Elastiklik tushunchasi va uni iqtisodiyot fanida qo‘llanishining o‘ziga xosligi. 28. Iste’molchi afzal ko‘rishi va naflilik. ste′molchining eng yaxshi iste′mol ne′matlar majmuini tanlashini, ne′matlar turi ikkita bo`lgan hol uchun qaraymiz. Umuman olganda bu tahlilni keskin darajada cheklamaydi. Haqiqatdan ham iste′molchi tanlovini berilgan ne′mat bilan boshqa qolgan barcha ne′matlar o`rtasida qarasak ham bo`ladi. Ikkita ne′mat uchun naflilik funksiyasi quyidagi ko`rinishga ega. 29.Naflilikni o‘lchash. Miqdoriy va tartibli naflilik nazariyalari. Narxning tovar nafliligiga monand oshib borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish meʼyorining ham eng oxirgi chegarasi boʻladi. Shu chegaradan oʻtgach, tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan soʻng, xarid etilgan va isteʼmol qilingan tovar nafligi pasayadi. Chunki, xarid narxining cheklanganligi tufayli xaridor oʻz qoʻlidagi puliga yuksak qoniqish hosil qiladigan tovarlarni oladi. Bu N.ning yuqori nuqtasi (maksimizatsiyasi) deyiladi. Bozor sharoitida isteʼmol tanlovining asosiy chegaralari tovarning narxi va isteʼmolchining daromadi hisoblanadi. Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi, balki N.ning mazkur tovar narxi bilan nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday nisbat chamalangan (hisobga olingan) meʼyoriy N. deyiladi. Jamiyat rivojlanishida moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning N. juda muhim masala boʻlganidan iqtisodiy tafakkur tarixida obyektiv va subyektiv nuqtai nazarlarda turadigan bir qancha N. nazariyalari paydo boʻldi. N. muammosiga siyosiy iqtisoddagi avstriya maktabi vakillari E. Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger, shuningdek, G.Gossen va boshqa katta eʼtibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar neʼmatlarni N.ga ega boʻlgani uchungina qadrlaydilar, isteʼmolchi nazarida qadrli boʻlgan narsagina qadr-qimmatga egadir. Kishilar muayyan tovarlarni qadrlaganlarida uning faqat obyektiv N.ni yoki subyektiv N.ni (uni isteʼmol etishdan olinadigan qoniqishni, nafni) hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy mehnatning mujassam ekanligini, yaʼni muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini ham hisobga oladilar, tovarni obyektiv N. va ijtimoiy qiymat birligidan iborat mahsulot sifatida kadrlaydilar. Neʼmatning suʼyektiv qadr-qimmati uning obyektiv qadr-qimmatining, obyektiv N.i va ijtimoiy qiymati birligining insoniy ehtiyoj, farovonlik nuqtai nazaridan qadrlanadigan subyektiv ahamiyatidir (yana qarang Meʼyoriy naflilik nazariyasi). 30. Gossenning birinchi va ikkinchi qonunlari. U marginal foydaning kamayib borishi qonuni sifatida tanilgan. Unda aytilishicha, jismoniy shaxs bir nechta mahsulotni iste'mol qilganda, umumiy foyda kamayib boruvchi stavkada ko'payadi. Biroq, ma'lum bir bosqichdan so'ng, umumiy foyda ham kamayishni boshlaydi va marginal foyda salbiy bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, shaxs endi mahsulotga muhtoj emas. Download 58.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling