Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi
Tijorat banklari faoliyatini audit qilishda aktivlar
Download 299.68 Kb.
|
Абдуллаев Шохрух Халк банк
Tijorat banklari faoliyatini audit qilishda aktivlar
Tijorat banklari faoliyatini audit qilishda aktivlar, ularni tarkibi, sifati, daromadliligini, likvidliligi va ularning dinamikasini o‘rganib borish katta ahamiyat ega bo‘lib hisoblanadi. Bank aktivlarini tarkibi deyilganda balans yakuniga ko‘ra, har xil sifatidagi aktivlar salmog‘i tushunilib, bankning aktiv va majburiyatlari risk, daromadlilik va likvidlikka ta’siri nuqtai nazaridan taqqoslama tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Har qanday bank ham o‘zining aktivlarini mukammal tarkibiy tuzilishini shakllantirishdan manfaatdor bo‘ladi hamda uni shakllantirishda ma’lum bir qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Bundan tashqari aktivlarning tarkibiy tuzilishida bankning qaysi mamlakatda faoliyat ko‘rsatishiga qarab ko‘pgina milliy xususiyatlarini ham o‘zida aks ettiriadi. 4-jadval Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filiali aktivlarining tarkibiy tuzilmasi dinamikasi*
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2019 yil 1 yanvar bank aktivlari 10309,0 mlrd.so‘mni tashkil qilib, 2018 yilga nisbatan 5297,7 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Bundagi asosan kreditlarning 5338,7 mlrd.so‘mga, naqd pullar hamda ularning ekvivalentlari summasi 406,4 mlrd.so‘mga, kechiktirilgan soliq talablarining 24,6 mlrd.so‘mga ko‘payishi sabab bo‘lgan. Bank aktivlari tarkibida berilgan kredit va bo‘naklar 2020 yilda eng yuqori ulushga ega bo‘lib, 83,1 foizni tashkil qilgan. Bu esa xalqaro bank amaliyotida kreditlarning salmog‘i bo‘yicha mavjud bo‘lgan tendensiyaga mos keladi. Bankning aktivlari tarkibida kreditlaridan keyin kassadagi naqd pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar (Markaziy bank va boshqa banklarda saqlanayotgan mablag‘lar) egallaydi. Bu esa tijorat banklari uchun salbiy holat hisoblanadi. Tijorat banklarining daromadlari foizli va foizsiz daromadlarga bo‘linadi. Tijorat banklarining daromadlari tarkibida foizli daromadlar asosiy salmoqni egallaydi. Daromadlar bank balansining passiv qismida hisobga olib boriladi. Tijorat banklarining daromadlarini manbalari turlicha bo‘lib, ularni quyidagi tartib asosida guruhlash mumkin. 1. Mulkiy shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga qisqa, o‘rta va uzoq muddatga so‘mda va xorijiy valyutalarda berilgan kreditlar bo‘yicha daromadlar. 2. Markaziy bankdagi hamda boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlar bo‘yicha daromadlar. 3. Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha daromadlar. 4. Trast, lizing, faktoring va forfeyting operatsiyalari bo‘yicha daromadlar. 5. Qimmatbaho metallar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha daromadlar. 6. Qimmatbaho qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha daromadlar. 7. Xorijiy valyutalar kursining o‘zgarishi natijasida olinadigan daromadlar. 8. Berilgan kafolatlar va tijorat faoliyatidan olinadigan daromadlar. 9. Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, qo‘shma korxonalarga va sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar. 10. Maslahat va vositachilik xizmatlaridan olingan daromadlar. 11. Boshqa daromadlar. 12. Tijorat banklarining foizli daromadlari asosan ular tomonidan berayotgan kreditlar hisobidan shakllanadi.2 Tijorat banklarining daromadlari kabi xarajatlari ham iki guruhga bo‘linadi. Tijorat banklari xarajatlari foizli va foizsiz xarajatlardan iborat bo‘ladi. Xarajatlar bank balansining aktiv tomonida hisobga olib boriladi. Tijorat banklari o‘z faoliyatini tashkil etish jarayonida turli xarajatlarni amalga oshiradi, shu bois xarajatlarni moddalar bo‘yichaguruhlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 1. Bankning moliyaviy resurslarini shakllantirish va uning bevosita faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar. Ushbu xarajatlar tarkibiga: - mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga xarajatlar; - depozit sertifikatlar, omonatlar va aksiyalarga to‘lanadigan xarajatlari; - boshqa bank va bank bo‘lmagan tashkilotlardan olingan kreditlar bo‘yicha xarajatlar; - Markaziy bankdan qayta moliyalash tarzida olingan resurslarga to‘lanadigan xarajatlar; - naqd pullarni olib kelish, jo‘natish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar; - boshqa xarajatlar. 2. Xodimlarning ish haqi, ijara va boshqa ma’muriy xarajatlar: - ish haqi va moddiy yordam xarajatlari; - sug‘urta va badallarga xarajatlar; - xodimlarni ijtimoiy himoya va meditsina xarajatlari; - ijara, suv, elektr energiya, ta’mirlash, qo‘riqlash va boshqa xarajatlar. 3. Xizmat safari, transport va amortizatsiya xarajatlari: - bank xodimlarining xizmat safari va yashash xarajatlari; - transport va yoqilg‘i xarajatlari; bank binosi va boshqa imoratlariga amortizatsiya xarajatlari transport, mebel va boshqa jihozlarning amortizatsiya xarajatlari; nomoddiy aktivlar va ijaraga topshirilgan binolarga amortizatsiya xarajatlari; soliq to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlar; - boshqa xarajatlar. 4. Bankning imidjin ko‘tarish va xizmatlarining turini ko‘paytirish bilan bog‘liq xarajatlar: - reklama va e’lonlarga qilinadigan xarajatlar; prezentatsiya va boshqa tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar; kitoblar va davriy nashrlarga qilinadigan xarajatlar; homiylik va vasiylik xarajatlari; boshqa xarajatlar. Tijorat banklarining xarajatlari tarkibida asosiy salmoqni yuqorida keltirilgan birinchi va ikkinchi guruhdagi xarajat moddalari egallaydi. 3 Tijorat bankining yuqori darajada foydaga ega bo‘lishi va kapitalning yetarliligini ta’minlanganligi uning iqtisodiy jihatdan mustahkamligini anglatadi. Bankning yuqori foydaga ega bo‘lishi uning raqobatbardoshligini va xizmatlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kapitalning yetarligini ta’minlanganligi esa bankning aktiv operatsiyalarining hajmini oshirishga va risk darajasini pasaytirishga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 5-Jadva
Download 299.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling