Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”YO‘nalishi “Iqtisodiyot. Praktikum” fanidan r


Download 0.72 Mb.
bet3/9
Sana18.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1280556
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PRAKTIKUM

Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik - chegaralangan resurslardan oqilona foydalangan holda erishilgan, aholining ijtimoiy-iqtisodiy iste’mol darajasini yuksaltirishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o‘sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko‘rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo'jalik yuritishning sifat va miqdor ko'rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Taqsimlash samaradorligi iste'molchilar mahsulotning shaxsiy marjinal narxini aks ettiradigan bozor narxini to'lashda yuzaga keladi. Firma uchun taqsimot samaradorligining sharti mahsulotning ishlab chiqarilishidan iborat bo'lib, unda minimal qiymat, MC, narxga teng, P.
Qo'shimcha birlik ishlab chiqarishda barcha xususiy va tashqi xarajatlar va imtiyozlar hisobga olinsa, ijtimoiy samaradorlik mavjud. Xususiy firmalar tashqi xarajatlarni soliqqa tortish yoki ifloslantirish uchun ruxsatnoma sotib olish yo'li bilan ichkilashtirishga majbur bo'lganliklarini hisobga olish uchun faqat rag'batlantiradilar.
Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlami kamaytirish, ishlab chiqarish quwatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega. Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni; xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir.
Ishlab chiqarish jarayonida omillar (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) xarajat qilinadi va uning natijasida ma’lum miqdordagi ne’matlar yaratiladi. Xarajat bilan natijani taqqoslash orqali iqtisodiy samaradorlik ifodalanadi. Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orqali ham ifodalanadi. Korxonaning ijtimoiy samaradorlik mezoni iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari aholining daromadlar miqdori, ish bilan bandligi, salomatligini saqlash, mehnat malakasini yuksaltirish, madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlarini aniqlash bilan belgilanadi.
Biroq samaradorlik va uning asosiy ko‘rsatkichi - foyda (daromad) o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda, turli vosita va yo‘llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‘ljallash, asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag‘ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablag‘lami kamaytirish yo‘li bilan ko‘paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki, korxonaning bozordagi o‘rnini yo‘qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib keiishi mumkin.
Har qanday jamiyatning yashashi uchun ishlab chiqarish uzluksiz yuz bеrishi shart. Unda uzilish yuz bеrsa, kishilarning hayotiy ehtiyojlari qondirilmaydi. Ishlab chiqarish bir daf'a yuz bеrmasdan doimo yangilanib, qaytarilib turadi, natijada tirikchilik vositalari uzluksiz yaratilib boriladi. Ishlab chiqarishning yangilanishi, uning qaytarilib turishi takror ishlab chiqarish dеyiladi. Takror ishlab chiqarishning ikkita asosiy turi bo`ladi: oddiy va kеngaytirilgan. Oddiy takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarishning YaMM hajmi o`zgarmagan holda yangilanishidir. Kеngaytirilgan takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish miqyosi kеngayadi, YaMM hajmi ortadi shu taxlitda ishlab chiqarish jarayoni yangilanadi.
Farovon yashash uchun YaMM tobora ko`proq yaratilishi kеrak, lеkin bu kifoya qilmaydi. Yaratilgan mahsulot samarali ishlatilishi ham shart. YaMM, birinchidan, jamiyat a'zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirsa, ikkinchidan, ishlab chiqarishni qaytadan yangilash uchun sarf bo`ladi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling