Iqtisodiyot nazaryasi asoslari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari
Download 58.87 Kb.
|
Ин 1-ОН САВОЛЛАРИ
Iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy neʼmatlarni i.ch., taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol munosabatlarini boshqarib turuvchi obyektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va i.ch. munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. I.q. i.ch. munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bogʻlanishlarni ifodalaydi. I.q. doimo bir-biri bilan bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi, maʼlum shartsharoitlar yoʻqolgach, I.q. ham oʻz kuchini yoʻkrtadi. I.q.ning taʼsir doirasi va harakteri jamiyat taraqqiyotining obyektiv shartsharoitlariga, vositalariga nisbatan boʻlgan munosabat shakllariga, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish va uning natijalarini taqsimlash usullariga bogʻlik. I.q. obyektiv harakterga ega. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab I.q. 3 guruhga ajratiladi:Umumiy I. q. — kishilikjamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning oʻsib borish qonuni, ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuni va b. Xususiy I. q.— insoniyat jamiyati taraqqiyotining maʼlum bosqichlarida, muayyan ijtimoiyiqtisodiy tizim doirasida amal qiladigan qonunlar. Mas, talab qrnuni, taklif qonuni, qiymat qonuni — tovarpul munosabatlari mavjud boʻlgan davrlarda amal qiladi.
6.Iqtisodiy kategoriyalar : tavsifi va turlari. QTISODIY KATEGORIYALAR – jamiyatning iqtisodiy hayot sharoitini umumlashtirib aks ettiruvchi mantiqiy tushunchalar bo’lib, ular real iqtisodiy voqelikning in’ikosi, ifodasidir. Kategoriyalar ilmiy fikrlash mahsuli bo’lib, hayotda uchraydigan tushunchalardan farq qiladi. Kategoriyalarni uch guruhga bo’lish mumkin. 1. Umumiqtisodiy kategoriyalar-jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining barcha bosqichlariga xos bo’lgan ishlab chiqarish, mulk, ish vaqti, mehnat taqsimoti, jamg’arish, ehtiyoj kabi tushunchalar. 2. Formatsion maxsus kategoriyalar – faqat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichiga xos bo’lgan o’tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalar ekspluatatsiya, renta, ortiqcha aholi, qashshoqlanish, monopoliya va boshqa shu kabi tushunchalardan iborat. 3. Davriy, oraliq kategoriyalar – umuminsoniy xarakterga ega, bir nechta iqtisodiy tizimlar doirasida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda saqlanuvchi tovar, pul, talab, taklif, marketing, narx, inflyatsiya va boshqa shu kabi tushunchalardan iborat. 7.Iqtisodiyot asoslari fanining predmeti va ob’ekti. 8. Iqtisodiyot nazariyasi fanining bilish usullari. 9. Iqtisodiy tizim va uning elementlari. 10. Ijtimoiy- iqtisodiy tizim: mazmuni, elementlari. 11. Iqtisodiy tizim modellari: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti. An'anaviy iqtisodiyot - bu bojxona, tarix va vaqt e'tiqodiga tayanadigan tizim. An'anaga ko'ra, ishlab chiqarish va tarqatish kabi iqtisodiy qarorlar qabul qilinadi. An'anaviy iqtisodlar qishloq xo'jaligi, baliq ovlash, ovchilik, yig'ish yoki yuqorida aytib o'tilganlarning kombinatsiyasiga bog'liq. Ular pul o'rniga barterdan foydalanadilar. Rivojlanayotgan bozorlarda va rivojlanayotgan mamlakatlarda an'anaviy iqtisodiyotning ko'pchiligi faoliyat ko'rsatmoqda. Ular ko'pincha Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda.Ammo siz butun dunyoga tarqalgan an'anaviy iqtisodiyotning cho'ntagini topa olasiz. Download 58.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling