Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”YO‘nalishi “Iqtisodiyot. Praktikum” fanidan r
Download 0.72 Mb.
|
PRAKTIKUM
FU = MU : FQ bu yerda, FU - fond unumi;
MU - mehnat unumdorligi; FQ - mehnatning fond bilan qurollanishi. MASHINA KANALI KORXONASINING Ishlab chiqarish ijobiy samaradorligi ko’rsatkichlari
Cheklangan resurslar sharoitida ishlab chiqarish korxonalari uchun yuqori darajada foydaga erishish uchun eng optimal yo’l bu samaradorlikni oshirish orqalidir. Samaradorlik va uning turlari haqida ularning hisoblab chiqarish yo’llari haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lish nafaqat ishlab chiqarish balki iqtisodiyotning barcha sohalari uchun foydali hisoblanadi.Shu o’rinda takidlab o’tish zarurki, ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari uzviy bog‘liq. Ijtimoiy samarani oshirmasdan turib, iqtisodiy samarani o'stirib bo‘lmaydi va aksincha. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi: 1) fan-tеxnika taraqqiyotni tеzlashtirish va uning natijalarini tеzlik bilan ishlab chiqarishda qo’llash; 2) ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va koopеratsiyalash; 3) iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini o’zgartirish; 4) ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish; 5) mavjud tabiiy, moddiy va mеhnat rеsurslaridan oqilona, tеjab-tеrgab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va enеrgiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish; 6) kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash. Bular ichida fan-tеxnika taraqqiyoti omili hozirgi kunda rеspublikamiz uchun dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-tеxnika taraqqiyotining evolyutsion va rеvolyutsion shakllari farqlanadi. Evolyutsion shaklda rivojlanish dеganda, FTTning mavjud tеxnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modеrnizatsiyalash asosida rivojlanishi tushuniladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling