F = FQ : Is
F - Fond bilan qurollanish,
FQ - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati;
Is - ishchilar soni.
Misol: Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini o‘rtacha yillik qiymati 40.0 mln. so‘mni tashkil etadi. Korxonada 120 kishi ishlaydi. Korxona ishchilarining fondlar bilan qurollanganligi 40.0:120=333.3 ming so‘mga teng. Misol: Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini o‘rtacha yillik qiymati 40.0 mln. so‘mni tashkil etadi. Korxonada 120 kishi ishlaydi. Korxona ishchilarining fondlar bilan qurollanganligi 40.0:120=333.3 ming so‘mga teng.
Mehnat unumdorligining yana bir ko‘rsatkichi mehnat sig‘imidir (MS). Bu ko‘rsatkich yaratilgan mahsulot qiymatiga to‘g‘ri keladigan mehnat xarajatlari tusida bo'ladi. Uni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Ms = Mh : Ms,
bu yerda Mh - mahsulot hajmi, miqdori.
Ms - mehnat sarfi.
Bu ko‘rsatkich mehnat unumdorligining teskarisi bo‘lib, uning hajmi qancha yuqori bo‘lsa, natijaning yomonlashganligi va aksi bo‘lsa, (ya’ni past bo‘lsa) natijaning yaxshilanganligidan dalolat beradi, u asosan korxona darajasida aniqlanadi
Misol. Korxonada bir smenada - 8 soatda 800 ta yengil mashina detali ishlab chiqarildi: bu 1 soatda 100 dona «detal ishlab chiqarilganligini ko‘rsatayapti (800:8).
Xalq xo‘jaligida, uning ayrim tarmoqlarida, shu jumladan sanoatda fondlar qaytimi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu fondlar sig‘imi ko‘rsatkichining aksidir. Fond unumi (FU) asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi. U asosiy fondlar muayyan miqdoriga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori bilan o‘lchanadi.
FU = MM : AF
bu yerda, MM - mahsulot miqdori;
AF - asosiy fondlar miqdori.
Fond unumi, mehnat unumdorligi va uning fond bilan qurollanishi o‘rtasida aloqa mavjud. U quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |