Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi


Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filiali foyda ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlili


Download 299.68 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi299.68 Kb.
#1533061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Абдуллаев Шохрух Халк банк

Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filiali foyda ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlili





Ko‘rsatkichlar

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2020 yil 2018 yilga nisbatan

mlrd.so‘m

%

1

Sof foizli foyda (zarar)

110,7

188,9

238,5

127,8

115,5

2

Zahirani baholash chiqarib tashlaganidan keyingi sof foizli foyda (zarar)

61,4

155,0

170,4

109,0

177,4

3

Sof foizsiz foyda (zarar)

29,4

66,7

68,8

39,4

134,2

4

Foyda solig‘i to‘lanishidan oldingi foyda (zarar)

32,0

88,4

101,6

69,5

217,0

5

Sof foyda (zarar)

25,2

75,9

86,6

61,4

243,9

Bankda tahlil qilinayotgan davrlarda moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha foyda olingan bo‘lib, 2020 yilda 86,6 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 61,4 mlrd.so‘mga ko‘p. bank tahlil qilinayotgan davrlarda foizli va foizsiz foyda olgan. Foyda ko‘rsatkichlari yildan yilga o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lgan.
Bankning jami foyda strukturasi dinamikasini tahlil qilish bilan birga bank daromadlari va xarajatlari, foydasi va zarari, o‘z mablag‘larining o‘zgarish darajasi va olinayotgan foydaning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish va foydaning joriy o‘zgarish dinamikasi bilan birga ko‘rish kerak. Chunki faoliyatining yillmk natijalari bir vaqtdagi holatni ko‘rsatadi va bu yil davomida qanday o‘zgarish bo‘lganligini kuzatishga imkon bermaydi. Chorak bo‘yicha ham tahlil qilish unchalik yaxshi natija bermaydi, chunki chorak yakunida daromad xarajatni qoplab ketishi mumkin. Oyma-oy tahlil qilib borish foydaning shakllanishini yanada yorqinroq ochib beradi.
Foyda solig‘ini to‘lashdan oldingi foydani tahlil qilishning asosiy vazifalari sirasiga uni shakllantirish to‘g‘riligi va undan keyingi foydalanishning asoslanganligini baholash hisoblanadi:

  • Bankning daromadlari va xarajatlarini hisobga olishning to‘g‘riliginitekshirish;

  • Daromad va xarajat hisobvaraqalarining to‘g‘ri yopilganligi va ularning qoldiqlarini foyda va zararlar hisobvaraqlariga o‘tkazilganligini o‘rganish;

  • Bank foydasi hisobiga qilingan xarajatlarining to‘g‘ri hisobdan chiqarilganligini aniqlash.



Xulosa
Mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yukturasi keskin o‘zgarib, xalqaro globallashuv sharoitida raqobat yanada kuchayib borayotgan bir davrda davlatimizni yanada barqaror, raqobatbardosh va tez sur’atlar bilan rivojlantirish mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevralda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harkatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-4947-sonli Farmoni mamlakatimiz taraqqqiyotining yaqin 5 yillikdagi muhim yo‘nalish va ustuvor vazifalarini belgilab berdi.
Qabul qilingan Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning jumladan, bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish vazifalari belgilab berildi.4
Binobarin, moliya-bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan maqsadli parametrlarda 2019-2021 yillarda bank tizimining jami kapitalini 2 barobar, depozitlar hajmini, xususan omonatlarni 2,1 barobar ko‘paytirishi rejalashtirilgan.
Banklar kapitali hamda resurs bazasini mustahkamlash investitsiya kreditlari hajmini 1,7 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari loyihalarini moliyalashtirishni 2,2 barobar oshirishni ta’minlashi belgalanadi.
Qashqadaryo viloyati AT ‘’Xalq banki’’ Kasbi filialida bank faoliyatini tahlil qilish, bank faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. Bunda esa bank faoliyatini tahlil qilish orqali, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlash va foydalanilmagan ichki rezervlarni qidirib topish imkoni yaratiladi.
Tijorat banklarining moliyaviy holatini yaxshilash mavzusida olib borilgan ilmiy izlanish natijasida quyidagi takliflarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- tijorat banklarining moliyaviy resurslarini muddatlari bo‘yicha deversifikatsiya qilish orqali boshqarish.ya’ni, tijorat banklari o‘zlarining moliyaviy resurslarni boshqarish jarayonida resurslarni daromad keltiruvchi aktivlariga jalb qilingan muddatlarini e’tiborga olgan holda joylashtirilsa maqsadsha muvofiq bo‘ladi.
- tijorat banklarining daromad olish imkoniyatlarini oshirish maqsadida majburiy zahira talablarini kamaytirish;
- tijorat banklarining kapitalini moliyaviy barqaror manbalar hisobidan shakllantirish va ularni samarali qilib joylashtirishga erishishda banklarning moliyaviy holatini mustahkamlash, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish;
- tijorat banklarining moliyaviy resurslarini boshqarishda ulardagi kapital yetarliligi, aktivlarning sifati, daromadliligi, likvidlilik darajasini ko‘rsatkichlarinitahlil qilish lozim.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining moliyaviy holatini yaxshilash, ularning kapital bazasining barqarorligini oshirish maqsadida kapitalning tarkibini shakllantirish bo‘yicha belgilangan talabalariga to‘la muvofiq kelishini ta’minlash va tijorat banklari umumiy kapitalining o‘sish sur’atlarini yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atidan ortda qolishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishi lozim.
Yuqorida aytib o‘tilgan xulosa va takliflar amaliyotga tadbiq etilsa, tijorat banklarining moliyaviy holatini oshirishga, daromad va xarajatlarni aniqlash va ularni hisobga olish yanada takomillashadi hamda tijorat banklarining yakuniy sof foydasini oshishiga olib keladi deb o‘ylaymiz.

Download 299.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling