Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”YO‘nalishi “Iqtisodiyot. Praktikum” fanidan r


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish - korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog‘liq bo’ladi


Download 0.72 Mb.
bet5/9
Sana18.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1280556
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PRAKTIKUM

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish - korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog‘liq bo’ladi:
* bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
*iste’molchilar talabini qondirishga yo‘naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish;
*aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvehi optimal ishlab chiqarish zaxiralarini yaratish.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o'sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;
Jonli mehnat unumdorligining o‘sishi;
Material sarfming kamayishi;
Fond samarasining oshishi.
Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi
Yuqoridagilardan shuni anglash lozimki, ishlab chiqarish samardorligini o‘lchash uchun ko‘rsatkichlar tizimi zarur.
Bu ko‘rsatkichlardan eng muhimi ijtimoiy mehnat unumdorligidir. U vaqtni tejash qonunining amal qilishini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichni quyidagi usulda aniqlash mumkin:
IMU = MD : JM
Bunda: IMU - ijtimoiy mehnat unumdorligi;
MD - milliy daromad;
JM - moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchilarning
o'rtacha soni.


Milliy daromad - bu moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan qiymatdir. U yalpi ijtimoiy mahsulotning bir qismidir. Aniqroq aytganda, u yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xomashyo, yonilg‘i, energiya va boshqa ishlab chiqarish vositalari qiymatini chiqarishdan keyin qolgan qiymatdir. O‘z navbatida, moddiy ishlab chiqarishning alohida-alohida tarmoqlarida Yalpi mahsulot qiymatidan moddiy ishlab chiqarish xarajatlarini ayirib tashlash yo‘li bilan sof mahsulot aniqlanadi.
Mehnatning fond bilan qurollanish miqdori (ayniqsa, sifati) unumdorlikka sezilarli ta’sir etadi.
Fond bilan qurollanish, (FQ) fondlar qiymatining ishchilar soniga nisbati ko‘rinishida o‘lchanadi va quyidagi formulada ifodalanadi:

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling